2-mavzu. Borliq falsafasi (Ontologiya).(2-soat) reja: №: 3-mavzu
Download 37.2 Kb.
|
3-mavzu. (seminar) Falsafa tarixida borliq masalasi.
Materiya tushunchasi.
Materiya moddiy ob’ektlarni birlashtiruvchi tushuncha. Xususan olinganda materiyaning o‘zi yo‘q, balki dunyoda materiyaning ayrim predmet yoki biror konkret buyum shaklidagi ko‘rinishlari uchraydi. Materiya esa materiyaning hamma konkret ko‘rinishlariga xos bo‘lgan barcha universal xususiyatlarini aks ettiruvchi umumiy tushunchadir. Bu dunyoda «umuman odam» bo‘lmasdan, ayrim odamlar uchrashiga o‘xshash fikrdir. Materiyaning falsafiy tushunchasi barcha narsalar voqeligi, moddiy voqelikni o‘ziga qamrab oluvchi, yalpi umumiylik (universallik) belgilariga egalik qiluvchi, butun ob’ektiv reallikni ifodalovchi kategoriyadir.. Materiya va moddiy ob’ektlar xilma-xil ko‘rinishlarda va shakllarda uchraydi. Moddiy sistemalar tuzilishga ega, ya’ni u strukturali - turli xil strukturaviy elementlardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday elementlar va ulardan tashkil topgan moddiy ob’ektlar rivojlanishga egadir. Materiya va moddiy sistemalar, ob’ektiv dunyoning tuzilishi xususiyatlariga ko‘ra, turli xil strukturaviy darajalardan tashkil topgan bo‘ladi. Bunday darajalarni moddiy sistemalarning tashkiliy tuzilishi va miqyosiy tuzilishiga qarab: a) tashkiliy-struktura darajalari va b) miqyosiy-struktura darajalariga ajratish mumkin. Materiyaning tashkiliy-strukturadarajalari. Materiyaning tashkiliy-struktura darajalari moddiy sistemalarning tashkiliy jihatdan uyushganligi va faolligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bu darajalar fazo-vaqt strukturasining sifatiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular: noorganikdaraja («notirik tabiat»), organik daraja («tirik tabiat») va sotsial daraja («jamiyat») deb ataladi. Odamlardan tashkil topgan turli murakkablikdagi ijtimoiy sistemalar sotsial darajaga mansubdir. Bu darajada ongga, fikrga ega bo‘lgan insonlar faoliyat ko‘rsatganligi sababli u eng uyushgan va faol daraja hisoblanadi. Materiyaning miqyosiy-struktura darajalari. Bu moddiy sistemalarning bir-biridan mazkur sistemada hukmronlik qiluvchi fundamental kuchlar bilan farq qiluvchi darajalardir. Ular: mikrodunyo, makrodunyo va megadunyo deyiladi. Mikrodunyoda kuchli va kuchsiz yadroviy o‘zarota’sir kuchlari hukmronlik qiladi1.Bu kuchlarning ta’sir doirasi atom yadrosi va atom o‘lchovi bilan chegaralangandir. Kuchli yadroviy o‘zarota’sirlar atom yadrosining tarkibiy qismlari bo‘lgan proton va neytronlarning yaxlitligini, kuchsiz yadroviy o‘zarota’sir kuchlari esa atom strukturasining yaxlitligini ta’minlaydi. Bu kuchlar tufayli mikrodunyo o‘zining strukturaviy yaxlitligini saqlaydi. Xullas, materiya va moddiy ob’ektlarning strukturaviy yaxlitlikka ega bo‘lishida harakat va fazo-vaqt shakllarining, ularning asosida yotuvchi o‘zaroaloqadorlik kuchlarining roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Hozirgi paytda materiyaning moddasimon va nomoddasimon ko‘rinishlarining mavjudligi aniqlangan2. Ob’ektiv reallikning butun bizga ko‘rinadigan qismidagi Koinot qa’ridan tortib, to mitti elementar zarrachalar va antizarrachalargacha (elektronlar, pozitronlar, protonlar, antiprotonlar, neytronlar va hakozo) materiyaning moddasimon ko‘rinishiga mansubdir. Elektron va proton modda hisoblansa, pozitron va antiproton antimodda hisoblanadi. Hamma zarrachalar - modda, hamma antizarrachalar - antimoddadir. Materiyaning nomoddasimon ko‘rinishiga turli xil fizik maydon va nurlanishlar kiradi. Modda bilan antimodda to‘qnashganda materiyaning annigilyasiya (lot. annihilatio - yo‘qolishi, hech nimaga aylanishi) hodisasi sodir bo‘ladi, ya’ni materiya moddasimon ko‘rinishdan nomodda ko‘rinishiga – maydon va nurlanishga aylanadi. Fizik vakuumdagi elektromagnit maydonini muayyan intensivlikdagi nurlanishlar bilan bombardimon qilinganda mazkur vakuumda zarracha va antizarrachalar hosil bo‘ladi, ya’ni materiyaning maydon ko‘rinishi modda ko‘rinishiga aylanadi. Bu hodisalarnining mohiyatini mexanistik dunyoqarash asosida izohlashning iloji yo‘q, buning uchun yangicha logika va dialektik dunyoqarash lozim bo‘ladi. Download 37.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling