Budjet tashkilotida Tovar moddiy zaxiralar hisobi Tovar-moddiy zaxiralar
Budjet tashkilotida Tovar moddiy zaxiralar hisobi
Tovar-moddiy zaxiralar — tashkilotlarda ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xomashyo va materiallar, ularning doimiy faoliyati davomida foydalanish yoki sotish uchun mo‘ljallangan yoki sotish yoki taqsimlash uchun ishlab chiqarilgan aktivlar ko‘rinishida bo‘ladi
Tovar-moddiy zaxiralar
barcha moddiy qimmatliklarning butligini ta’minlash hamda ishlatilishi va to‘g‘ri foydalanilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
zaxiralar va xarajatlarning belgilangan me’yorlarini kuzatib borish;
realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan, foydalanilmaydigan materiallarni o‘z vaqtida aniqlash;
tashkilot omborlarida mavjud bo‘lgan qoldiqlar haqida aniq ma’lumotlar olish va boshqalar.
Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Tovar-moddiy zaxiralar tashkilotlar tomonidan sotib olingan yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovarlar va boshqa mol-mulklarni o‘z ichiga oladi.
Tovar-moddiy zaxiralar quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:
sotish uchun mo‘ljallangan pochta inventarlari;
tugallanmagan ishlab chiqarish va boshqalar
oziq-ovqat mahsulotlari;
xizmat ko‘rsatish va qurilish materiallari;
harbiy qurol-aslahalar;
asosiy vositalar uchun ehtiyot qismlari;
strategik zaxiralar (masalan, energiya resurs zaxiralari);
muomalaga chiqarilmagan pul belgilari;
Tovar-moddiy zaxiralar quyidagilar natijasida tashkilotga kirim qilinadi:
yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi bo‘yicha xarid qilinishi;
beg‘araz kelib tushishi (hadya shartnomasi bo‘yicha);
uzoq muddatli aktivlar tarkibidan o‘tkazilishi;
ortiqcha (hisobga olinmagan) tovar-moddiy zaxiralarning aniqlanishi;
tashkilotning o‘zida tayyorlanishi;
qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Tovar-moddiy zaxiralar ularning tannarxi va realizatsiya qilishning sof qiymatlari asosida baholanadi.
Almashuv operatsiyasi amalga oshirilmasdan xarid qilingan tovar-moddiy zaxiralar ularning sotib olish kunidagi haqiqiy qiymati bilan baholanishi kerak.
Tovar-moddiy zaxiralar beg‘araz yoki nominal qiymat bo‘yicha berish yoki mahsulot ishlab chiqarishda foydalanishga mo‘ljallangan bo‘lsa, ular tannarxi va joriy tiklanish qiymatlariga nisbatan eng kichik qiymatda baholanadi.
Tovar-moddiy zaxiralarning tannarxi ularni sotib olish, qayta ishlash va joriy holatiga yetkazish uchun sarf qilingan barcha boshqa xarajatlarini o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |