«Sichqoncha» manipulyatori
Sichqoncha – bu manipulyator tipidagi boshqarish qurilmasi bolib, u ikki yoki uchta tugmachalardan iboratdir: chap, o`ng va o`rta. Sichqoncha 1964 yilda D. Enjeblat tomonidan kashf qilingan bo`lib, ilk bor 1970 yillarning boshida Xerox kompaniyasi ishlab chiqa boshlagan. O`sha vaqtda sichqonchalar kompyuterning eng qimmatbaho qurilmalaridan biri hisoblangan.
Sichqoncha klaviaturadek kompyuterning standart qurilmasi emas shuning uchun, u bilan ishlash uchun maxsus tizim dastur – sichqoncha drayveri kerak bo`ladi. Sichqonchaning chap va o`ng klavishlar funktsiyalari dastur asosida almashtrilishi mumkin. Odatda, chap klavish yordamida asosiy amallar (ajratish, surish, bajarish va h.k) bajariladi. O`ng klavish kontekst menyu deb ataluvchi menyudagi amallarni bajarish uchun xizmat qiladi. Kontekst menyuning vazifasi joriy holatda u yoki bu amalni tezroq bajarish bilan bog`liq. O`rta klavish hozirda, xususan, varaqlash maqsadlari uchun qulay bo`lgan jostik o`rnatilgan. Sichqoncha birinchi navbatda ko`rsatish vazifasini bajaradi. Agar ko`rsatgandan keyin, chap tugma bosilsa, o`sha dastur ishlash uchun tayyor bo`lib turadi. Ko`rsatilgan ob’ekt ustida uning tugmasi ikki marta tez – tez bosilsa, ko`rsatilgan dastur birdan ishga tushadi. Sichqoncha qurilmasi ostida uni harakatga keltiruvchi sharcha joylashgan bo`lib, sichqoncha yaxshi ishlashi uchun uni vaqt – vaqti bilan spirt yordamida artib turish lozim.
Sichqonchaning quyidagi turlari ishlab chiqarilmoqda:
PS/2 sichqonchasi – kompyuterdagi maxsus uyachaga ulanuvchi sichqoncha bo`lgani uchun boshqa ketma – ket portlarni band qilmaydi. Shu sababli eng ko`p tarqalgan qurilmadir.
Ketma – ket sichqoncha. Kompyuterning ketma – ket portlarining biriga ulanuvchi sichqonchadir.
Shina sichqoncha. Bu sichqoncha kompyuterning universal porti (USB) ga ulanuvchi sichqonchadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |