2-mavzu: Bronza va Temir davri tarixiy-madaniy jarayonlari, shaharsozlik taraqqiyotiga zamin yaratilishi. Baqtriya, So‘g‘diyona va Xorazm hududidagi ilk shaharlar


Download 440.48 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana09.06.2023
Hajmi440.48 Kb.
#1476287
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2-mavzu shaharlar tarixi



2-mavzu: Bronza va Temir davri tarixiy-madaniy jarayonlari, shaharsozlik 
taraqqiyotiga zamin yaratilishi. Baqtriya, So‘g‘diyona va Xorazm hududidagi ilk 
shaharlar(2 soat) 
Reja: 
1. Bronza davrida shaharsozlik taraqqiyotiga zamin yaratilishi. 
2. Temirdan ishlab chiqarish xo‗jaligida foydalanishning kashf qilinishi-sivilizatsiyaning 
shakllanish omili. 
3. Qadimgi Baqtriya va shimoliy Marg‗iyonada ilk shaharlarning vujudga kelishi. 
4. So‗g‗diyona hududlarida ilk shaharlarning paydo bo‗lishi. 
5. Qadimgi Xorazm hududidagi ilk shaharlarining xo‗jalik taraqqiyoti. 
 
Tаyanch so’zlаr. 
Dаstlаbki so‘qа (motigа), ibtidoiy omoch, ilk dеhqonchilik qаbilаlаri, ―mаrkаz‖ 
mаnzilgohlаr, ―qishloq‖ mаnzilgohlаr, ―poytахt‖ mаnzilgoh, mеtаlsozlik tаrаqqiyoti, sopol 
hаykаlchаlаr, kumush vа bronzа muhrlаr, хo‘jаlikning аsosi, sun‘iy хo‘jаlikkа аsoslаngаn 
хo‘jаlik, hunаrmаndchilikdа sifаtiy tехnologik o‘zgаrishlаr, inqiroziy holаtlаr, ekologik vаziyat, 
hududiy rivojlаnish, аgrаr хo‘jаlik, mudofааlаngаn inshootlаr, hаrbiy hаvf-hаtаr, mа‘muriy-
mаfkurаviy mаrkаz, mаhobаtli mе‘morchilik, tsivilizаtsiyaning gnеzisi, migrаtsion jаrаyonlаr
ekspаntsiya, ijtimoiy qurilmаlаr.
Bronza davrining umumiy tavsifi. Bronza davri milloddan avvalgi III ming yillikni o‘z 
ichiga oladi. Bronza bu mis bilan qalay qotishmasidir. U o‘z xususiyatlari bilan misdan ustun 
turadi. Ma‘lumki mis yumshoq metall bo‘lib, undan ishlangan qurollar uncha chidamli 
bo‘lmaydi. Bronza misga qaraganda qattiq va pishiqroqdir. Undan tashqari bronzani eritib quyish 
oson, chunki erish harorati pastroq. Misni eritish uchun esa harorat juda yuqori bo‘lishi zarur 
bo‘lgan. Bu o‘rinda shuni ta‘kidlab o‘tish kerakki, butun bronza davrida tosh metall bilan 
muvaffaqiyatli ravishda raqobat qilib kelgan. 
Bronzaning ilk vatani Kichik Osiyo va Ikki daryo oralig‘i bo‘lgan. Qadimgi Misr, 
Mesopotamiya, Kichik Osiyo va Eronning janubi-g‘arbida milloddan avvalgi III–II ming 
yillikning boshlarida quldorlik jamiyati keng ravnaq topgan.
Mehnat qurollarini yasashda bronzadan foydalanish ibtidoiy jamoa xo‘jaligida buyuk 
o‘zgarishlarga olib keldi. Bu insoniyatning iqdisodiy hayotigagina emas, balki siyosiy, madaniy, 
ma‘naviy hayotida ham tub o‘zgarishlar yasadi. 
Bronzaning tarkibi miss va qalay qotishmasidan iborat bo‘lgan.Eng yaxshi bronzaning 
tarkibida 90% mis va 10% qalay bo‘lgan. U dastlab miloddan avvalgi III ming yillik oxirlarida 
Mesopatamiyada (ikki daryo oralig‘ida) kashf etilgan. Bronza misga nisbatan o‘z xususiyati 
jihatdan ustun bo‘lganligi sababli ham sof misning qo‘llanilishi barham topdi. Lekin tabiatda 
miss va qalayning juda kam miqdorda mavjudligi sababli tosh qurollarni siqib chiqara olmadi. 
Bronzaga ishlov berish misga nisbatan ancha qulay bo‘lgan, birinchidan: pishiq, qattiq; 
ikkinchidan: u misga nisbatan past haroratda erigan. Mis 1084 gradus haroratda erisa, bronza 
700-900 gradusda erigan. Unga bunday past haroratda ishlov berila olinishi, uning har bir 
xo‘jalikda qurollar yasash imkonini bergan. Bu esa mehnat, jangovor qurollarningturi 
ko‘payishiga va samaradorligining oshishiga olib kelgan. 
Bronza maxsus qalin sopol idish—tigellarda eritilib, sopol qoshiqlar orqali tosh va 
sopoldan yasalgan qoliplarga solingan. Bronza qoliplarga yopishib qolmasligi uchun qoliplarga 
mumiyo surtilgan , bu esa bronza qotgach qolipdan oson ajralishiga olib kelgan .
Jahon tarixida bronza davri miloddan avvalgi III ming yillik oxirlaridan boshlanadi. Bu 
davrda Qadimgi Misr , Mesoptamiya, Kichik Osiyo va Eronning janubi-g‘arbida davlatlar 
shakllanib, quldorlik jamiyati keng ravnaq topgan edi . O‘zbekiston hududida esa bu davr 
miloddan avvalgi II ming yillikning I choragida boshlanib, miloddan avvalgi VIII asrlargacha 
davom etadi. Shuningdek jamiyat taraqqiyoti ham o‘ziga xos tarzda davom etadi. O‘rta 
Osiyoning janubiy hududlarida. dehqonchilik madaniyati ravnaq topib, ilk shahar madaniyati 


tarkib topdi. O‘zbekistonning janubiy—sharqiy va markaziy hududlarida, ya‘ni Farg‘ona, 
Toshkent ,Qarshi hududlarida o‘troq dehqonchilik madaniyati, ilk shahar madaniyati izlari 
so‘nggi bronza bosqichiga kelganda vujudga keldi. Ilk va o‘rta bosqichlarida bu hududlarda 
ko‘chmanchi chorvadorlar madaniyati, ya‘ni Zamonbobo va Tozabog‘yob madaniyati izlarini 
ko‘ramiz.. 
O‘zbekistonning shimoliy hududlarida cho‘l va dasht chorvachilik xo‘jaligi yetakchi 
o‘rinni egallagan. Zarafshon, Sirdaryo va Amudaryo etaklarida so‘nggi bronza davrida 
chorvador qabilalar o‘troqlashib, sug‘orma dehqonchilik bilan shug‘ullanadilar.va uning 
bazasida qishloqlarni tashkil etadilar
Bronza. davri xo‘jaligining eng katta yutug‘i bu dehqonchilik madaniyatining keng 
yoyilishi va uning chorvachilikdan ajralib chiqishidir. Bu jarayon fanda birinchi ijtimoiy mehnat 
taqsimoti deb nomlanib, miloddan avvalgi II ming yillikning 2 chi yarmida sodir bo‘lgan. 
Ijtimoiy mehnat taqsimoti birinchi navbatda tabiiy sharoit muhitidan kelib chiqib ixtisoslashdi, 
ya‘ni cho‘l va dasht zonalarida chorvachilar, dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan janubiy-sharqiy, 
markaziy hududlar va daryo bo‘yida dehqonchilik madaniyati yetakchi o‘rinni egalladi. 
Ikkinchidan bronza davrida qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirdi, 
natijada dehqonchilik yoki chorvachilikni rivojlantirish uchun alohida keng hududlar va ma‘sul 
odamlar zarur bo‘lib qoldi. Dehqonchilikdan chorvachilikning alohida soha bo‘lib ajralib 
chiqishi qonuniy zaruriyat edi. 
Bronza davri yutuqlarini quyidagilar qilib ko‘rsatishimiz mumkin: bronzadan yasalgan 
qurollar mehnat unumdorligini oshirdi, sug‘orma dehqonchilik asosida doimiy qishloqlar 
ko‘paydi, Yangi yerlar o‘zlashtirildi, hunarmandchilikning yangi sohalari—metallurgiya, 
zargarlik rivojlandi, kulolchilikda charxdan foydalanishga o‘tildi, uy-joy qurilishida g‘ishtdan 
foydalanildi, mustahkam mudofaa devorlari shaklandi.
Ot eshakdan transport sifatida foydalanildi, g‘ildirakli aravalar ishlatildi, jamiyat hayotida 
monogam oila tarkib topib, hayotda otalar yetakchi bo‘la boshladilar, patriarxat davri boshlanib, 
urug‘ jamoasi yemirila boshladi va ilk davlatchilik elementlari shakllandi. Qo‘shni mamlakatlar, 
ayniqsa chorvadorlar bilan dehqonlar o‘rtasida tovar ayirboshlash jonlandi. Qabilalararo 
munosabatlarda , bir biri bilan aralashib, yangi yuqoriroq rivojlanish darajasidagi madaniyatlar 
vujudga kela boshladi. Masalan, hozirgi Qirg‘iziston cho‘llarida yashagan Andronova 
madaniyati chorvadorlari miloddan avvalgi II ming yillik o‘rtalarida O‘zbekistonning shimoliy 
va janubiy hududlariga kirib borib, mahalliy aholi bilan aralashib ketgan va Tozabog‘yob, 
Qayroqqum kabi madaniyatlar shakllangan. 
O‘zbekiston hududidagi bronza davri yodgorliklarini o‘rganishda S.P. Tolstov, V.I. 
Masson, Ya. G‘ulomov, A. Asqarov, M.A. Itina, L.I. Al‘baum, A.P. Okladnikov, B.A. 
Litvinskiy, Yu.A. Zadneprovskiy, V.I. Sprishivskiy, A.I. Terenojkin, B. Matboboyev, B. 
Abdullayev, M. Jo‘raqulov va boshqalar olib borgan tadqiqotlari diqqatga sazovordir. 
Yuqorida ta‘kidlab o‘tilganidek, O‘zbekistonning janubiy hududlarida, ya‘ni Surxondaryo 
viloyati hududlarida ilk bronza davridayoq qadimgi dehqonchilik madaniyati shakllangan. U 
Sopollitepa va Jarqo‘ton yodgorliklari asosida o‘rganilgan. 

Download 440.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling