Badiiy qurish-yasash va texnik modellashtirish
(1 soat)
17-mavzu. “Qish” manzarasini qurish-yasash. (1 soat)
“Qish” manzarasini applikatsiya usulida qurish-yasashning texnologik xaritasi yoki qurish-yasash bosqichlari.
Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash
(3 soat)
18-19-mavzu. Plastilin va loy bilan ishlash qoidalari. Loy yoki plastilindan idishlar, hayvonlarni yasash. (2 soat)
Plastilin va loy bilan ishlash qoidalari haqida tushuncha, oshxona jihozlari, hayvonlar shaklini yasash.
20-mavzu. Oshpazlik va qandolatchilik kasblari haqida tushuncha. Plastilindan tort shaklini yasash. Texnologiya. Ishlab chiqarish. (1 soat)
Oshpazlik va qandolatchilik kasblari haqida tushuncha. Plastilindan tort shaklini yasash texnologik xaritasi yoki yasash bosqichlari.
Qog‘oz va karton bilan ishlash
(5 soat)
21-mavzu. 8-mart bayramiga tabriknoma tayyorlash. (1 soat)
Karton, rangli qog‘ozlardan bayram tabriknomasini yasash bosqichlari.
22-mavzu. Geometrik shakldagi qog‘ozlardan har xil hayvonlar shaklini yasash. (1 soat)
Qog‘ozlardan geometrik shakllarni qirqish bosqichlarini ko‘rsatish, geometrik shakllar asosida har xil hayvonlar shaklini yasash bosqichlari.
23-mavzu. Navro‘z bayramiga tabriknoma tayyorlash. (1 soat)
Applikatsiya usulidan foydalanib, karton, rangli qog‘ozlardan bayram tabriknomasini yasash bosqichlari.
24-mavzu. Simmetrik shaklda qog‘ozni qirqish orqali meva, sabzavot yasash. (1 soat)
Simmetrik qirqish usullarini ko‘rsatish, appelikatsiya usulida meva, sabzavot shaklini yasash.
Nazorat ishi. (1 soat)
25-mavzu. Quruvchilik kasbi haqida tushuncha. Kim qayerda ishlaydi? Qog‘ozdan uycha yasash. (1 soat)
Qog‘ozdan buklash usulidan foydalanib, uycha yasash bosqichlari.
Tabiiy va turli materiallar bilan ishlash
Do'stlaringiz bilan baham: |