2-Mavzu: Boshlang'ich sinflarda texnologiya ta'limidan amaliy ishlar Reja
Barcha o‘quvchilarni darsda band qilish imkoniyati
Download 144.78 Kb. Pdf ko'rish
|
2-maruza
Barcha o‘quvchilarni darsda band qilish imkoniyati.
Mehnat ta`limining yangi dasturlari , metodlari va tashkiliy shakllari asosida ishlab chiqiladi. Mehnat dasturlarida mehnat madaniyatining malaka va ko‘nikmalari aks ettirilgan bo‘lib, unga qarab maktab o‘quvchisi, o‘qituvchisi va maktab faoliyatiga baho beriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarning u yoki bu xususiyatlarini, mehnat madaniyatining tarkibiy qismi birligini hisobga olganda dastur tuzib chiqadi. Mehnat ta`lim yo‘nalishlaridan birinchisi bolada va o‘smirda inson mehnati haqida va uning mehnatining mahsuli yaratilgan buyumlar to‘g`risida, ishlab chiqarish muhiti, materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi, moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti haqida tasavvurlar hosil qilishga har tomondan yondashishni talab qiladi. Mehnat ta`limining yo‘nalishining ikkinchisi, o‘quvchilarda oilada va turmushdagi vazifalarni taqsimlash , ularni bajarish to‘g`risidagi tasvvurlarni shakllantirish. Mehnat ta`limining yo‘nalishining uchunchisi esa hozirgi zamon o‘quvchisi tabiatga ekologik munosabatda bo‘lishni shakllantirish, uni qishloq xo‘jaligi sohasidagi malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish kerak. Mehnat ta`limi jarayonida hosil qilingan bilimlar, malakalar va ko‘nikmalar maqsadsiz emas, balki insonning asosiy qobiliyati – mehnatga bo‘lgan qobiliyatini rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Qog`oz bilan ishlash darslarida o‘quvchilarga ish urnini tashkil qilish, qog`oz va uning turlari , qog`ozdan buyumlarni yasash boskichlari haqida, ya`ni qog`ozni buklash, qirqish, yirtish, yig`ish va ishlov berish to‘g`risida, ishni to‘gatgandan so‘ng xato va kamchiliklarni yo‘qotish haqida va boshqalar to‘g`risida tasavvur hosil bo‘ladi. Birinchi sinf o‘quvchilari qog`oz bilan ishlash darslarida quyidagilarni o‘rganadilar. Qog`oz turlari —chizmachilik, rasm, gazeta, rangli qog`ozlar. Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra yaltiroq, baxmalsifat, bo‘yalgan qog`ozlar. Qog`ozlarning asosiy xususiyatlari: mustahkamligi, rangsizligi, bukiluvchanligi. Qog`oz bilan ishlashda foydalaniladigan asboblar va moslamalar (qaychi, tekislagich, chizgich , qalamuchburchak lineyka, shablon, trafaret), ularning ishlatilishi, ishning texnik xavfsizligi. YAsaladigan buyumning namunasini ko‘rib chiqish. Detallar miqdori, shakli, har bir detal o‘lchamalarining qiyosiy tahlili, detallarni birlashtirish usullari. Teshiklar uchun ishlatiladigan asbob , yoyilma (razvertka) haqida ma`lumot. Detal yigma eskizini o‘qish: konturli, chiqariladigan o‘lchamli chiziqlar. Bukish chizig`i. Eng oddiy razvertkalar — quticha, kubikcha. Izchil bajariladigan ishlarni jamoaviy rejalashtirish. Yangi texnologiyalar: xalqali applikatsiya.. Download 144.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling