2-mavzu: Borliq falsafasi (Ontologiya)
O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti: yutuq va kamchiliklar
Download 220.03 Kb. Pdf ko'rish
|
2-ma\'ruza
O‘zbekistonda tabiatni muhofaza qilish amaliyoti: yutuq va kamchiliklar.
Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, dastlabki kunlardan boshlab, Tabiatni muhofaza qilishq.ga, respublika hududini ekologik tanazzuldan muhofaza qilishga kirishdi. Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish toʻgʻrisida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular "Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1992 y. 9 dek.), "Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida" (1993 y. 6 may), "Yer osti boyliklari toʻgʻrisida" (1994 y. 23 sent.; 2002 y. 12 dek.da yangi tahrirdagi), "Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida" (1996 y. 27 dek.), "Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" va "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida" (1997 y. 26 dek.), "Davlat kadastrlari toʻgʻrisida" (2000 y. 15 dek.), "Oʻrmon toʻgʻrisida" (1999 y. 15 aprel), "Chiqindilar toʻgʻrisida" (2000 y. 5 aprel)gi qonunlardir. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida Tabiatni muhofaza qilishq.ga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11bobi 50moddasida "Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar", deb koʻrsatilgan. 55-moddasida "Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir", deyilgan. Mamlakatimizda "Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi" tashkil qilingan (1996 y. 26 aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat koʻrsatadi). Qoʻmita quyidagi vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish; Tabiatni muhofaza qilishq. faoliyatini tarmoklararo kompleks boshqarish; Tabiatni muhofaza qilishq. hamda resurslarni tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning ekologik holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni boshqarish. Oʻzbekiston Tabiatni muhofaza qilishq. sogʻasida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi va dasturlarda, jumladan, BMTning atrofmuhit boʻyicha dasturi (YUNEP)da ishtirok etadi. YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik xilmaxillikni saklashning milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab chikildi. 1993 y. mart oyida Qozogʻistonning Qiziloʻrda shahrida Oʻrta Osiyodagi 5 davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida Orol dengizi muammolari boʻyicha Davlatlararo kengash va uning ijroiya qoʻmitasi hamda Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Uning vazifasi Orol dengizi, uning sogʻlom ekologik sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, hudud sanitariyagigiyena muxitini yaxshilashdir. Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir qancha buyurtma qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan oʻsimlik va hayvonlar qoʻriklanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish respublika jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston jamiyati, Oʻzbekiston geografiya jamiyati, EKOSAN, bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniye, vaqtli matbuot Tabiatni muhofaza qilishq. haqidagi bilimlarni targʻib qilmoqda. Aholi oʻrtasida tabiat, undan oqilona foydalanish va muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilish, aholining geografik, ekologik madaniyatini koʻtarish Tabiatni muhofaza qilishq.da katta ahamiyatga ega. Tabiatni, uning boyliklarini muhofaza qilish, geografik ekologiya oʻquv kurslari oʻrta maxsus va oliy yurtlarining tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar sifatida oʻqitilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan amaldagi qonuncliilik, huquqni qo‘llash va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish asosida ishlab chiqilgan “2017-2021- yiilarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ayniqsa, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida daviat organlarining faoliyatini yanada rivoilantirish muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslaridan foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlashning daviat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasining qonunlari va boshqa nonnativ hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish daviat qo‘mitasi, daviat boshqaruvi mahalliy idoralari amalga oshiradilar. Ular bir necha tarmoqlarni va bir necha tabiiy resurslami idora etuvchi organlarga hamda tarmoqqa oid. ya'ni ma’lum bir tabiiy resursni idora etuvchi organlarga bo‘linadi. Yana bir muhim vazifalardan biri bu chet davlatlar bilan ekologik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yoki ekologik muammolami hal qilish uchun chetdan investitsiyalarolib kirish shuningdek, chet daviatlarda olib borilayotgan ekologik muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralami o‘rganib chiqib, o‘zimizda bizga moslarini tanlab amalga oshirish bugungi kunning talabi hisoblanadi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2017 yil 21-apreldagi PF-5024-son Farmoniga muvotiq 0‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi qayta tashkil etildi. Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish da\lat qo‘mitasi faoliyatining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilandi: • ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi; atrof-muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obyektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini ta’minlash; chiqindilar bilan bog‘liq ishlami amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida ta’sirchan tizimni tashkil etish; • yer, yer osti boyliklari. suv, o‘rmonlar. muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar. hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish va ulardan foydalanish. atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan davlat ekologik nazoratni o‘rnatish; ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ishlarini muvofiqlashtirish. tabiatai muhofaza qilish va resurslarni tejash borasida yagona siyosatni amalga oshirishga oid amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda idoralararo hamkorlikni ta’minlash; • ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastrini yuritish, yovvoyi hayvonlarni. yovvoyi o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va botanikaga oid x kolleksiyalarni davlat tomonidan ro‘yxatga olish; ekologik tarbiya, targ‘ibot va ta'limni, shuningdek, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasirii oshirishni tashkil etish. Butun dunyodagi insonlarni bezovta qilayotgan “ozon tuynugi” tabiatni asrashda eng global muammolardan biridir. Ozon qatlami qalinligi 3-5 mm va yerdan 17 km uzoqlikda joylashgan bo‘lib, odamlarni quvoshdan keladigan ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi. Quyoshdan keladigan nurlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tib kelsa, barcha tirik organizmlami halok etadi. Ozon qatlami inson uchun nozik qalqon bo‘lib kelgan. ammo keyingi paytda aqlli inson tomonidan texnogen omillarning rivojlanib borishi natijasida nozik qalqonda teshik paydo qilindi. “Antropogen ta’sirida atmosferaga katta miqdorda ftorli, xlorli gazlar, freonlar va (NO2 ) azod oksidlari tashlanadi. Hozirgi kunda ozon teshigi Antarktidaning kichikroq maydonida va Arktikada hosil bo‘ldi. Shuningdek, katta shaharlar ustidagi ozon qatlami ham kun sayin yupqalashib bormoqda” 3 . «Inson tomonidan biosferaga ko‘rsatilayotgan ta’simi tartibga solish, ijtimoiy taraqqiyot bilan qulay tabiiy muhitni saqlab qolishning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish, inson va tabiatning o‘zaro munosabatlarida muvozanatga erishish muammolari borgan sari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Ekologik xavfsizlik kishilik jamiyatining buguni va ertasi uchun dolzarbligi. juda zarurligi bois eng muhim muammolar jumlasiga kiradi. Bu muammolar amaliy tarzda hal etilsa. ko‘p jihatdan hozirgi va kelgusi avlod turmushining ahvoli va sifatini belgilash imkoniyatini beradi» 4 . Mamlakatimizdagi ekologik xavfsizlik siyosati O‘zbckiston Respublikasi Konstitutsiyasi, atrof-muhit va barqaror rivojlanishga oid qonunchilik hamda Yoxannesburg Deklaratsiyalari va Parij konferensiyalari tamoyillari asosida olib borilib, ijtimoiy va ekologik yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti orqali huquqiy demokratik davlat va ochiq fuqarolik jamiyati barpo etilmoqda. Biroq istiqbolda respublikamiz hududida quyidagi ekologik muammolar o‘z echimini kutib qolmoqda: • Orol dengizining qurishi tufayli kelib chiqqan ekologik vaziyat; • ko‘p yiilik paxta yakkahokimligi, ma’danli o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalarini me’yoridan ortiq ishlatish, flora va faunaning degradatsiyasi tufayli vujudga kelgan tuproq va 3 Odum E P., 1980a Radiation ecology at Oak Rider/ In - Environm ental Sciences Laboratorory DeJication, Oak Ridge, Teen., Oak Rige National Laboratoru. pop. 53-57. 4 Mirzivoev Sh M. "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takom illashtirish to‘g‘risida’ gi Farmoni. 21-apre] 2017-yil. Toshkent. suv resurslari sifatining qoniqarsizligi; • tuproq, suv, biologik resurslar va atmosfera havosi sifatiga antropogen, ayniqsa, sanoat ishlab chiqarishi ta’sirining kuchayishi; • sanoat va maishiy chiqindilarni to‘plash, tashish va qayta ishlash tizimining qoniqarsizligi; • atrof-muhit holati va uni ifloslantirish manbalari axborot monitoringining texnik va metodik ta'minoti rivojlanmaganligi va shu kabilar. 0 ‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish daviat qo‘mitasi huzurida Bioxilma-xillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ularning foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining markaziy apparati tuzilmasi hamda uning hududiv inspeksiyalari faoliyat olib boradi. Ushbu qo‘mita Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi. viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrofmuhitni muhofaza qilish boshqarmalarida chiqindilarning hosil bo‘lishi, to‘planishi. saqlanishi, tashilishi, utilizatsiya qilinishi, qayta ishlanishi, ko‘milishi va realizatsiyasini nazorat qilib boradi. Download 220.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling