2 Mаvzu: Bilish jаrаyonlаri vа kаsbiy rivоjlаnish hаqidа umumiy tushunchа.(2 soat)
Download 367.41 Kb.
|
2m
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sub`ektiv illюziyalar
а) ob`ektiv illюziya;
b) sub`ektiv illюziya. Ob`ektiv illюziya – hamma odamlar uchun umumiy хarakterga ega bo’lib, uni geometrik illюziya deb ham юritiladi. Ob`ektiv illюziya biz idrok qilayotgan narsalarning o’zaro bir-biriga ta`siri tufayli юz beradi. Illюziyaning bu turi har xil geometrik shakllarni idrok qilishda juda yaqqol ko’rinadi. Masalan, uzunligi baravar bo’lgan ikkita gorizontal to’g’ri chiziq chizilsа, bu chiziqlarning uchlariga tashqariga qaratilgan va ichkariga qaratilgan chiziq kattaroq bo’lib ko’rinadi. Idrok jarayonida юz beradigan illюziyaning bu turiga juda ko’plab misol keltirish mumkin. Masalan, baravar kattalikka ega bo’lgan uchta ketma-ket turgan to’g’ri burchakli ustunchalarni chizib, ularning atrofiga uzoqlashtiruvchi chiziqlarni chizsak, bu uchta ketma-ket turgan ustunchalar har xil kattalikda bo’lib ko’rina boshlaydi. Bu erda uzoqlashtiruvchi chiziqlarning ta`sirida illюziya hosil bo’ladi. Sub`ektiv illюziyalar odamning ayni chog’dagi hissiy holati bilan bog’liq bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, odamning hissiy holatida ro’y beradigan o’zgarishlar idrok jarayoniga ta`sir qiladi. Masalan, юqorida aytib o’tilganidek, odam kechasi yolg’iz ko’chаda qo’rqib ketayotgan bo’lsa, har bir sharpa uning qo’rqinch hissini kuchaytirib юboradi. Natijada uning ro’parasidan chiqib qolgan butalgan daraxt qandaydir dahshatli mavjudotga o’xshаb ko’rinadi. Hayotda keng tarqalgan har xil insu jins, devlar, ajinalar va shu kabi nojins narsalar haqidagi ko’plab gaplar kuchli qo’rqinch hissi ta`sirida noto’g’ri idrok qilish, ya`ni sub`ektiv illюziya tufayli vujudga kelgandir. Ba`zan odam qattiq qo’rqqan paytida bosh miya katta yarim sharlarining po’stidagi muhim markazlardan birortasi uzoq muddatli tormozlanish holatiga tushib qolishi mumkin. Buni akademik I.I.Pavlov hayotni muhofaza qiluvchi tormozlanish deb atagan edi. Ana shunday paytda tormozlanib qolgan markaz bilan bog’liq bo’lgan organizmning biror qismida keskin o’zgarish paydo bo’ladi. CHunonchi, odamning og’zi yoki ko’zi qiyshayib qolishi mumkin yoki qo’li, oyog’i falaj bo’lib qolishi mumkin. Sub`ektiv illюziya hodisasi, ya`ni qattiq qo’rqinch hissi ta`sirida noto’g’ri idrok qilish hodisasi bolalarda ham uchrashi mumkin. SHuning uchun ana shu юqoridagi mulohazalarni, ya`ni yanglish idrok natijasida paydo bo’ladigan qo’rqinchli obrazlarni nazarda tutib, hech vaqt bolalarni qo’rqitish kerak emas. Psixologiyada ko’rish illюziyalarining o’rganilishi muayyan o’zining tadqiqot tariхiga ega. Masalan, agarda biz ko’rsаtkich va o’rta barmoqlarimizni chalishtirib, no’xot yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barmog’imizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no’xot bordek his qilamiz. Download 367.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling