2-mavzu avtomobil yo’llarining asosiy elementlari (2 soat)


Yo’l bo’ylama profili elementlari


Download 22.78 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi22.78 Kb.
#1806712
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu avtomobil yo’llarining asosiy elementlari (2 soat)-fayllar.org

Yo’l bo’ylama profili elementlari. Chizma tekisligida yoyib ko’rsatilgan yo’l o’qining vertikal tekislikdagi proektsiyasiga yo’lning bo’ylama profili deyiladi (2.3-rasm).
Gruntni qirqib olish natijasida yo’l sirti yer yuziga nisbatan past bo’lib qolgan joylari o’ymalar deb, yo’lning yer yuzasidan balandroq suniy to’kilgan gurunt ustidan o’tadigan yo’l bo’laklari esa ko’tarmalar deb ataladi (2.4-rasm).
Yer sirtining yo’l o’q chizig’i bo’yicha belgilari bilan yo’l ko’tarmasining balandligi yoki o’yma chuqurligini aniqlovchi yo’l qirg’og’i belgilari orasidagi farq ishchi belgi deb ataladi.

2.3-rasm. Bo’ylama kesim
I - yo’l «nol» belgilarda; II – ko’tarmada; III – o’ymada.

2.4-rasm. Yo’l poyini ishchi belgisi.
a) o’ymada b) ko’tarmada
Bo’ylama profilda yo’l sirtining yer sirtiga nisbatan vaziyatini belgilash bo’ylama profilni loyihalash yoki loyiha chizig’ini o’tkazish deb ataladi. Avtomobil yo’llarini loyihalayotganda, joyning yo`l o`tkazish uchun ajratilgan, ko`tarmalarga to`kish uchun grunt qaziladigan, yordamchi inshootlar quriladigan va ko`chatlar o`tqazish uchun ajratiladigan tasmasi yo`l tasmasi yoki yo`lga ajratilgan tasma deb ataladi. Yo`lning vertikal tekislik bilan kesilgan.


2.5-rasm. Avtomobil yo‘lining ko‘ndalang profili:
1–yo‘l poyi (ko‘tarmada); 2–qatnov qismi; 3- yo‘l yoqasi; 4–yon ariqchaning tashqi yonbag‘ir qiyaligi; 5–qatnov qismining chetki mustahkamlangan qismi; 6 – yo‘l o‘qi;
7 - qatnov qismining o‘qi; 8 – qatnov qismining cheti; 9-yo‘l poyining qirg‘og‘i; 10- yon ariqchaning ichki qiyaligi; 11- ajratuvchi tasma; 12- ko‘tarmaning yonbag‘ir qiyaligi
Avtomobil yo’llarining geometrik elementlarining o’lchamlari ShNQ 2.05.02.07 “Avtomobil yo’llari” me’yoriy hujjatida berilgan (2.1-jadval). Yo`l sirtining avtomobillar harakatlanadigan qismidagi tasmasi qatnov qismi deyiladi (2.5-rasm). Bu tasma tosh materiallar bilan mustahkamlanib yo`l to’shamasini hosil qiladi. Uning yuqori qismi qoplama deb ataladi. I toifali yo`llarda har qaysi yo`nalishda harakatlanish uchun mustaqil qatnov qismlari bo`ladi. Ular o`rtasida xavfsizlik maqsadida ajratish tasmasi qoldirilib, ularga avtomobillarning kirishi taqiqlanadi. qatnov qismidan yon tomonda yo`l yoqasi joylashgan. Yo`l yoqasidan avtomobillarning vaqtincha turishi va ta’mirlash vaqtida yo`l-qurilish materiallarini saqlash uchun foydalaniladi. Yo`lning qatnov qismini o`rab turadigan yo`l yoqasining borligi avtomobillarning xavfsiz harakatlanishini ta’minlaydi. Qatnov qismi bo`ylab yo`l yoqasida va ajratish tasmalarida mustahkamlash tasmalari yotqiziladi, ular qoplama chetining mustahkamligini oshiradi va avtomobil g`ildiragi qoplamadan tasodifan chiqib ketganida xavfsizlikni ta’minlaydi.

Yo`lning qatnov qismini grunt sirtidan kerakli sathda joylashtirish uchun yon ariqchalari bo`lgan yo`l poyi quriladi, ariqchalar yo`lni quritish va undagi suvlarni oqizib ketish uchun mo`ljallangan. Yo`l poyiga rezervlar, kavalyerlar ham kiradi. Zahiralar ko`tarmaga to`kish uchun grunt olingan, yo`l bo`ylab ketgan uncha chuqur bo`lmagan qazilma joydir. Kavalyerlar yo`lga parallel uyumlar bo`lib, ularga ko`tarmalarning qo`shni uchastkalariga to`kish uchun zarurati bo`lmagan grunt yotqiziladi. Boshqacha aytganda, yo`l poyi deb, yer qazish ishlari olib borilgan ajratish tasmasining xamma qismiga aytiladi.




Download 22.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling