2-Mavzu: Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning texnik vositalari reja
Download 1.33 Mb.
|
2-Mavzu Axborot kompyuter texnologiyalarini tadbiq qilishning t-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlash qoidasi.
- Oqimli printerlarning xarakreistikasi
Oqimli printerlarBrinchi oqimli printerlar Hewlett Packard firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Oqimli printerlarning ishlash qoidasi matritsali printerlarnikiga o`xshab ketadi, lekin yozish boshchasida ignalar o`rnida siyoh tomchilarni purkalaydigan maxsus qurilma va siyohdon joylashgan. Bu printerlar maxsus (rangli va rangsiz) siyohlarni purkalash yo`li bilan chop qilganligi uchun ular oqimli printerlar deb ataladi. Siyohdan alohida joylashgan yoki yozish boshchasiga o`rnatilgan bo`lishi mumkin. Yozish boshchasida joylashgan siyohdon alohida bir qurilma bo`lib, u kartridj deb ham ataladi. Uni almashtirish oson. Ko`pchilik zamonaviy oqimli printerlarda kartridjlar ishaltiladi. Oqimli printerlar shovqinsiz ishlaydi. Ishlash qoidasi. Siyohni purkashning ikki usuli mavjud: pezoelektrik usul va gazli pufaklar usuli. Birinchisida, pezoelektrik boshchaga diafragmga bog`langan yupqa pezoelement o`rnatilgan. Chop qilishda u diafragmani siqishi natijasida siyoh purkagichdan purkaladi. Qog`ozga aerozol oqimi tushishidan, nuqta chop qilinadi (Epson, Brother firmalarida ishlab chiqarilgan printerlarda ishlatiladi). Gazli pufaklar usulida, har bir purkagich isitish elementi bilan jihozlangan. Tok impulsi ostida mikrosekund vaqt ichida siyoh qaynash darajasida isitiladi va purkagichdan chiqayotgan siyohni qisuvchi pufaklar hosil bo`lib, qog`ozda tasvir yoki yozuv hosil bo`ladi (Hewlett Packard, Canon firma printerlarida ishlatiladi). Rangli chop qilish ma’lum miqdordagi ranglarning aralashtirilishi bilan amalga oshiriladi. Rangli chop qilishda kartridj 3 yoki 4 ta har xil siyohli siyohdonlardan iborat bo`ladi. Yozish boshchasi varaqning bir joyidan bir necha bor o`tib, har xil rangdagi siyohlarni kerakli miqdorda ishlatadi. Natijada har xil rangdagi tasvir yoki yozuv hosil bo`ladi. Oqimli printerlarning xarakreistikasi: Chop qilish tezligi. Rangsiz chop qilish rejimda, bir minutda 3 – 4 bet chop qilinadi. Ranglisida esa biroz kamroq. Chop qilish sifati. Qimmatroq oqimli printerlarning chop qilish sifati juda yuqori bo`lib, tinq va ravshandir. Lekin, sifatning yaxshi bo`lishi ko`proq qog`ozning sifati va qalinligiga bog`liqdir. Rangning oqib ketishidan qutilish uchun ba’zi printerlar qog`ozni qizdiradilar. Tasvirlash qobilyati. Grafik tasvirlarni chop qilish uchun 300 - 720 dpi.dan iborat. Oqimli printerlarning asosiy kamchiligi siyohning purkagichda qotib qolishidir. Buni bartaraf qilishning bir yo`li bu kartridjni almashtirishdir. Rangning purkagichda qotib qolmasligi uchun printerlarga purkagichni tozalab turuvchi qurilma o`rnatiladi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling