2-mavzu. Bojxona to‘lovlari va boj tushunchalari. Reja


Download 80.48 Kb.
bet1/3
Sana15.02.2023
Hajmi80.48 Kb.
#1201173
  1   2   3
Bog'liq
2mavzu


2-mavzu. Bojxona to‘lovlari va boj tushunchalari.
Reja:

  1. Bojxona to‘lovlarining amaliyotdagi turlari.

  2. Jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinayotgan tovarlardan undiriladigan yig‘imlar.

  3. Bojxona bojlarining turlari.

1. Bojxona to‘lovlarining amaliyotdagi turlari.
Boj to‘lovlari - tovarlar va transport vositalarining bojxona chegarasidan o‘tishida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksi(BK)da belgilangan boshqa xolatlarda O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari tomonidan olinadigan to‘lovlarning barcha turlari hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi BKga ko‘ra, xozir O‘zbekiston Respublikasida 30 ga yakin bojxona yig‘imlari mavjud.
Bojxona organlari tomonidan undiriladigan to‘lovlar.
1. Davlat byudjetiga o‘tkaziladigan bojxona to‘lovlari:
− import boji(eksport bojini undirish 1997 yil 10 oktyabrdagi PF-1871ga ko‘ra, 1997yil 1 noyabrdan boshlab to‘xtatilgan);
− import tovarlaridan undiriladigan QQS;
− import tovarlaridan undiriladigan aksiz solig‘i;
− jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga tijorat maqsadida import qilinayotgan tovarlardan undiriladigan yagona bojxona to‘lovi;
− jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga o‘z extiyoji uchun import qilinayotgan tovarlardan undiriladigan yig‘im;
− uchinchi mamlakatda ishlab chiqarilgan, chegaradosh mamlakatlardan reeksport kilinib, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Republikasiga tijorat maqsadida import qilinayotgan, nooziq-ovqat iste’mol tovarlaridan undiriladigan bojxona to‘lovi;
− bojxona ombori, erkin ombor, va boj olinmaydigan savdo do‘konini ta’sis etish xuquqini beruvchi ruxsatnoma (litsenziya)ni berganlik va uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yig‘im;
− bojxona soxasidagi xuquqbo‘zarliklar bo‘yicha musodara qilingan tovarlarni sotilishidan tushgan mablaglarning 80 % i (50% i respublika byudjetiga, 50 % i maxalliy byudjetga);
− bojxona soxasidagi xuquqbuzarliklar bo‘yicha undirilgan jarimalardan tushgan mablaglarning 85%i(50%i respublika byudjetiga, 50%i maxalliy byudjetga);
− bojxona soxasidagi xuquqbo‘zarliklar buyicha musodara qilingan chet el valyutasidan tushgan mablaglarning 85%i(50%i respublika byudjetiga, 50%i maxalliy byudjetga).
2. Davlat bojxona qo‘mitasining maxsus xisob raqamiga o‘tkaziladigan bojxona to‘lovlari:
− tovarlarni bojxonada rasmiylashtirganlik uchun yig‘im (tranzit, davlat foydasiga voz kechish, vaqtincha saqlash bojxona rejimlaridan tashqari 12 ta bojxona rejimlari bo‘yicha);
− tovarlarni tranzit bojxona rejimida rasmiylashtirganlik uchun yig‘im;
− egasi bojxona organi bo‘lgan bojxona omborida tovarlar saqlaganlik uchun yig‘im;
− O‘zbekiston Respublikasi xududi bo‘ylab barcha turdagi transport vositalarida olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona ko‘zatuviga olganlik uchun yig‘im;
− dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun yig‘im;
− bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestatini berganlik uchun yig‘im;
− bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisning malaka attestatini qayta rasmiylashtirganlik uchun yig‘im;
− bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis malaka attestatining amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun yig‘im;
− bojxona brokeri sifatida faoliyat ko‘rsatish xuquqini beruvchi ruxsatnoma(litsenziya)ni berganlik uchun yig‘im;
− bojxona brokeri sifatida faoliyat ko‘rsatish xuquqini beruvchi ruxsatnoma(litsenziya)ni qayta rasmiylashtirganlik uchun yig‘im;
− bojxona brokeri sifatida faoliyat kursatish xuquqini beruvchi ruxsatnoma(litsenziya)ning amal qilish muddatini o‘zaytirganlik uchun yig‘im;
− boj olinmaydigan savdo do‘konini ta’sis etish uchun ruxsatnoma(litsenziya) berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im;
− boj olinmaydigan savdo do‘konini ta’sis etish xuquqini beruvchi
ruxsatnoma(litsenziya)ni qayta rasmiylashtirganlik uchun yig‘im;
− boj olinmaydigan savdo do‘konini ta’sis etish xuquqini beruvchi ruxsatnoma(litsenziya) dublikatini berganlik uchun yig‘im;
− erkin omborni ta’sis etish uchun ruxsatnoma(litsenziya) berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im;
− erkin ombor yoki bojxona omborini ta’sis etish xuquqini beruvchi
ruxsatnoma(litsenziya)ni qayta rasmiylashtirganlik uchun yig‘im;
− erkin ombor yoki bojxona omborini ta’sis etish xuquqini beruvchi ruxsatnoma(litsenziya) dublikatini berganlik uchun yig‘im;
− bojxona omborini ta’sis etish uchun ruxsatnoma(litsenziya) berish to‘g‘risidagi arizani ko‘rib chiqqanlik uchun yig‘im;
− bojxona xududida qayta ishlash uchun ruxsatnoma(litsenziya) berganlik uchun yig‘im;
− bojxona xududidan tashqarida qayta ishlash uchun ruxsatnoma(litsenziya) berganlik uchun yig‘im;
− bojxona tashuvchisi sifatida faoliyat kursatish xuquqini beruvchi
ruxsatnoma(litsenziya)ni berganlik uchun yig‘im;
− bojxona tashuvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatish xuquqini beruvchi
ruxsatnoma(litsenziya)ni qayta rasmiylashtirganlik uchun yig‘im;
− bojxona tashuvchisi sifatida faoliyat ko‘rsatish xuquqini beruvchi
ruxsatnoma(litsenziya)ning amal qilish muddatini o‘zaytirganlik uchun yig‘im; − bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassisni o‘qitganlik uchun yig‘im;
− bojxona organlari tomonidan bojxona rasmiylashtiruvi uchun muljallanmagan joylarda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirganlik uchun yig‘im;
− yuridik shaxslar tomonidan import qilinayotgan naqd xorijiy valyutani bojxonada rasmiylashtirganlik uchun yig‘im;
− O‘zbekiston Respublikasiga import qilinayotgan (vaqtincha olib kirilayotgan) transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish xuquqini beruvchi guvoxnomani berganlik uchun yig‘im;
− bojxona soxasidagi xuquqbuzarliklar bo‘yicha musodara qilingan tovarlarni sotilishidan tushgan mablag‘larning 10% i;
− bojxona soxasidagi xuquqbuzarliklar bo‘yicha undirilgan jarimalardan tushgan mablaglarning 15% i;
− bojxona soxasidagi xuquqbuzarliklar bo‘yicha musodara qilingan chet el valyutasidan tushgan mablaglarning 15% i;
− erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda undirilgan xorijiy valyutadagi bojxona yig‘imlarining 85%i(ularni birjdadan tashqari bozordagi erkin kursda sotish sharti bilan).
Bojxona tarifi- bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlar nomenklaturasi prinsiplari va koidalariga muvofiq xolda bir tizimga solingan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan boj stavkalarining to‘plamidan iborat. Bunday operatsiyalarni amalga oshirishda Bojxona davlat qo‘mitasi tomonidan chiqarilgan va qo‘shimcha chiqarilgan yo‘riqnomalariga ham asoslanadi. Bojxona tariflari bojlar stavkasi tizimi bo‘lib, ya’ni ularning xar bir tovar baxosiga nisbatan belgilangan ro‘yxatidir.
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (BK)ning 103-moddasiga asosan tovar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona to‘lovlari qo‘llaniladi:



boj;



qo‘shilgan qiymat solig‘i;



aksiz solig‘i;



litsenziya berganlik uchun yig‘im;



bojxona rasmiylashtiriluvi bo‘yicha mutaxassis degan malaka attestatini berganlik

uchun

yig‘im;



bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yig‘imi;



tovarlarni saqlaganlik uchun bojxona yig‘imi;



tovarlarni bojxona kuzatuviga olganlik uchun bojxona yig‘imi;



dastlabki qarorni qabul qilganlik uchun haq (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar

Mahkamasining 1999 yil 30 apreldagi 204-qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan yig‘imlar turlari); − jismoniy shaxslardan undiriladigan yig‘imlar;
− jismoniy shaxslar tomonidan tijorat maqsadida olib kelinayotgan tovarlardan yagona bojxona to‘lovlari.
Qonun hujjatlarida boshqa bojxona to‘lovlari ham belgilanishi mumkin.
Boj, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i.
Bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarga qonun hujjatlariga muvofiq boj, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i solinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 maydagi 154-sonli qarori bilan yuridik shaxs tashkil etmasdan, litsenziyaga ega xususiy tadbirkorlik bilan shugullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan tijorat maqsadlarida tovarlar olib kelinganda, import boji, jismoniy shaxslardan undiriladigan yig‘im va qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rniga yagona bojxona to‘lovi 2002 yil 1 iyundan joriy qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 11 iyuldagi PF-3105-son Farmoni bilan ilovada ko‘rsatilgan iste’mol tovarlaridan tashqari yuridik shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar bekor qilindi.
Tovarlar qaytarib olib chiqilgan taqdirda ilgari to‘langan boj, qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘i summalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda qaytariladi (Bojxona kodeksining-104 moddasi).

Download 80.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling