2-Mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya) Reja


Download 118.3 Kb.
bet17/25
Sana29.03.2023
Hajmi118.3 Kb.
#1305813
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
2-mavzu

Harakat tiplari. Fanda ob’ektiv borliq narsalari va hodisalari harakatining ikki asosiy tipi: progress va regress farqlanadi. Ularning biri materiya, energiya, axborotning makonda siljishi bilan bog‘liq bo‘lib, harakatlanuvchi narsalar o‘z muhim xossalarini o‘zgartirmasligi, ya’ni o‘z sifatini yo‘qotmasligi bilan tavsiflanadi. Bular miqdor o‘zgarishlari, makondagi ko‘chishlar yoki o‘rin almashuvidir. Bunga yurib ketayotgan odam, qorong‘i osmon fonida projektor nurining harakati va hatto xayolda ayrim ob’ektlardan boshqa ob’ektlarga o‘tish misol bo‘lishi mumkin. So‘nggi zikr etilgan holda fikrning muayyan (masalan, formal mantiq nuqtai nazardan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri) yo‘nalishdagi harakati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Ammo harakatning qayd etilgan tipi dunyoda yuz berayotgan o‘zgarishlarning butun rang-barangligini qamrab olmaydi. Aksariyat hollarda ular narsalarning ichki strukturasidagi qayta qurish bilan birga kechadiki, bu dastlabki narsa sifatlarining o‘zgarishi va u butunlay boshqa narsaga aylanishiga sabab bo‘ladi.
Orqaga qaytmaslik va muayyan yo‘nalishga egalik xos bo‘lgan mazkur harakat tipi rivojlanish deb ataladi. Bunda narsa yoki hodisa strukturasining murakkablashuvi, ular tashkil topish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin bo‘lib, bu odatda taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi.
Agar harakat teskari yo‘nalishda – barkamolroq va rivojlanganroq shakllardan uncha rivojlanmagan shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan bo‘lsa, bu holda regress to‘g‘risida so‘z yuritish odat tusini olgan. Ammo progress va regressning ko‘rsatilgan xususiyatlarini mutlaqlashtirish yaramasligini e’tiborga olish lozim. Masalan, boshqaruv apparati tuzilmasining murakkablashuvi va byurokratiyaning o‘sishi doim ham progressni anglatavermaydi, nisbatan soddaroq va ayni vaqtda samaraliroq va ishonchliroq mashinalar, asboblar va mexanizmlar yaratilishining regressga hech qanday aloqasi bo‘lmaydi va ko‘proq buning aksidan dalolat beradi.
Rivojlanish. Jonsiz tabiatda rivojlanishga yulduzlarda yuz berayotgan evolyusiya jarayonlari; jonli tabiatda – turli organizmlarning o‘sishi; jamiyatda – fan, texnika, sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi, ijtimoiy munosabatlarning o‘zgarishi va shu kabilar misol bo‘lib xizmat qilishi mumkin. «Rivojlanish» tushunchasi nafaqat moddiy, balki ideal dunyoga, xususan, inson tafakkuriga nisbatan, masalan, umuman ongning yoki ayrim fikr, g‘oya, nazariyaning rivojlanishi to‘g‘risida so‘z yuritilgan holda, qo‘llanilishi mumkin. Fikrning rivojlanishi uning «pishib etilishi»ni, ya’ni murakkablashuvi, takomillashuvi, yanada aniqroq ma’no kasb etishi va shu kabilarni anglatadi. Biroq, shuni ta’kidlash lozimki, narsalar va hodisalarning ob’ektiv dunyosidan farqli o‘laroq, sub’ektiv konstruksiyalar (tafakkur, g‘oyalar, nazariyalar) harakati va rivojlanishiga nisbatan ko‘lam ko‘rsatkichlari tatbiq etilishi mumkin emas. Ayni vaqtda ideal narsalar va hodisalar darajasida rivojlanish jarayonlari, xuddi moddiy narsalar dunyosidagi kabi vaqtda kechadi.

Download 118.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling