II. FK-fanga oid kompetensiyalar
1. FK1-Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi:
2. FK2-Psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya:
3. FK3-To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi
2-SINF
(haftasiga 1 soatdan, 34 soat (A1+: 68 soat))
O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiyalar elementlari:
Kommunikativ kompetensiya:
A1
buyum yasashda foydalangan texnologik xarita bilan ishlash bosqichlarini o‘rtoqlariga tushuntirib bera olish, mavzu yuzasidan berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olish.
A1+
xalq hunarmandlarining ish usullarini bosqichma-bosqich o‘rtoqlariga tushuntirib bera olish, mavzu yuzasidan berilgan savollarga to‘g‘ri javob bera olish.
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
A1
darslik bilan ishlay olish.
A1+
qo‘shimcha manbalar bilan ishlay olish.
O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi:
A1
har bir bo‘lim yuzasidan olgan bilim, ko‘nikma va malakalarini takomillashtirib, ularni hayotda qo‘llay olishni qulay usullarini o‘rganish.
A1+
xalq hunarmandlari ish usullarini izlash, o‘rganish, o‘z ish faoliyatiga qisman tatbiq eta olish.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi:
A1
o‘quvchilik burchi bilish.
A1+
o‘quvchilik vazifalarini bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya:
A1
buyumlarni bezashda milliy naqsh elementlaridan foydalana olish.
A1+
milliy hunarmandchilik tarixini o‘rganish va uni o‘z ishlarida aks ettira olish.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish hamda foydalanish kompetensiyasi:
A1
texnologik xaritalarni o‘qiy olish, chizmalarni daftarga ko‘chirib chiza olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |