2-mavzu. Avtomobil yo’llarining bo’ylama va ko`ndalang kesim elementlari reja


Download 18.32 Kb.
bet1/4
Sana21.10.2023
Hajmi18.32 Kb.
#1714942
  1   2   3   4
Bog'liq
2-mavzu. Avtomobil yo’llarining bo’ylama va ko`ndalang kesim ele-fayllar.org


2-mavzu. Avtomobil yo’llarining bo’ylama va ko`ndalang kesim elementlari reja

2-MAVZU.
AVTOMOBIL YO’LLARINING BO’YLAMA VA KO`NDALANG KESIM ELEMENTLARI


REJA
1. Avtomobil yo’llarining bo’ylama kesimi va uning elementlari.
2.Yo’lning ko’tarma va o’ymadagi ko’ndalang kesimi.
3.Yonariqlar va ko’ndalang kesimlarda yo’l elementlariga qo’yiladigan talablar.
4.ShNQ 2.05.02-07 AY ga ko’ra me’yoriy ko’rsatkichlar.


Tayanch so’z va iboralar: bo’ylama profil, yer belgisi, loyiha belgisi, ishchi belgi, ko’tarma, o’yma, vertikal egri, bo’ylama nishablik, qavariq egri, botiq egri, yon ariq, nazorat nuqtalari, yon bag’r, ko’ndalang kesim elementlari.


Yo`l bo`ylama profilining elementlari. Chizma tekisligida yoyib ko`rsatilgan yo`l o`qining vertikal tekislikdagi proyeksiyasi yo`lning bo`ylama profili deb ataladi. Bo`ylama profil ayrim yo`l uchastkalarining bo`ylama nishab bilan o`lchanadigan tikligini va uning qatnov qismining yer betiga nisbatan joylashuvini tavsiflaydi. Bo`ylama nishablik avtomobil yo`llarining transportboplik sifatlarini tavsiflovchi muhim ko`rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Joyning tabiiy qiyaliklari ko`pincha avtomobillardan samarali foydalanish uchun zarur bo`lgan joiz qiymatlaridan ortiq bo`ladi. Bunday hollarda yo`lning nishabligi yer sirti nishabligiga nisbatan yotiqroq qilinadi, buning uchun tepaliklarga ko`tarilishlarda gruntning bir qismi qirqib olinadi yoki aksincha relefning past qismlaridan o`tish joylariga grunt to`kiladi.
Gruntni qirqib olish natijasida yo`l sirti yer sirtiga nisbatan past bo`lib olgan joylari o`ymalar deb, yo`lning yer sirtidan balandroq sun’iy to`kilgan grunt ustidan o`tadigan yo`l bo`laklari esa ko`tarmalar deb ataladi. Ko`tarmalarning balandligi 1 m dan kam bo`lganida yo`l «nol» belgilardan o`tadi deb aytiladi. O`yma va ko`tarmalar qurish natijasida yo`l belgilari yer sirtining belgilariga mos tushmaydi (2.1 - rasm).

2.1-rasm. Bo`ylama profilda yo`lning joylashishi:
I – yo`l «nol» belgilarda; II – ko`tarmada; III – o`ymada

2.2-rasm. Yo`l poyining ishchi belgisi:
a – o`ymada; b – ko`tarmada.
Yer sirtining yo`l o`q chizig`i bo`yicha belgilari bilan yo`l ko`tarmasining balandligi yoki o`yma chuqurligini aniqlovchi yo`l qirg`og`i belgilari orasidagi farq ishchi belgi deb ataladi (2.2-rasm).

Bo`ylama profilning nishablik o`zgarganda hosil bo`ladigan siniq joylari harakatlanish uchun ator noqulayliklarni keltirib chiqaradi: yo`ldagi qavariq joylar yo`lning oldinda joylashgan qismini ko`rintirmay qo`yadi, egrilik radiusi nisbatan kichik bo`lgan siniq joylarda esa katta tezlikda yurilganida avtomobilning oldingi o`qi yengillashib, uni boshqarish mumkin bo`lmay qoladi; botiq siniq joylarda harakat yo`nalishi to`satdan o`zgarganligi sababli yo`lovchilarni bezovta qiladigan va avtomobil osmasini zo`riqtiradigan turtki xosil bo`ladi. Shuning uchun bo`ylama profilning siniq joylari tutashtiruvchi vertikal egriliklar kiritish yo`li bilan ravonlashtiriladi 4-rasmda bo`ylama profilning ravonlashtirilgan siniq joylari punktir chiziq bilan ko`rsatilgan. Kavslar ichidagi raqamlar vertikal egriliklar yo`qligida mavjud bo`lgan ishchi belgilarni, qavssiz raqamlar esa haqiqiy belgilarni ifodalaydi.




B
Bo`ylama profilning grafik tasviri asosiy loyiha hujjatlaridan biri bo`lib, bu hujjatlar asosida yo`l quriladi.

2.3-rasm. Vertikal egri chiziqlar:
1 - qavari; 2 - botiq.
Avtomatlashtirilgan loyihalashda bo`ylama profilni rasmiylashtirish namunasi 2.3-rasmda ko`rsatilgan. Profil oldin grafa yasagichda bajariladi, keyin gruntlar, sun’iy inshootlar, joy tafsiloti va boshqalar to`g`risidagi ma’lumotlar bilan qo`lda to`ldirib chiqiladi.

Bo`ylama profilning yaqqol bo`lishi uchun vertikal masofalar (belgilar) gorizontal belgilarga qaraganda katta masshtabda qo`yib chiqiladi.

Nishablik va vertical egrilar

Tubining


belgisi, m
Yo’l poyi qirg’og’I belgisi

Yer belgisi, m

Masofalar, m

Xaqiqiy
belgilar


Tekis joylardan o`tadigan yo`llar uchun vertikal masshtab 1:500 (1sm da 5m) va gorizontal masshtab 1:5000 (1 sm da 50 m) qabul qilingan. Bo`ylama profilni chizishda shartli belgilashlardan foydalaniladi.
Yer va yo`l nishabliklari tez-tez o`zgarib turadigan va uncha uzun bo`lmagan bo`laklarda belgilar ayirmasi ancha katta bo`lgan tog`li yo`llarda ancha yirik masshtablar: vertikal masshtab 1:200, gorizontal masshtab 1:2000 qo`llanadi.
Bo`ylama profildagi yer sirti belgilarini birlashtiruvchi ingichka chiziq yer sirti chizig`i yoki xomaki chiziq deb ataladi. Yo`l cheti belgilarini bildiruvchi yo`g`onroq chiziq loyiha chizig`i deb ataladi. Bu chiziq bo`ylama profilda yer sirti chizig`iga nisbatan 2 marta yo`g`onroq qilib tasvirlanadi.
Bo`ylama profilda yer sirti chizig`idan 2 sm pastroqda va unga parallel qilib 1:50 (1 sm da 50 sm) vertikal masshtabda grunt profili chiziladi, unga gruntlarning nomi yozib chiqiladi, shurflarda va bo`rg`ilangan quduqlarda esa shartli belgilar yordamida gruntlarning namligi va zichlik darajasi (konsistensiyasi) ko`rsatiladi.
Torflar va sapropellar profilda ular yotgan butun yo`l bo`lagi va aniqlangan butun chuqurligi bo`yicha shartli belgilar bilan tasvirlanadi.

Download 18.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling