2-mavzu. Borliq falsafasi (Ontologiya).(2-soat) reja: №: 3-mavzu


Borliqqa yonda­shuvning asosiy konsepsiyalari


Download 37.2 Kb.
bet4/9
Sana25.04.2023
Hajmi37.2 Kb.
#1398438
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
3-mavzu. (seminar) Falsafa tarixida borliq masalasi.

Borliqqa yonda­shuvning asosiy konsepsiyalari. Monizm (yunon. monos - bitta) konsepsiyasi vakillari dunyoning asosida bitta manba (bitta substansiya) yotadi deb hisoblashadi. Materialistik monizm tarafdorlari bu manba moddiy manbadir deb aytishsa, idealistik monizm tarafdorlari dunyoning asosida bitta g‘oyaviy negiz, g‘oyaviy, ma’naviy, ilohiy substansiya yotadi deyishadi.
Dualizm (lot.dualis - ikkilangan) vakillarining fikricha, dunyoning asosida ikkita mustaqil negiz: ham moddiy, ham g‘oyaviy (ma’naviy, ilohiy) negiz yotadi, deb hisoblashadi. Arastu dualist bo‘lgan, uning fikricha, dunyoning asosida materiya va shakl yotadi, materiya passiv va inert negiz bo‘lsa, shakl esa faol, aktiv, yaratuvchan negizdir.
Plyuralizm (lot. pluralis - ko‘pchilik) vakillarining aytishicha, borliqning asosida ko‘plab, bir-biridan mustaqil moddiy va g‘oyaviy negizlar yotadi.
2. Olamning paydo bo‘lishi va evolyusiyasi. Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo‘lishi. Falsafa va fizikada substansiya, substrat va materiyaning o‘zaro aloqasi.
Borliqni shakllarga ajratishda uning asosida, mohiyatida nimalar yotishiga e’tibor qaratish lozim. SHu tariqa falsafada substansiya kategoriyasi shakllangan. Substansiya (lotin. substantia - mohiyat, asosida yotuvchi nimadir) muayyan narsalar, voqealar, hodisalar va jarayonlar xilma-xilligining ichki birligida namoyon bo‘luvchi mohiyat.
Substansiya deyilganda falsafada dastlabki paytlarda borliq, tabiat, jamiyat, inson va dunyodagi barcha narsa va hodisalarning asosida yotuvchi moddiy yoki ruhiy mohiyat ang­langan. O‘rta asr SHarq falsafasi namoyandalari al-Kindiy, Zakariyo Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd asarlarida substansiya deb hamma narsaning moddiy yoki ma’naviy asosi, mohiyati tushunilgan. Substansiyaga qarama-qarshi tushuncha «aksidensiya» deb atalgan. Olamning tuzilishini tushunish yana bir tushuncha «substrat» kategoriyasi bilan ham bog‘langandir. Substrat (lot. substratun - asos, to‘shama, taglik) narsa va hodisalarning umumiy moddiy asosi; nisbatan oddiy va sifat jihatdan elementar bo‘lgan moddiy yoki g‘oyaviy tuzilmalar majmuasi. Ayrim falsafiy konsepsiyalarda substrat deb dunyoni tashkil etuvchi mutlaq elementar va bo‘linmas asoslar tushunilgan. Masalan, qadimgi Hind falsafasida olamning asosida to‘rtta bo‘linmas unsur - suv, havo, tuproq va olov yotadi deb ta’lim beriladi. Bunday qarash Markaziy Osiyoda yaratilgan «Avesto» da ham uchraydi. Qadimgi YUnon falsafasida Levkipp, Demokrit, Epikur, Lukretsiy fikricha, dunyo atomlar va bo‘shliqdan tashkil topgan, Anaksimandr - apeyrondan, Aflotun - g‘oya, ruhdan, Fales - suvdan, Geraklit - olovdan iborat deb ta’lim bergan. Forobiyning yozishicha, qadimgi yunon faylasuflari har qanday narsa qandaydir bir substratdan tashkil topganligini uqtirish bilan bir qatorda, uning absolyut va o‘zgarmasligini ta’kidlashgan. Borliqning asosida yotuvchi birlamchi mohiyatni axtarish - substansial yondashuv bo‘lsa, har qanday sistemaning, umuman borliqning nimalardan bunyod qilinganligini, tarkib topgan­ligini, tashkil topganligini, «qurilganligini» axtarish substrakt yondashuvdir.

Download 37.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling