2-mavzu. Bojxona to‘lovlari va boj tushunchalari. Reja


Bojxona bojlarining turlari


Download 80.48 Kb.
bet3/3
Sana15.02.2023
Hajmi80.48 Kb.
#1201173
1   2   3
Bog'liq
2mavzu

3. Bojxona bojlarining turlari
Tovarlar bojxona hududidan uning O‘zbekiston Respublikasida ayni vaqtda amalda bo‘lgan real qiymatidan past narxda olib chiqilayotgan bo‘lsa, bunday olib chiqish O‘zbekiston Respublikasining turdosh tovarlarni ishlab chiqaruvchilariga moddiy ziyon etkazsa yoki etkazish xavfi tugilsa yoxud O‘zbekiston Respublikasining ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida me’yoriy raqobat o‘rnatilishiga to‘sqinlik qilsa.
Dempingga qarshi bojlar- tovarlar bojxona hududida ularning olib chiqilgan davlatda ayni vaqtda amalda bo‘lgan real qiymatidan past narxda olib kirilsa, agar bunday olib kirish O‘zbekiston Respublikasining tovar ishlab chiqaruvchilariga moddiy ziyon etkazsa yoki etkazish xavfini tug‘dirsa yoxud O‘zbekiston Respublikasida tovar ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki kengaytirishga to‘sqinlik qilsa qo‘llaniladi.
Kompensatsiya bojlari- O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududida ishlab chiqarish yoki olib chiqish paytida bevosita yoxud bilvosita subsidiyalardan foydalanilgan tovarlar olib kirilsa, agar bunday olib kirish O‘zbekiston Respublikasining o‘xshash tovarlar ishlab chiqaruvchilariga moddiy ziyon etkazish xavfi bo‘lsa yoxud O‘zbekiston Respublikasida turdosh tovarlar ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki kengaytirishga to‘sqinlik qilsa qo‘llaniladi.
Bojxona boji- bu davlat pul yig‘imi bo‘lib, bojxona xizmatlari tomonidan u yoki bu turdagi tovarlarning bojxona chegarasidan yuridik va jismoniy shaxslar deklaranti, bojxona brokerlari hamda tovarni olib o‘tuvchilar tomonidan harakatlantiriladigan vaqtda ulardan undiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqariladigan qarorlar asosida belgilanadi. "Boj tarifi to‘g‘risida"gi qonuni asosida quyidagi 5-chizmadagi boj shakllari qo‘llaniladi.

Mavsumiy bojlar- vaktincha mavsumiy tovarlar uchun yoki ayrim davlatlar uchun joriy qilingan boj to‘lovlari bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining boj tarifi to‘g‘risidagi qonunning 7moddasida kayd etilgan. Bunda mavsumiy bojlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilanib, tovarlar olib kirish va olib chiqishni tezkor tartibga solish uchun qo‘llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan boj stavkalari qo‘llanilmaydi. Mavsumiy bojlar belgilangan vaktdan olti oy o‘tgandan so‘ng o‘z kuchini yo‘kotadi.
Maxsus bojlar- ma’lum davlatlardan keladigan yoki ularga chiqariladigan ayrim tovar, xizmatlarga vaktincha belgilangan boj to‘lovi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining boj tarifi to‘g‘risidagi qonunning 8-moddasida kayd etilgan. Maxsus bojlar, basharti, o‘xshash yoki bevosita raqobat qiluvchi tovarlar bojxona xududiga O‘zbekiston Respublikasidagi tovar ishlab chiqaruvchilarga ziyon etkazadigan yoki ziyon etkazishi mumkin bulgan mikdorda va shartlarda olib kirilayotgan bo‘lsa, ximoya chorasi sifatida, shuningdek boshqa davlatlar tomonidan kilinayotgan O‘zbekiston Respublikasining xuquqlarini cheklovchi va manfaatlarini kamsituvchi boshqa xarakatlarga javob chorasi sifatida qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Bojxona bojlarining stavkalari. Import va eksport bojining stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda joriy etiladi.
Mavsumiy bojlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanib, tovarlar olib kirish va olib chiqishni tezkor tartibga solish uchun qo‘llaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan boj stavkalari qo‘llanilmaydi. Mavsumiy bojlar ular belgilangan vaqtdan e’tiboran 6 oydan ortiq amal qilishi mumkin emas.
Maxsus bojlar o‘xshash yoki bevosita raqobat qiluvchi tovarlar bojxona hududiga O‘zbekiston Respublikasidagi tovar ishlab chiqaruvchilarga ziyon etkazadigan yoki ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan miqdorda va tartibda olib kirilayotgan bo‘lsa, himoya chorasi sifatida, shuningdek boshqa davlatlar tomonidan qilinayotgan O‘zbekiston Respublikasining huquqlarini cheklovchi va manfaatlarini kamsituvchi boshqa harakatlarga javob chorasi sifatida qo‘llaniladi. Ushbu bojlarning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan har bir holat uchun maxsus komissiyaning xulosasiga binoan belgilanadi.
Dempingga qarshi bojlar quyidagi hollarda qo‘llaniladi. Tovarlar bojxona hududiga ular olib chiqilgan davlatda ayni vaqtda amalda bo‘lgan asl qiymatidan past narxda olib kirilsa, bunday olib kirish O‘zbekiston Respublikasidagi turdosh tovarlarni ishlab chiqaruvchilarga moddiy ziyon etkazsa yoki etkazish xavfini tug‘dirsa, yoxud O‘zbekiston Respublikasida aynan tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil qilish yoki kengaytirishga to‘sqinlik qilsa.
Kompensatsiya - qoplash, ragbatlantirish yoki bir majburiyat to‘lovini ikkinchisi bilan to‘lash, biron narsa uchun to‘lanadigan pul, haq, tovon, badal.
Subsidiya iqtisodiyotga byudjet orqali ta’sir etish vositalaridan biri bo‘lib, qaytarib bermaslik sharti bilan mablag ajratishdir. SHuningdek u bahoni quvvatlashning samarali usuli hisoblanadi. Davlat baholar o‘rtasidagi farqni to‘laydi va pul yoki natura ko‘rinishidagi yordam, nafaqa tarzda bo‘ladi. Boj stavkalarining turlari O‘zbekiston Respublikasida boj stavkalarining quyidagi turlari qo‘llaniladi:

Boj undiriladigan tovarlarning bojxona qiymatiga nisbatan foiz (%)larda hisoblanadigan stavkalar.
Misol: Tadbirkor shaxs Germaniyadan «Mersedes-Bens 600»- (dvigatel hajmi-6000 kub. sm.) rusumli engil avtomobilni O‘zbekistonga olib kelmoqda. Ushbu avtomobilni bojxona rasmiy-lashtiruvidan o‘tkazishda, aksiz solig‘ini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 455-sonli qarorida belgilangan, dvigatel hajmi 3000 kub. sm.dan yuqori bo‘lsa, 1 kub.sm. uchun 3,1 AQSH dollari miqdorida aksiz solig‘i undirishni qo‘llaymiz. Bu tovarning birligi uchun ya’ni 1kub. sm. dvigatel hajmi uchun 3,1 AQSH dollarida ko‘rsatilgan stavka xos stavkadir. Bojning advalor hamda xos stavkalarini o‘z ichiga oladigan aralash stavkalar. Misol:
YUqoridagi misolimizda ko‘rsatilgan engil avtomobildan import bojini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 189-sonli qarorida ko‘rsatilgan, dvigatel hajmi 3000 kub.sm.dan yuqori bo‘lgan engil avtomobillardan 30%, 1 kub.sm. uchun 3,0 AQSH dollaridan kam bo‘lmagan stavkalar qo‘llaniladi. Ushbu olingan stavkalarning qaysi birida bojning miqdori yuqori chiqsa, shu qiymat rasmiylashtirishda foydalaniladi. Ushbu olingan 30% hamda 1 kub.sm uchun 3,0 AQSH dollari aralash stavkalardir.


Download 80.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling