2-mavzu. Borliq (ontologiya) va rivojlanish falsafasi. Bilish falsafasi (gnoseologiya). Mantiq. Jamiyat falsafasi. Inson falsafasi


Download 310.37 Kb.
bet19/32
Sana27.10.2023
Hajmi310.37 Kb.
#1727551
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32
Bog'liq
Сиртки 2 сем

Frensis Bekon (1561-1626) mashhur ingliz faylasufi va tabiyotshunos olimidir. U ikki qismdan iborat «Fanlarning buyuk uyg‘onishi» asarini yozgan. Birinchi qismi
«Fanlarning afzalliklari», ikkinchi qismi «YAngi Organon» deb ataladi. Mantiqqa oid fikrlari «YAngi Organon»da o‘z ifodasini topgan.
Bekon yangi mantiq yaratishni maqsad qilib qo‘yadi. U Aristotelning «Organon» ini tanqid qilib, «YAngi organon» asarini yozdi. SHu bilan o‘z mantiqiy ta’limotini Aristotel mantig‘iga qarshi qo‘ymoqchi bo‘ldi. Xususan, Bekon Aristotel sillogistikasiga o‘z induksiyasini qarshi qo‘ydi, o‘zining ilmiy induksiya nazariyasini yaratdi. Bekonning fikricha, sillogizm gaplardan, gaplar so‘zlardan tuziladi, so‘zlar buyumlarni bildiradi. So‘zda ifodalangan tasavvur xato bo‘lsa, sillogizm buziladi.
Bekon induksiyani xulosa chiqarishning asosiy shakli, deb bildi. Faqat ommabop induksiyani tan olmadi, uni tanqid qildi. U induksiyaning asosiy metodlarini chuqur o‘rgandi. Bulardan tashqari induksiyaning yordamchi usullarini kashf etdi: yakka misollar, adashgan misollar, ko‘rsatuvchi holatlar va boshqalar.
Bekon istisno qilishga asoslangan induksiya nazariyasini yaratdi. Induksiyaning maqsadi maksimal darajada ko‘proq faktik materiallarni taqqoslash va o‘rganilayotgan voqealarning nomuhim tomonlarini istisno qilish va shu asosda ularning muhim tomonlarini aniqlashdir.
Bekon induksiya jarayonini qisqartirish shu bilan birga ishonchliroq xulosa olish mumkin, deb ta’kidladi. Lekin, qisqartirish yo‘lini aniq ishlab chiqmadi.
Bekon mantiqni ilmiy metod, uslub haqidagi fan deb bilgan. Ilmiy uslubni qo‘llash yangi haqiqatlarni ochishga olib keladi. U Demokrit, Epikurning induksiya nazariyasini tikladi va rivojlantirdi, lekin tugallangan induktiv nazariya yaratmadi, uning asosini yaratdi, xolos.
XVIII-XIX asrlar falsafiy fikrida nemis falsafasi, xususan uning yorqin vakillari bo‘lgan I. Kant (1724-1804) va V.F. Gegel (1770-1831) yaratgan mantiqiy sistemalar muhim o‘rin tutadi.
Kantning mantiqiy qarashlari uning «Sof aql tanqidi», «Prolegomenlar»,
«Mulohaza yuritish qobiliyati tanqidi», «Mantiq» (shogirdining Kant fikrlarini yiІib tuzgan to‘plami) kabi asarlarida bayon etilgan.
Kant mantiq faning mavjud an’analarini hisobga olgan, Aristotelning mantiqiy ta’limotiga suyangan, shuningdek, YAngi davrda boshlangan mantiq ilmini isloh qilish, davr ruhiga mos bo‘lgan yangi mantiqiy sistemani yaratish yo‘lidagi bo‘lgan urinishlarni qo‘llab- qo‘vvatlagan hamda o‘zining dunyoqarashining, metodologiyasining bosh prinsiplaridan kelib chiqqan holda mantiqiy ta’limotini yaratdi.
Kantning ta’kidlashicha, mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini aql, tafakkur tashkil etadi. Uning negizini, asosiy shaklini apriori tarzda (ya’ni sub’ekt tajribasiga qadar) mavjud bo‘lgan kategoriyalar hosil qiladi. Ular umumiy va zaruriy xarakterga ega. Ana shuning uchun ham o‘rganilayotgan ob’ektlar haqida chin bilimlar hosil qilishga imkon beradi. Aql bilan bilish kategorial sintez tarzida, ya’ni hissiy qabul qilish natijalarini apriori kategoriyalar yordamida tahlil etish shaklida mavjud.
Kant fikricha, Aristotel asos solgan umumiy mantiq (formal mantiqni Kant ana shunday nom bilan ataydi) aqlni, tafakkurni o‘rganuvchi fan sifatida saqlanib qolishi kerak. Lekin u Aristotel mantiqiy ta’limotiga xos bo‘lgan ayrim kamchiliklardan, xususan tafakkur shakllarini oxir-oqibatda empirik mazmunga ega, tafakkur qonunlarini (prinsiplarini) bir vaqtning o‘zida borliq prinsiplari, deb bilishdan voz kechishi kerak.
Umumiy mantiq, mutafakkir fikriga muvofiq, tafakkur shaklini toza holda, ya’ni uning «materiya»sini tashkil etuvchi ob’ektlarni farq qilmagan holda o‘rganishi, aqlning, to‘Іri muhokama yuritishning zaruriy qonunlarini ishlab chiqishi zarur. Bu qonun-qoidalar aqliy faoliyatning formal prinsiplari bo‘lib, ularsiz tafakkur mavjud bo‘la olmaydi.
Muhokama yuritishning formal qoidalari, va, umuman, formal mantiq, mutafakkir nazarida, bilimlarga baho berish, ularning mantiqiy qiymatini (chin-xatoligini) aniqlashga yordam berish uchun mo‘ljallangan qoidalar yiІindisi, ya’ni kanon bo‘lishi kerak.
Kant tafakkur shakllari o‘rtasidagi aloqalarni tahlil qilishga alohida ahamiyat beradi. Xususan, hukmni (mulohazani) tushunchalardan tashkil topgan mantiqiy shakl sifatida olib qarab, uni ong tasavvurlari birligini his qilishga imkon beruvchi vosita, deb hisoblaydi. O‘z navbatida aqlning negizini tashkil etuvchi kategoriyalarning 12tasini («reallik», «inkor»,
«chegara», «to‘plam», «yaxlitlik», «sababiyat», «o‘zaro ta’sir», «imkoniyat», «»voqelik, «zaruriyat» va boshqalar) shu davrda ko‘pchilik tan olgan hukmning 4ta guruhga (miqdori bo‘yicha, sifati bo‘yicha, munosabati bo‘yicha, modalligi bo‘yicha) ajratilishidan iborat klassifikatsiyadan kelib chiqib belgilagan.
Kant xulosa chiqarishini tushuncha va xukmlardan tashkil topadigan mantiqiy shakl sifatida tasavvur qilib, uning 2ta turini: bevosita va bilvosita xulosa chiqarish turlarini farq qiladi.
SHuni aytish kerakki, Kantning yuqorida biz qayd etib o‘tgan fikrlari va boshqa ilgari surgan Іoyalari umumiy mantiq (formal mantiq) ning o‘rganish sohasini, predmetini nasbatan aniqroq tasavvur qilishga imokn berdi. Uning mantiq ilmi taraqqiyoti yo‘lida qilgan buyuk xizmatlaridan biri aynan ana shu bilan boІliq.
Mantiq taraqqiyotidagi boshqa bir xizmati Kantning umumiy mantiqdan tashqari yangi-transsendental mantiqni yaratishi bilan belgilanadi.
Biz uchun nihoyatda mavhum bo‘lib tuyulgan Kantning bu mulohazasida muhim ratsional ma’no bor. Uni tafakkurni uning shakli va mazmuni birligida olib o‘rganuvchi mantiqni yaratish zarurligi haqidagi g‘oya tashkil etadi.
Bu g‘oya nemis falsafasining boshqa vakili-Gegel tomonidan rivojlantirildi.
Gegelning mantiqiy qarashlari uning «Mantiq fani», «Falsafiy fanlar ensiklopediyasi» kitoblarida bayon qilingan.
Umumiy mantiq tafakkur shakllarini o‘rganishda ana shundan kelib chiqishi kerak. U to‘Іri muhokama yuritish uchun zarur bo‘lgan formal qoidalarni o‘rganuvchi fan sifatida falsafiy bilishning quyi bosqichini, bo‘ysinuvchi momentni tashkil etadi. Gegel uning asosiy prinsiplarini, tahlil etadigan unversal shakllarini, ularning muhokamani to‘g‘ri qurish va chin fikrlar hosil qilishdagi ahamiyatini chuqur taqiq qilgan.
Ayniqsa, uning tafakkurning unversal shakllari: tushuncha, hukm, xulosa chiqarish o‘rtasidagi aloqadorlikni o‘rganishga dialektik tarzda yondashishi e’tiborga loyiqdir. Dialektika (dialektik mantiq, falsafa) falsafiy bilishning asosiy usuli bo‘lib, u formal mantiqdan1 farqli o‘laroq, tafakkurni birinchidan, uning mazmuni va shakli birgilida, ikkinchidan, taraqqiyotida olib o‘rganadi. Bunda tafakkur o‘z-o‘zidan rivojlanadigan mohiyat sifatida olib qaraladi.
Gegel dialektik mantiqning formal mantiq o‘rganuvchi universal tafakkur shakklaridan tashqari yana bir qancha muhim shakllarini: kategoriyalar, g‘oyalar, qonunlarni va shu kabilarni o‘rganishini ta’kidlaydi. Uning muhim prinsiplari sifatida ziddiyat, abstraklilikdan konkretlikka qarab borish, tarixiylik va mantiqiylik birligi kabilarni asoslaydi.
Gegel fikricha, dialektik mantiqning asosiy vazifasi haqiqatni aniqlash, unga erishish yo‘llarini o‘rganishdir. Muhokamani to‘g‘ri qurish uning yordamchi vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Mutafakkir haqiqatni jarayon sifatida olib qaraydi, uni dialektik metod prinsiplari asosida tushuntirishga harakat qiladi.
Dialektik mantiq asoslarining yaratilishi, uning ayrim kamchiliklariga qaramasdan (msalan, tugal sistema sifatida qurilishi), Gegelning mantiqiy izlanishlarining natijasi, uning mantiq ilmi rivojiga qo‘shgan buyuk hissasidir.

  1. asrning o‘rtalariga kelib mantiq ilmida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. U Aristotel mantiqiy sistemasiga asoslangan an’anaviy formal mantiqdan tubdan farq qiladigan, matematik metodlardan keng foydalanadigan simvolik mantiq (yoki matematik mantiq) ning shakllanishi bilan bog‘liq. Uning negizida Leybnits ilgari surgan muhokamalarga hisoblash tusini berishning mumkinligi va uning samaradorligi haqidagi g‘oya yotadi. XIX- asrning o‘rtalari - XX-asrning boshlarida bu g‘oyani J. Bul, A.M. De-Morgan, CH. Pirs, G. Frege va boshqa taniqli olimlar amalga oshirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

  2. asrning boshiga kelib simvolik mantiq mantiqqa oid ilmlar doirasida mustaqil fan sifatida shakllandi. Simvolik mantiq bo‘yicha dastlabki uch jildlik fundamental asar - «Principia mathematika» B. Rassel va A. Uaytxedlar tomonidan yaratildi va u 1910-1913 yillarda nashr etildi. Bu asarda an’anaviy mantiqning ba’zi muammolari hamda uning doirasida qo‘yib bo‘lmaydigan masalalar yangicha yondashish asosida, simvolik mantiq vositalari yordamida tahlil etilgan.

SHuningdek, XX-asrda noan’anaviy mantiqning turli xil yo‘nalishlari, xususan ko‘p qiymatli mantiqiy sistemalar (Lukasevich, Geyting, Reyxenbax larning uch qiymatli mantiqiy sistemalari, Postning n-qiymatli mantiqiy sistemasi va shu kabilar),



1 «Formal mantiq» termini falsafaga Gegel tomonidan kiritilgan.


konstruktiv mantiqlar (A.N. Kolmogorov, A.A. Markov variantlari) va boshqa mantiqiy nazariyalar vujudga keldi va rivojlandi.
XX - asrda mantiq ilmining ma’lum yo‘nalishdari rivojiga Vitgenshteyn, K. Popper, E.K. Voyishvillo, V.A. Smirnov, Xintikki kabilar ham o‘zlarining munosib hissalarini qo‘shdilar.
Hozirgi paytda mantiq o‘zining turli xil sohalari va yo‘nalishlarida taraqqiy etib bormoqda.
Til tafakkur bilan uzviy bog‘langan, fikrimizning bevosita mavjud bo‘lishini ta’minlaydigan va kishilar o‘rtasida aloqa o‘rnatishga xizmat qiladigan axborot belgilari sistemasidan iborat. Tilni o‘rganish mantiq fanining muhim vazifalaridan birini tashkil etadi. Ma’lumki, tafakkur olamni mavhumlashtirib va umumlashtirib aks ettiradigan ideal hodisadir. Mavhum narsalarni, umumiylikni faqat til yordamidagina qayd qilish mumkin.
Til va tafakkurning birligi nutqda o‘z ifodasini topadi. Nutq og‘zaki va yozma holda mavjud bo‘lib, unda fikrimiz moddiy shaklga, ya’ni xissiy idrok etiladigan shaklga kiradi va shu tariqa u endi bir shaxsga emas, balki jamiyatga tegishli bo‘lib qoladi.
Til kishilarning ijtimoiy mehnat faoliyati negizida vujudga kelgan va rivojlana borgan. Ana shuning uchun ham u chuqur ijtimoiy mazmunga ega hamda madaniyatimiz va tariximizning muhim bir qismini tashkil etadi.
Til yordamida bilimlar hosil qilinadi, to‘planadi va bir avloddan boshqa avlodga etkazib beriladi. SHu tariqa u ta’lim va tarbiya ishlarini amalga oshirishga, madaniyatimizni taraqqiy ettirishga yordam beradi.
Belgi bilish jarayonida boshqa bir predmetning vakili vazifasini bajaruvchi hamda u haqda ma’lum bir xabarlar berish, uni saqlash, qayta ishlash va uzatishga imkoniyat yaratuvchi moddiy predmetdir. Har qanday belgi ham til belgisi bo‘la olmaydi. Tilga aloqasi bo‘lmagan belgilar qatoriga nusxa-belgilar (masalan, fotografiya kartochkasi, barmoq izi va shu kabilar), indeks-belgilar yoki ko‘rsatuvchi belgilar (masalan, badan haroratining ko‘tarilishi – kasallik belgisi, tutun – olovning belgisi va shu kabilar) kiradi.
Til belgisi simvol-ramzlar shaklida mavjud bo‘lib, o‘zi ifoda qiladigan predmetlar bilan tuzilishiga ko‘ra hech qanday o‘xshashlikka ega emas. Mantiq o‘z e’tiborini ana shunday til belgilarini o‘rganishga qaratadi.
Til belgilari o‘z ma’nosiga va mazmuniga ega. Til belgisining mazmunini u ifoda qilayotgan, ko‘rsatayotgan ob’ekt tashkil etadi. Masalan, «auditoriya» so‘zi real mavjud ob’ektni - auditoriyani aks ettiruvchi fikr mazmunini ifoda etadi. Til belgisining ma’nosini esa u ifoda qilayotgan ob’ektning xarakteristikasi (tavsifi) tashkil etadi. Masalan, «Auditoriya» so‘zining ma’nosini « Mashg‘ulot o‘tkazish uchun mo‘ljallangan xona»,
«Maxsus jixozlangan xona» va shu kabi ekanligi xaqidagi axborotlar tashkil etadi.
Belgilarning bilishdagi vazifasini o‘rganishga Aristotel, Leybnits kabi mutafakkirlar katta e’tibor berganlar. Belgilar haqidagi ta’limotni taraqqiy ettirish XIX asrda aktual masalaga aylangan. Mana shu davrda amerikalik faylasuf CHarl’z Pirs (1839-1914) belgilar haqidagi fan-semiotikaga asos solgan. Bu fan til belgisini uch xil yo‘nalish bo‘yicha analiz qiladi. Birinchisini semantika tashkil qilib, u belgi bilan u ifoda qilayotgan ob’ekt o‘rtasidagi munosabatni o‘rganadi. Ikkinchisi pragmatika bo‘lib, u kishilarning belgilarga munosabatini hamda belgilar yordamida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarni o‘rganadi. Uchinchisi, sintaksis deyilib, u belgilar o‘rtasidagi munosabatlarni (tilni qurish qoidalarini) o‘rganadi. Mantiq fanini ko‘proq til belgilarining semantikasi qiziqtiradi.
Tilning ikkita turi mavjud. Ular tabiiy va sun’iy tillardir. Tabiiy yoki milliy tillar tarixan shakllangan tovushlar (nutq) va grafika (yozuv) ning axborot belgilari sistemasidan iborat. Tabiiy tilning alohida olingan har qanday belgisi o‘z xolicha hech narsani ifoda qilmaydi. Bu belgilar inson amaliy faoliyati va tafakkuri taraqqiyotining negizida vujudga kelgan til sistemasiga kirgandagina ma’lum bir ma’no va mazmun kasb etuvchi belgilarga aylanadi.
Tabiiy til ob’ektiv olamning va bilishning turli xil sohalariga tegishli bo‘lgan predmetlar, hodisalar hamda ularning xossalari va munosabatlarini qamrab olish va ifoda qilishdek katta imkoniyatga ega. U semantik jixatdan yopiq sistema hisoblanadi. Boshqacha aytganda, tabiiy til boshqa tillarga murojaat qilmagan holda, mustaqil ravishda o‘zini qurishi va ifoda qilishi mumkin.
SHuning bilan bir qatorda, tabiiy tildan foydalanish bilish jarayonida ayrim qiyinchiliklarni ham keltirib chiqaradi. Ular quyidagilar bilan bog‘liq: 1) tabiiy tildagi so‘zlarning ma’nosi vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib turadi; 2) tabiiy tilda bir so‘z bir qancha tushunchani ifoda qilishi (omonimlar) yoki bir tushuncha bir qancha so‘zlarda ifoda qilinishi (sinonimlar) mumkin; 3) tabiiy tildagi ba’zi so‘zlar yordamida ifoda qilingan fikr aniq ma’noga ega bo‘lmay qoladi (masalan, «Karim chet tilini yaxshi bilmaydi» degan fikrda Karimning kimga nisbatan yoki qanday vazifani bajarishga nisbatan chet tilini yaxshi bilmasligi ko‘rsatilmagan). Tabiiy tildagi mana shu kabi hodisalardan xoli bo‘lish uchun ilmiy bilishda atamalardan (terminlardan) foydalaniladi. Atama o‘zining qat’iy va aniq ma’nosiga ega bo‘lgan so‘z bo‘lib, bu ma’no definitsiya (ta’rif) yordamida ko‘rsatiladi. SHuningdek, tabiiy tilda aniqlikka sun’iy tildan foydalanish yo‘li bilan ham erishiladi.

Download 310.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling