Benzinning asosiy sifatlari – bug’lanish (fraktsion tarkib), detonatsion va korrozion xususiyatlari hamda mexanik aralashmalar va suvning yo’qligidir. Uning detonatsiyaga qarshi sifatlari maxsus antidetonatorlar yordamida oshiriladi. Benzin tarkibida oltingugurtning mavjudligi tsilindr-porshen guruhi va klapanlarning korrozion–mexanik yeyilishlarini keltirib chiqaradi. Oltingugurt miqdori qancha ko’p bo’lsa, dvigatel tsilindrlarining yeyilish jadalligi va yonilg’i sarfi shuncha oshib boradi, dvigatel quvvati esa kamayib ketadi. Yonilg’i tarkibidagi mexanik aralashmalar karbyurator moslamalarini ifloslantiradi, yonilg’i aralashmasining paydo bo’lishini qiyinlashtiradi, avtomobilning tortish sifatlarini va yonilg’i iqtisodiyotini yomonlashtiradi. Eng asosiysi - mexanik aralashmalar dvigatel tsilindr –porshen guruhining yeyilish darajasini oshirib yuboradi. - Benzinning asosiy sifatlari – bug’lanish (fraktsion tarkib), detonatsion va korrozion xususiyatlari hamda mexanik aralashmalar va suvning yo’qligidir. Uning detonatsiyaga qarshi sifatlari maxsus antidetonatorlar yordamida oshiriladi. Benzin tarkibida oltingugurtning mavjudligi tsilindr-porshen guruhi va klapanlarning korrozion–mexanik yeyilishlarini keltirib chiqaradi. Oltingugurt miqdori qancha ko’p bo’lsa, dvigatel tsilindrlarining yeyilish jadalligi va yonilg’i sarfi shuncha oshib boradi, dvigatel quvvati esa kamayib ketadi. Yonilg’i tarkibidagi mexanik aralashmalar karbyurator moslamalarini ifloslantiradi, yonilg’i aralashmasining paydo bo’lishini qiyinlashtiradi, avtomobilning tortish sifatlarini va yonilg’i iqtisodiyotini yomonlashtiradi. Eng asosiysi - mexanik aralashmalar dvigatel tsilindr –porshen guruhining yeyilish darajasini oshirib yuboradi.
- Dizel yonilg’isining tsetan soni, qovushqoqlik, bug’lanish, korrozion xususiyatlari va mexanik aralashmalarning mavjudligi kabi sifatlari avtotransport vositasining ekspluatatsion ko’rsatkichlariga ta’sir etadi. Agar tsetan soni dvigatelning chidamliligi va yonilg’i iqtisodiga kuchli ta’sir etsa, yonilg’ining qovushqoqligi uning purkalishiga, havo bilan aralashma hosil qilishiga va yonishiga hamda yonilg’i apparaturasidagi nozik juftlarning yeyilishiga sababchidir.
- Dizel yonilg’isining korrozion xususiyati uning tarkibidagi oltingugurtning miqdoriga bog’liq: u qanchalik ko’p bo’lsa, dvigatel tsilindrlari va porshen halqalarining korrozion - mexanik yeyilishlari shunchalik ko’payadi.
- Eyilishlar, ayniqsa, dvigatelning past haroratlarida ortadi. Dizel yonilg’isi tarkibida mexanik aralashmalarning bo’lishi yonilg’i yetkazib berish apparaturasidagi nozik juftliklar yeyilishiga sabab bo’ladi. Mexanik aralashmalarni dizel yonilg’isidan ajratishning eng oddiy usuli – uni bir necha kun davomida tindirishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |