2) Mavzuga kirish usullarini tanlash. Darsni rejalashtirishning bu bosqichida o‘qituvchi o‘tiladigan mavzuga o‘quvchilarni qanday qiziqtirishni (motivatsiya uyg‘otishni) va qanday qilib uni o‘quvchilarning oldingi bilimlari bilan bog‘lashni aniq belgilab olishi lozim.
3) Darsning oldiga qo‘yilgan vazifalarga erishish metodlarini tanlash. Bu darsni rejalashtirishning asosiy qismidir. O‘qituvchi darsda ishlatiladigan metodlarni tanlar ekan, tanlash va bo‘lish tamoyilini hisobga olishi lozim. Bunda o‘qituvchi darsda o‘tiladigan material hajmini aniq belgilab olishi va bu materialni mantiqiy qismlarga bo‘lgan holda o‘quvchilarga taqdim qilishi lozim. Shu bilan birga, materialning qaysi qismini berishda induktiv metoddan va qaysi qismini berishda deduktiv metoddan foydalanishini aniqlashtirib olishi lozim.
Deduktiv metod – o‘qituvchi yangi tushuncha yoki qoidani o‘quvchilarga tushuntiradi va o‘quvchilar bu tushuncha yoki qoidani mashqlar yordamida mustahkamlaydilar. Induktiv metod – o‘quvchilar berilgan misollarni umumlashtirib, o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan tushuncha yoki qoidani o‘zlari “kashf qiladilar” va so‘ngra uni mustahkamlaydilar.
Savol va topshiriqlar:
Taksonomiya so‘zining ma’nosini izohlang.
Benjamin Blum haqida ma’lumot bering.
Bilish faoliyati darajalariga asoslangan o‘quv maqsadlari taksonomiyasi haqida ma’lumot bering.
O‘qituvchi tomonidan o‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirishning asosiy mezonlarini sanab bering.
O‘quvchi shaxsiga yo‘naltirilgan ta’limda dars shakli qanday tashkil etiladi?
Motivatsiya so‘ziga ta’rif bering.
Ichki va tashqi motivatsiya haqida ma’lumot bering.
O‘quvchilarda motivatsiya uyg‘otish uchun o‘qituvchi nima qilishi kerak?
Do'stlaringiz bilan baham: |