Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash
(5 soat)
5-mavzu. Tabiiy materiallar haqida tushuncha. Tabiiy materiallardan “Oltin kuz” manzarasini tayyorlash. (1 soat)
Tabiiy materiallarga nimalar kiradi, uni ishga tayyorlash qoidalari.
6-7-mavzu. Tabiiy materiallardan har xil shakldagi jonivorlar shaklini yasash. (2 soat)
Kapalak, ninachi, parranda, hayvonlar va h.k.
8-9-mavzu. Tabiiy va turli materiallardan parrandalar yasash. (2 soat)
Tabiiy va turli materiallardan qush, parrandalar yasash texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.
Badiiy qurish-yasash va texnik modellashtirish
(2 soat)
10-mavzu. Rangli qog‘ozdan jonivorlar shaklini qurish-yasash. (1 soat)
Rangli qog‘ozdan buklash usulida baliq va boshqa jonivorlar shaklini qurish-yasashning texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.
11-mavzu. Qog‘ozdan mushuk yoki tulki shaklini qurish-yasash. (1 soat)
Qog‘ozdan mushuk yoki tulki shaklini qurish-yasash texnologik xaritasi yoki qurish-yasash bosqichlari.
Qog‘oz va karton bilan ishlash
(1 soat)
12-mavzu. Qog‘ozdan buklash usulida turli o‘yinchoqlar yasash. (1 soat)
Qayiqcha, samolyot, paroxod va h. k qog‘ozni oddiy buklash usuli orqali yasash bosqichlari.
Badiiy qurish-yasash va texnik modellashtirish
(1 soat)
13-mavzu. Uchuvchi planer qurish-yasash. (1 soat)
Uchuvchi planer qurish-yasash texnologik xaritasi yoki qurish-yasash bosqichlari.
Qog‘oz va karton bilan ishlash
(3 soat)
14-mavzu. Maydalangan rangli qog‘ozlardan mozaika usulida mevalar va sabzavotlar shaklini yasash. (1 soat)
Meva rasmini shablon asosida qog‘ozga tushirish, maydalangan rangli qog‘ozlardan meva shaklini ranglar bo‘yicha yopishtirish bosqichlari.
15-mavzu. Archa o‘yinchoqlarini yasash. (1 soat)
Archaga osiladigan turli o‘yinchoqlarni yasash texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.
16-mavzu. Turli bayramlar uchun niqoblar tayyorlash. (1 soat)
Tulki, ayiq, quyon va h.k niqoblarni karton qog‘ozga chizish, qirqish, qosh, ko‘zi, tumshug‘ini qalamda chizish va bo‘yash yo‘llari.
Do'stlaringiz bilan baham: |