2-mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya)


XX asrda tabiat voqeligi: ekologik tanglik


Download 220.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana30.04.2023
Hajmi220.03 Kb.
#1414632
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-ma\'ruza

3.XX asrda tabiat voqeligi: ekologik tanglik. 
Tabiat – inson va insoniyatning hayotiy faoliyati uchun za-rur bo‘lgan ob‘ektiv shart-
sharoitlar yig‘indisidir. Ushbu tu-shunchaning mazmunini chuqurroq ilg‘ab olish uchun unga 
qarama-qarshi bo‘lgan falsafiy kategoriyani ham tilga olishimiz, tah-lil etishimiz darkor. 
«Tabiat» tushunchasiga qarama-qarshi bo‘lgan kategoriya esa madaniyatdir. Madaniyat – inson 
tomo-nidan o‘zlashtirilgan va o‘zgartirilgan reallikdir. Tabiat esa, madaniyatdan farqli o‘laroq, 
inson ongi va faoliyatidan qat‘iy nazar mavjud. Binobarin, madaniyat deganda inson tomonidan 
o‘zlashtirilgan tabiat qismi tushuniladi. Shu nuqtai nazardan inson faoliyatini tabiiylikni 
madaniylikka aylantirish ja-rayoni deb baholash mumkin. Tabiatning ana shunday o‘zlashtiri-
lishi 
insonning 
mavjudlik 
usulini 
ifodalaydi. 
Yuqoridagi mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, inson ha-misha o‘zini tabiatga qarshi qo‘yib 
kelgan. Ayni paytda uning o‘zi tabiatning ajralmas qismi, mahsuli hamdir. Inson tabi-atning 
sharofati bilan mavjud, uning ham jismoniy, ham ma‘naviy hayoti tabiat bilan chambarchas 
bog‘liq. Shunday ekan, tabiat o‘z-o‘zi bilan bog‘liqdir. Chunki inson tabiatning bir bo‘lagidan 
o‘zga 
narsa 
emas. 
Gap nafaqat inson va tabiatning jismoniy aloqadorligi haqida, balki ma‘naviy bog‘liqligi 
to‘g‘risida ham bormoqda. Tabiat inson hayoti va faoliyati uchun zarur bo‘lgan tabiiy shart-
sharoitlar yig‘indisigina bo‘lib qolmasdan, insonning bilishga oid munosabatlarining sababchisi 
hamdir. Shozirgi za-mon kishilik jamiyatida ushbu bilimga oid munosabatlar tabi-iy fanlar 
shaklida, tabiatga bo‘lgan estetik munosabatlar shaklida namoyon bo‘lmoqda. Shuningdek, 
bugungi kunda insoniyat ilk bor tabiatni muhofaza qilish mas‘uliyatini ham zimmasiga olmoqda. 
Xullas, inson, kishilik jamiyati va madaniyat, bir tomondan, tabiatga qarshi tursa, ikkinchi 
tomondan, uning tar-kibiy qismidir. Inson va tabiat orasidagi ziddiyatlarga to‘la mazkur o‘zaro 
aloqadorlik insonning tabiatga bo‘lgan turlicha munosabatlarining manbai vazifasini o‘taydi. 
Tabiat madaniyatdan quyiroqda turgan, maqsadga muvofiq bo‘lmagan, shaklsiz reallik 
sifatida ham idrok etilishi mumkin. Bunday munosabat «tabiatni insonga bo‘ysundirish zarur», - 
degan xulosaga asos bo‘lishi tabiiy. Ushbu yondashuvdan farqli o‘laroq, tabiat mukammallik 
namunasi, madaniyatdan-da a‘loroq va yuksakroq reallik tarzida talqin qilinishi ham mumkin. 
Mazkur qarashlarning mualliflari inson tabiatdan ko‘p narsani o‘rganishi darkor, deb 
hisoblaydilar. 


Uchinchi yondashuv tarafdorlari tabiatni nooqilona, sti-xiyali kuchlar olami, insonga 
bo‘ysunmaydigan xaosdan (tartib-sizlikdan) iboratligini qayd qiladilar. Ayni paytda tabiat eng 
oqilona qonunlar, tabiiy zaruriyat hukm suradigan, kishi-lararo munosabatlarda tez-tez 
uchraydigan illatlardan xoli bo‘lgan olam sifatida baholanishi ham mumkin. 
Insonning tabiatga bergan eng qat‘iy baholari ana shu-lardan iborat. Insoniyat falsafiy 
tafakkuri tarixida bunday fikr-mulohazalar takror va takror yoqlab chiqildi, «inson-ta-biat» 
munosabatlarida metodologik pozitsiya vazifasini o‘tadi. Boz ustiga, bugungi kunda ham inson 
bilan tabiat orasidagi munosabatlarning xarateri qanday bo‘lishi darkorligi xususi-da gap 
ketganda ushbu pozitsiyalarning aks-sadosi eshitilib turadi. 
Qadimgi dunyo kishisining tafakkurida tabiat doimiy harakatda va o‘zgarishda bo‘lgan 
yaxlitlik tarzida o‘z aksini topgandi. Shu munosabat bilan inson tabiatga qarshi turgan kuch 
emas, uning ajralmas qismi bo‘lgan qudrat sifatida ang-lanardi. Antik davr faylasuflari, bizga 
ma‘lumi, koinot de-ganda tabiatning inson aqliga sig‘adigan, inson tomonidan anglash imkoni 
bo‘lgan qismini tushunardilar. Bunda koinot xaosga qarshi qo‘yilar, mukammal reallik deb 
baholanar edi. Asl donishmand, antik davr mutafakkirlarining fikricha, ta-biat bilan murosada, 
bahamjihat yashashga intilmog‘i lozim. Ta-biatni ilmiy bilishning asosiy vazifasi esa tabiat bilan 
murosada yashash idealini shakllantirishdan iborat. Antik za-mon faylasuflari o‘z naturfilasofik 
ta‘limotlarida 
ana 
shunday 
masalani 
hal 
qilishga 
intildilar. 
O‘rta asrlar falsafasida tabiatni mutlaqo o‘zgacha tushu-nish ildiz otdi. Sham musulmon, ham 
xristian falsafasida ta-biat Xudo tomonidan yaratilgan mo‘jiza sifatida talqin etildi. Biroq tabiat 
insondan quyiroq bo‘lgan reallikdir. Chunki Xudo faqat insongagina ilohiy ibtido – jon ato 
etgan, tabiat esa bunday ibtidodan mahrumdir. Shu bois ayrim hollarda tabiat yovuzlik manbai 
bo‘lishi mumkin. Insonning vazifasi ana shunday yovuzlikning kengayishiga yo‘l qo‘ymaslik-
dan iborat. Binobarin, inson hayoti ilohiy qudrat bo‘lmish jonning tabiiy ibtido hisoblangan jism 
bilan kurashi jarayonidir. Bunday yondashuv ba‘zi hollarda tabiatga salbiy munosabatning 
yuzaga kelishiga ham sabab bo‘lardi. 
Mazkur qarashlar sistemasi, tabiiyki, tabiatni ilmiy bilishga bo‘lgan qiziqishning 
cheklanishiga, so‘nishiga olib kel-di. Lekin o‘rta asrlardagi diniy falsafa negizida tabiatga 
bo‘lgan mutlaqo yangicha munosabat ham shakllana bordi. Tabi-atni Xudo yaratgan mo‘‘jiza 
sifatida tushunish undagi ratsio-nal ibtidoni topishga qaratilgan tadqiqotlarga zamin yaratdi. 
Tabiatni o‘rganish Xudoning qudratini anglab yetish imkonini beradi. Ushbu mulohaza 
mualliflarining fikriga ko‘ra, Xudo odamlarga ikki kitob taqdim etgan. Ulardan biri Muqaddas 
kitob bo‘lsa, ikkinchisi tabiatdir. Birinchi kitobda Xudoning qudrati bevosita talqin etilgan, 
ikkinchi kitobda esa Xudo-ning qudrati amalda namoyish qilingan. Mazkur qarashlar tabiat 
haqidagi 
fan 

tabiatshunoslikning 
vujudga 
kelishiga 
zamin 
yaratdi. 
Renessans davrida tabiatga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zga-ra boshladi. Inson tabiatning 
tarorlanmas go‘zalligini o‘zi uchun qayta kashf etdi, uni zavq-shavq, osoyishtalik va xotir-jamlik 
manbai hisoblaydigan bo‘ldi. rta asrlarga xos bo‘lgan asketizm chekina boshladi. Romantizm 
falsafasi va estetikasi-da tabiat tsivilizatsiya ta‘qibidan qutqaradigan qudrat sifa-tida ta‘riflandi. 
Romantizm asoschilaridan biri J.-J. Russo insonning barcha kulfatlarini tabiiylikdan 
ijtimoiylikka 
o‘tish 
bilan 
bog‘ladi.
Industrial sanoatning shakllanishi jarayonida insonning tabiatga yangicha munosabati vujudga 
keldi. Ushbu munosabat F. Bekon ijodida ayniqsa yorqin ifodasini topdi.(10) Tabiat in-sonning 
o‘zgaruvchanlik faoliyati obekti sifatida talqin qi-lina boshlandi. Tabiat – buyuk xazinadir, inson 
undan ista-gan boyligini olishi mumkin deb ta‘kidlanardi F.Bekon ijodida. Ushbu yondashuv rus 
yozuvchisi I.Turgenev qahramoni Bazarov tilidan ayniqsa obrazli ifodalandi: «Tabiat – ibo-


datxona 
emas, 
ustaxonadir, 
inson 
esa 
undagi 
ishchiga 
o‘xshaydi». 
Tabiiy-ilmiy bilishda tabiatni sinovdan o‘tkazish, ya‘ni uning sir-sinoatini aniqlash g‘oyasi 
ustivor ahamiyat kasb etdi. Shu ko‘yi tabiatga oddiy iste‘molchi sifatida munosabatda bo‘-lish 
odati shakllana bordi. Albatta, ushbu qarashlari o‘sha za-monning barcha mutafakkirlari 
tomonidan tan olindi, deyish xato bo‘lur edi. Ushbu fikr-mulohazalar turli falsafiy ta‘-
limotlarning tarafdorlari tomonidan keskin tanqid qilindi. Shunga qaramasdan, ushbu qarashlar 
XX asrning o‘rtalariga qa-dar «inson-tabiat» munosabatlarining leytmotivini tashkil etdi. 
Biroq XX asrning o‘rtalariga kelib tabiatga bo‘lgan mu-nosabat tubdan o‘zgara boshladi. Ilmiy-
texnika taraqqiyoti na-tijasida inson imkoniyatlari kengaya bordi, uning qudratli ta‘siri oqibatida 
tabiatning qiyofasi o‘zgarib ketdi. Inson ilk bor tabiat uchun mas‘ul ekanligini his eta boshladi. 
«Ta-biat-inson munosabatlaridagi tasodifiylik elementlarining oldini olish zaruriyati yuzaga 
keldi. 
Bu vazifani hal qilish uchun tabiiy va sun‘iy muhit ha-qida mustahkam bilimlarga ega bo‘lish 
zarur. Tabiiy muhit de-ganda geosfera va biosferani nazarda tutadilar. U insondan qat‘iy nazar 
majud bo‘lgan, lekin kelajakda uning faoliyati ob‘ektga aylanadigan moddiy sestemalarni o‘z 
ichiga oladi. In-son koinotni o‘zlashtira borgani sari bunday moddiy tizim-larga +uyosh 
sistemasining ayrim hududlari ham kira boshladi. Binobarin, tabiiy muhit rivojlanuvchan 
sistemadir. Uni fa-qat geosfera bilangina qiyoslash noto‘g‘ri ilmiy xulosalarga sabab bo‘ladi. 
Tabiiy muhitda ikki guruhdagi hodisalar mavjud: hayot uchun zarur bo‘lgan tabiiy manbalar 
(o‘simliklar, mevalar, hay-vonlar va hoqazolar) va tabiiy boyliklar (ko‘mir, neft, suv, shamol 
energiyasi va hokazolar). Kishilik jamiyati taraqqiy et-gani sayin nafaqat birinchi guruhdagi 
hodisalar, balki ik-kinchi guruhdagi hodisalar ham uning e‘tiborini jalb eta bordi. Ushbu 
hodisalar ishlab chiqarishni rivojlantirishga samarali xizmat qildi. 
Bunday ishlab chiqarishning sharofati o‘laroq sun‘iy mu-hit shakllandi. Sun‘iy muhit 
nafaqat inson qo‘li bilan yaratilgan narsalarni, balki inson faoliyati davomida sun‘iy tanlov yoki 
gen injeneriyasi asosida vujudga keltirilgan o‘simliklar va hayvonlarni ham o‘z ichiga oladi. 
Oʻzbekistonda 20-asrda, ayniqsa, uning 2yarmida qishloq xoʻjaligi.da monokultura 
tizimining qoʻllanishi, gerbitsid va pestitsidlarning haddan tashqari koʻp ishlatilishi, mavjud suv 
zaxiralaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida atrofmuhit holatida katta salbiy oʻzgarishlar roʻy 
berdi. Orol dengizi deyarli quridi, uning atrofida choʻllashish kuchayib ketdi, yer osti suvlari 
shoʻrligi darajasi oshdi. Inson salomatligi uchun zarur sharoit buzildi, kamqonlik, gepatit, 
zotiljam kabi kasalliklar koʻpaydi. Paxta monokulturasi taʼsirida boshqa hududlarda x.am inson 
hayoti uchun zarur boʻlgan ekologik vaziyat yomonlashdi. 
4. 

Download 220.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling