2-мавзу. Бухгалтерия баланси, унинг тузилиши ва мазмуни


Buxgalteriya hisobining predmeti


Download 1.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana30.12.2022
Hajmi1.52 Mb.
#1072626
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Biznesda subyektlarida buxgalteriya hisobi

Buxgalteriya hisobining predmeti – korxonani 
xo‘jalik mablag‘lari va ularni tashkil topish manbalarini
ularni xo‘jalik jarayonlari natijasida o‘zgarib borishlarini 
yoppasiga, uzluksiz, qonun-qoidalarga asosan hujjatlarda 
to‘liq, aniq, to‘g‘ri aks ettirib borishdir. 
2. Buxgalteriya hisobi nazariysi fanining predmeti va 
metodi


Uslublar
Uslublar ta’rifi
Hujjatlashtirish
Buxgalteriya hisobining ob’ektlari ustidan yoppasiga va uzluksiz
kuzatishni amalga oshirish imkonini beradigan dastlabki aks ettirish
Inventarizatsiya
Korxona
mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan
ma’lumotlarni hisob ma’lumotlari bilan solishtirish
Baholash
Xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul
o‘lchov birligida aks ettirish
Kalkulyatsiya
Yaratilgan mahsulot (ish va xizmat)lar birligi tannarxini aniqlash
Schyotlar tizimi
Mablag‘lar tarkibi va joylashtirilishi, ularning manbalari bo‘yicha
aks ettirish, iqtisodiy guruhlash va tezkor nazorat qilish
Ikkiyoqlama yozuv
Har bir xo‘jalik muomalasining summasi ikki marotaba: bir schyot
debeti va ayni vaqtda o‘zaro bog‘liq boshqa schyotning kreditida
aks ettirish
Buxgalteriya
balansi
Muayyan sanaga korxonaning mol-mulki va ularning manbalari
to‘g‘risidagi axborotni iqtisodiy guruhlashtirish hamda pul
bahosida umumlashtirish
Hisobot
Moliyaviy-xo‘jalik
faoliyatini
tavsiflaydigan
umumlashtirilgan
ko‘rsatkichlar tizimini o‘zida mujassamlashtiradi
Buxgalteriya hisobining uslub(metod)lari


Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni o‘z vaqtida to‘liq hamda aniq
moliyaviy va boshqa buxgalteriya axboroti bilan ta’minlashdir.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari deb
quyidagilarni belgilash mumkin:
*
korxona, tashkilot va muassasalarning xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan jarayonlarni
kuzatib borish;
*
kuzatish natijasida olingan ma’lumotlarni miqdor ko‘rsatkichlarda ifodalash;
*
korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyatida sodir bo‘ladigan jarayonlarni
hujjatlarda aks ettirish;
*
korxona, tashkilot va muassasalar xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz nazorat olib borish va
unga ta’sir etish;
*
buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati va harakati, mulkiy huquqlar
hamda majburiyatlarning holati to‘g‘risidagi to‘liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
*
samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish;
*
moliyaviy, soliqqa doir va boshqa hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Bu vazifalarning bajarilishi korxonalarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayoni va
operatsiyalarini o‘z vaktida, aniq va dastlabki hujjatlarga asoslangan holda buxgalteriya
hisobida aks ettirish yo‘li bilan ta’minlanadi.



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling