2-Mavzu. Axborotlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishi Reja


Misol. -312,3125 sonini qomp’yuter xotirasidagi ko’rinishini yozing. . Echish


Download 209.78 Kb.
bet4/7
Sana13.11.2023
Hajmi209.78 Kb.
#1769334
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-Mavzu. Axborotlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishi Reja-fayllar.org

Misol. -312,3125 sonini qomp’yuter xotirasidagi ko’rinishini yozing. .
Echish. Sonning moduli ikkilik sistemadagi yozuvi 100111000,0101. Uni normallashtiramiz: 100111000,0101 = 1,001110000101 × 28. endi uning tartibini suramiz: 8 + 1023 = 1031. 103110 = 100000001112. Son manfiy bo’lgani uchun 63 razryadga 1 yozamiz. Natijada quyidagi songa ega bo’lamiz:


1

10000000111

001110000101000000000000000000...0000


63

62..52

51...0




4.Matn ko’rinishdagi ma’lumotlarni kompyuter xotirasida tasvirlanishi.
Harfiy ma’lumotlarni kodlash uchun turli jadvallardan foydalaniladi. Biz bu holatni halqaro ASCII jadvali misolida bayon qilamiz. ASCII (American Standard Code for Information Interchange – Amerikaning ma’lumot almashish uchun standart kodlari) komp’yuterlarda eng ko’p qo’llanadigan kodlash tizimlaridan biri hisoblanadi.
Bu jadvalning barcha belgilari 0 dan 255 gach bo’lgan sonlar bilan nomerlangan. Bu nomerlarning har biriga ikkilik sanoq sistemasidagi 8 ta razryadli 00000000 dan 11111111 gacha sonlar mos keladi. Aynan shu kodlar belgining ikkiliq sanoq sistemasidagi kodini ifodalaydi.
ASCII jadvalining dastlabki qismi standart bo’lib, boshqaruvchi (0 dan 32 gacha), tinish belgilari (33 dan 47 gacha), raqamlar (48 dan 57 gacha), katta va kichik lotin harflari (65 dan 90 va 97 dan 122 gacha) kabi belgilardan tashkil topgan. Jadvalning qolgan qismi milliy alfavit (masalan, kirill alfaviti) va psevdografika elementlarini o’z ichiga oladi.
ASCII jadvali yordamida hammasi bo’lib 256 ta turli belgilarni kodlash mumkin. Bu jadvaldagi ihtiyoriy belgini 8 bit, ya’ni 1 bayt yordamida kodlash mumkin. Masalan, “Mikroprotsessor” so’zi komp’yuter xotirasida 14 bayt joyni egallaydi.
Belgilarni kodlashda ularning ASCII jadvalida turgan o’rnigdan foydalaniladi. Bu kodni ikkilik yoki o’nlik sanoq sistemasida ifodalash mumkin. Masalan, “Hello!” so’zi quyidagicha komp’yuter xotirasida quyidagicha ko’rinishda saqlanadi:





Download 209.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling