2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja


Download 118.3 Kb.
bet14/25
Sana29.03.2023
Hajmi118.3 Kb.
#1305813
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
2-mavzu

Qizil siljish. Olam kengayishda davom etadimi yoki torayish jarayoni boshlanadimi, degan savol javobsiz qolmoqda. Ammo «qizil siljish» hodisasi hozirgi vaqtda nurlanish manbai uzoqlashib borayotganini, ya’ni galaktikalar taxminan o‘zigacha bo‘lgan masofaga proporsional tezlikda har yoqqa «tarqalayotgani»ni tasdiqlovchi umumiy e’tirof etilgan fakt hisoblanadi.
1912 yilda V.M.Slayfer galaktikadan tashqaridagi tumanliklar nurlanishlarining spektr chiziqlari spektrning qizil uchi tomonga siljiyotgani - «qizil siljish»ni aniqladi. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach (1929 yilda) Edvin Xabbl tumanlik kuzatuvchidan qancha uzoqda bo‘lsa, «qizil siljish» kattaligi ham, uning tumanlikdan uzoqlashish tezligi ham shuncha katta bo‘ladi, degan qonunni va katta masofalarda galaktikalarning tezligi ulkan ifodalarga etishini aniqladi.
Shunga qaramay, olamning kengayishi bilan bir qatorda, uning torayishini yoki makonda cheklangan, lekin vaqtda cheksiz olam navbatma-navbat dam kengayuvchi, dam torayuvchi harakatlanuvchi olam modelini ham taxmin qilish uchun nazariy imkoniyat mavjud.
CHeklilik va cheksizlikning ziddiyati. CHeklilik, uning ziddi bo‘lgan cheksizlik singari, umumiylik va zaruriylik maqomiga ega bo‘lgan umumiy va universal tushunchalar – falsafiy kategoriyalar sifatida tushuniladi.
CHekliliknarsalar, jarayon va hodisalarning muayyanliligini va ob’ektning mavjudlik chegarasini qayd etuvchi tavsifni ifodalash uchun mo‘ljallangan falsafiy kategoriya. CHeklilik chegarasi ob’ekt intihosini boshqa ob’ektdan ajratib turadi va ularni bir-biriga bog‘laydi. G.Gegel cheksizlik har narsa o‘z chegarasiga ega ekanligi, bu erda u barham topishi, yo‘qlikka aylanishini ta’kidlagan4. Umuman olganda, barcha tug‘ilgan narsalarning muqarrar o‘limi haqida fikr yuritmagan birorta ham atoqli faylasuf yo‘q.
Inson borlig‘i chekliligining «kashf» etilishi nafaqat mavjudlikning qat’iy chegaralarini, balki cheksizlikni - bir-birini almashtiruvchi avlodlarning hamisha bir xil safini ham ko‘rsatdi. Kundalik hayotda biz narsalarni farqlash va ularning holatlari vaqtda o‘zgarishini kuzatish, masalan, kunni tundan farqlash imkonini beruvchi muayyan chegaralarni ko‘p qayd etamiz. Shunday qilib, muayyanlik va chegara cheklilikning asosiy, eng muhim jihatlari hisoblanadi.
Falsafada makon-miqdor chegaralari (masalan, davlatning hududiy chegaralari) va sifat chegaralari (yosh davrlari) farqlanadi. Ammo chegara nafaqat ajratadi, balki birlashtiradi, aloqa qilish, chegara orqali o‘tish imkonini beradi. Bu qarama-qarshilikni ifodalash uchun F.Gegel I.Kant o‘zgacharoq ma’noda ishlatgan «borliq o‘zida» va «o‘zga uchun borliq» tushunchalarini muomalada qo‘llagan.
CHeklilikni qotib qolgan, harakatsiz narsa deb tushunmaslik kerak. CHeklilikning mohiyati shundan iboratki, u o‘zini o‘zi inkor etadi, intiho sari harakatlanadi. Shu sababli cheklilik harakatdan tashqarida emas, balki faqat harakatda tushunilishi mumkin.
CHeksizlik cheklilikning inkori hisoblanadi. Falsafa va fanga cheksizlik bilan birga «ziddiyat» tushunchasi ham kirib kelgan. Klassik yunon tafakkurida cheksizlik salbiy tushuncha sifatida amal qiladi: cheksizlik chegara va shakldan mahrum, u belgilanmagan, binobarin, inson aqli uni tushunib etishga qodir emas. CHeksizlikni anglab etishga urinish o‘z yo‘lida muqarrar tarzda aporiyalar, antinomiyalar, paradokslarga duch kelgan. Fanda Horror infiniti – «cheksizlik dahshati» degan ibora ham mavjud bo‘lgan. Ong cheksizlikni idrok etishga ham, tasavvur qilishga ham qodir emas, u bu borada doimo ikkilanadi. Inson ko‘proq cheklilik bilan ish ko‘radi, uni tez anglaydi, biron-bir chegara izlaydi. CHeksizlik – amaldagi qonunlarga bo‘ysunmaydigan, ularni aksioma tarzida qo‘llab bo‘lmaydigan, qism butunga teng bo‘lib qoluvchi borliqdir.
Zenon aporiyalarining bosh mohiyatini ham cheklilik va cheksizlik o‘rtasidagi ziddiyat tashkil etadi. Masalan, «Dixotomiya» aporiyasida to‘g‘ri yo‘l nazarda tutiladi. Bu yo‘ldan o‘tish uchun uning yarmini, so‘ngra yarmining yarmini, keyin bu yarimning yana yarmini bosib o‘tish kerak bo‘ladi. Xullas, yo‘l cheksiz miqdordagi yarim bo‘laklarga bo‘linib ketadi. Mazkur yondashuvdan kelib chiqilsa, bu yo‘ldan nafaqat o‘tish, balki harakatni boshlash ham mumkin emas. Yo‘ldan o‘tishda eng oldin bosib o‘tish lozim bo‘lgan masofaning dastlabki «yarmining yarmini» qanday topish mumkin? Bu empirik dalil kabi butun cheksizlikni qamrab oluvchi shak-shubhasiz harakatni nazariy tavsiflash qiyinchiliklar tug‘diradi.
CHeklilik intihoning dastlabki nuqtasi sifatida amal qilsa, cheksizlikning asosiy xossasi sifatida ko‘pincha «cheklanmaganlik» tushunchasi qabul qilinadi. CHeksizlik g‘oyasi inson tafakkurida biron-bir ob’ekt yoki jarayonda chegaralarning yo‘qligi haqidagi intuitiv tasavvur sifatida mavjud bo‘ladi. Shunday qilib, cheksizlik ayrim cheklanmagan jarayon yoki ketma-ketlik ko‘rinishida tasavvur qilinadi.

Download 118.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling