2-mavzu. Bojxona to‘lovlari va boj tushunchalari. Reja


Jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinayotgan tovarlardan undiriladigan yig‘imlar


Download 80.48 Kb.
bet2/3
Sana15.02.2023
Hajmi80.48 Kb.
#1201173
1   2   3
Bog'liq
2mavzu

2. Jismoniy shaxslar tomonidan olib kelinayotgan tovarlardan undiriladigan yig‘imlar.
Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 fevraldagi 80-sonli qaroriga binoan notijorat maqsadida olib kelingan tovarlardan bojsiz olib kirish me’yori qo‘llanilib, 20 % foiz miqdorida, tijorat maqsadida olib kelingan tovarlardan esa bojsiz olib kirish me’yori qo‘llanilmasdan 50% foiz miqdorida belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 maydagi 154-sonli qaroriga asosan jismoniy shaxslar tomonidan tijorat maqsadida olib kelinayotgan tovarlaridan bojxona bojlari, jismoniy shaxsdan undiriladigan yig‘im va qo‘shilgan qiymat solig‘i o‘rniga yagona bojxona to‘lovi joriy qilindi va 1 iyundan kuchga kirdi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati asos bo‘lib, unga to‘lanishi lozim bo‘lgan boj, aksiz solig‘iga tortiladigan tovar bo‘yicha esa aksiz solig‘ining summasi ham qo‘shiladi (BK-106 modda).
Bojxona to‘lovlarini to‘lovchilar. Bojxona to‘lovlari deklarant tomonidan to‘lanadi. Har qanday manfaatdor shaxs, qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, to‘lovchining o‘rniga bojxona to‘lovlarini to‘lashga haqli (BK-107 modda).
Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatlari. Bojxona to‘lovlari bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki qabul qilinishi bilan bir vaqtda to‘lanadi. Tovarlar notijorat maqsadlari uchun olib o‘tilayotganda bojxona to‘lovlari bojxona deklaratsiyasini qabul qilish bilan bir vaqtda to‘lanadi.
Bojxona to‘lovlarini to‘lash muddatining o‘tishi bojxona deklaratsiyasini topshirish muddati tugaganidan keyingi kundan boshlanadi (BK-108 modda).
Bojxona to‘lovlarini to‘lash tartibi. Bojxona to‘lovlari bojxona organiga, xalqaro pochta jo‘natmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan esa, aloqa korxonalariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maqkamasi belgilaydigan tartibda to‘lanadi.
Maxsus bojlar - o‘xshash yoki bevosita raqobat qiluvchi tovarlar bojxona hududida O‘zbekiston Respublikasidagi tovar ishlab chiqaruvchilarga ziyon etkazadigan yoki ziyon etkazishi mumkin bo‘lgan miqdorda va shartlarda olib kirilayotgan bo‘lsa, javob chorasi sifatida qo‘llaniladi.


Download 80.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling