(2 soat)
26-mavzu. Sabzavot va mevalarning urug‘idan applikatsiya usulida naqsh tuzish. (1 soat)
Sabzavot yoki mevalarining urug‘laridan applikatsiya usulida naqsh tuzish yo‘llari.
27-mavzu. Tabiiy va turli materiallardan hayvonlar yasash. (1 soat)
Tabiiy va turli materiallardan hayvonlar yasash texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.
Qog‘oz va karton bilan ishlash
(4 soat)
28-mavzu. Qog‘ozdan savatda gullar yasash. (1 soat)
29-mavzu. Qog‘ozni buklash usulda gul yasash. (1 soat)
30-mavzu. Qog‘ozdan buklash usulida hayvonlar, qushlar, shakllarini yasash. (1 soat)
Nazorat ishi. (1 soat)
31-mavzu. Geometrik shakllardagi qog‘ozdan mashina qurish-yasash. Texnologiyaning mahsuli-mahsulot va uning turlari (1 soat)
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiyalar elementlari:
Buyum va mahsulot turlarini, ularni tayyorlash va ishlov berish usullarini bilish, texnologik loyihalash hamda amalga oshirish kompetensiyasi:
A1
turli materiallardan yasaladigan buyumlarni o‘lchay oladi, yelimlash ishlarini bajara oladi; tabiiy va turli materiallarni bir-birida farqlay oladi; oddiy modellarni yasay oladi; o‘tkir va tig‘li asboblardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi qoidalari va sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilgan holda foydalana oladi.
Psixomotor, funksional hamda amaliy faoliyat turlarini bajarishdagi operatsion kompetensiya:
A1
o‘z texnologiya harakatlarini o‘quv topshiriqlari asosida munatazam takrorlay oladi.
To‘g‘ri va ongli kasb tanlash, ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyasi:
A1
kasblar olamini biladi.
Mavzularni o‘rganish uchun - 31 soat
Nazorat ishlari uchun - 2soat
Jami - 33 soat
TEXNOLOGIYA FANI O‘QUV DASTURI
(2-SINF)
UQTIRISH XATI
O‘quvchilarni texnologiya darslarida texnik ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik, elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |