2-mavzu: auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi reja: 1
Auditorlik xulosasi va moliyaviy hisobot yuzasidan javobgarlik
Download 76.47 Kb.
|
2-mavzu auditorlik tekshiruvining yakuniy bosqichi reja-fayllar.org
Auditorlik xulosasi va moliyaviy hisobot yuzasidan javobgarlik.
Auditorlik xulosasi qisqa, bir necha satrdan iborat bo’ladi xolos. U auditorlik faoliyatida maxsus bilimga ega bo’lmagan foydalanuvchilar uchun yuridik jihatdan rasmiylashtirilgan axborot bo’lishi mumkin. Ammo, shuni inobatga olish kerakki, tekshiruv yakunidagi xulosa bir necha qatordan iborat bo’lsada, u o’ta ehtiyotkorlikni talab qiladi va sinchiklab, uzoq vaqt o’tkazilgan audit jarayonining yakunlanganini bildiradi. AQShda o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, aniq bir yilda transmilliy auditorlik firmasining o’zi kabi yirik beshta mijoziga ko’rsatgan ish hajmi 128000 soatga teng. Bajarilgan bu kabi yirik hajmdagi ishni auditorlar 175 ba’zan esa undan ham kam so’zdan iborat bo’lgan auditorlik xulosasida aks ettiradilar. Shuni ta’kidlash kerakki, xulosadan tashqi foydalanuvchi auditor bajargan ish bilan boshidan oxirigacha tanishishni istamaydi. Unga faqatgina qisqa satrlardagi xulosa ahamiyatli xolos. (tasavvur qiling 128000 soatlik ish natijalarini ko’rib chiqish qancha uzoq vaqt olishini). Rahbariyatning auditorlik hisoboti uchun javobgarligi 2002 yilga qadar AQShdagi korxonalarning boshqaruv xodimlari moliyaviy hisobotlardagi buzib ko’rsatishlar, xatoliklar uchun tasdiqlangan firibgarlik holatlaridan tashqari, javobgarlikka tortilmas edilar (Boshqacha aytganda, xodimlar bu xatoliklar haqida bilar edilar va bu ularning qastdan qilgan xatolari bo’lishi ham mumkin edi) 2002 yilda Sarbeyke-Okeli (SOX) qonuni qabul qilingach bunga chek qo’yildi. Unga ko’ra, ijrochi yoki moliyaviy direktor va shunga o’xshash mansabdor shaxslar AQShning qimmatli qog’ozlar va birjalari (SEC) bo’yicha Komissiyaga taqdim etilgan yillik yoki choralik hisobotlarda quyidalarni tasdiqlashlari lozim: rahbar hisobotni ko’rib chiqadi; hisobot jiddiy faktlar haqida yolg’on ma’lumotni bayon qilmaydi yoki moddiy faktni bekitmaydi, moliyaviy hisobotlarda va boshqa moliyaviy axborotlardagi barcha muhim ko’rsatkichlar kompaniyaning moliyaviy ahvolini haqqoniy aks ettiradi; rahbariyatning imzolari: -ichki nazorat tizimini tashkil etish va xizmatidan foydalanish uchun javobgarlik bor; imzo qo’yuvchi mansabdor shaxslar kompaniya ichki auditorlari va direktorlar kengashining audit bo’yicha qo’mitasi quyidagilarni ochib beradi: - ichki nazoratni loyihalashtirishdagi yoki ichki nazorat faoliyatidagi kompaniyaga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan hamma jiddiy kamchiliklar ro’yxatga olinadi, ishlab chiqiladi, umumlashtiriladi va kompaniya auditoriga bu haqda xabar qilinadi; -boshqaruv yoki boshqa xodimlarni o’z ichiga oluvchi va kompaniya ichki nazorat tizimida muhim ahamiyatga ega har qanday firibgarliklar; -ichki nazorat tizimidagi kamchiliklar va o’zgarishlar yoki ichki nazoratga jiddiy ta’sir ko’rsatuvchi omillar haqida hisobotga imzo qo’ygan mansabdor shaxslar ularni baholash sanasidan keyin jiddiy kamchiliklar va zaif tomonlariga nisbatan barcha tuzatuvchi xatti-harakatlarni ham inobatga olgan holda. Bu shuningdek, shtab-kvartirasi AQShdan tashqarida bo’lgan, aktsiyalari AQSh fond birjalarida sotiladigan korporotsiyalarning mansabdor shaxslariga ham tegishli bo’lib xalqaro muzokaralarga olib kelishi ham mumkin. Qator Evropa mamlakatlarida talab ushbu qonun doirasida bo’lib, unda direktorlar kengashining hamma a’zolari (yoki ikki darajali boshqaruvda ijro etuvchi organ va kuzatuv kengashi) moliyaviy hisobotlarga imzo qo’yishlari bilan ularning javobgarligi yuzaga kelishini, mas’uliyat faqat bitta bosh direktor yoki moliyaviy direktorga taalluqli emasligini bildiradi. Biroq, moliyaviy hisobotlar va ichki nazorat uchun asosiy javobgarlik boshqaruv yuklatilgan shaxs zimmasida qoladi va bu Sarbeyke-Okeli qonunining asosiy tamoyilidir. Shlyumberje korxonasining moliyaviy hisobotlarini korporativ boshqaruv xodimlari tomonidan tasdiqlanishi Bosh ijrochi direktor tasdiqnomasi Men, Endro Guld, quyidagilarni tasdiqlayman: Men Shlumberger Limibedolon 10-k shakl bo’yicha ushbu yillik hisobotini ko’rib chiqdim; Mening fikrimcha, bu hisobotda jiddiy faktlar haqida yolg’on yozuvlar yo’q va ushbu hisobot o’zi qamrab olgan davr uchun foydalanuvchilarni chalg’itmaydi. O’z bilimlarimga tayanib shuni aytishim mumkinki, ushbu moliyaviy hisobotlar va undan boshqa moliyaviy axborotlar barcha tomondan korxona moliyaviy holatini, operatsiyalar natijalarini va o’tgan yil holati va ushbu hisobotda ko’rsatilgan davr uchun pul oqimlari haqidagi haqqoniy ma’lumotlarni o’zida aks ettiradi; Tashkilot auditorlari va direktorlar kengashining audit bo’yicha qo’mitasi (yoki vazifa jihatdan shunga teng funktsiyani bajaruvchi shaxslar) bizning ichki nazoratga bergan baholarimizni va moliyaviy hisobot tuzish jarayonida ko’zga tashlangan kamchiliklar haqidagi ma’lumotlarni oldilar; (A) ichki nazoratdagi moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida aniqlangan, ehtimoli ko’zda tutilgan, korxonaning moliyaviy axborotlariga ishlov berish, umumlashtirish va ochib berish jarayonlariga salbiy ta’sir qilishi mumkin bo’lgan ichki nazoratdagi hamma muhim kamchiliklar va ichki nazoratning zaif joylari. (B) boshqaruvdagi va moliyaviy hisobotlarni tuzish jarayonida asosiy ahamiyatga ega bo’lgan xodimlar bilan bog’liq har qanday firibgarliklar. Sanasi: 3 mart 2004 y Endro Guld imzo Endro Guld Rais va bosh ijrochi direktor Download 76.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling