2-Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan talablar. Reja


 4. Buxgalteriya hisobi tizimlari


Download 163.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana09.01.2022
Hajmi163.15 Kb.
#264781
1   2   3   4
Bog'liq
2-Мавзу

 

2. 4. Buxgalteriya hisobi tizimlari. 

Korxonalardagi hisob ishlarini hajmi, hamda faoliyat miqyosidan kelib chiqib, buxgalteriya markazlashgan 

va markazlashmagan tarzda tashkil qilinadi. 

Markazlashgan  buxgalteriyada  korxonaga  qarashli  bo`limlarda  dastlabki  hujjatlar  rasmiylashtirilib, 

markaziy  buxgalteriyaga  topshiriladi.  Bu  erda  esa,  dastlabki  hujjatlar  xar  tomonlamma  tekshirilib  olinadi,  qayta 

ishlanadi,  hisob  registrlarida  aks  ettiriladi.  Buxgalteriyani  markazlashgan  tarzda  tashkil  etilishi  hisob  xodimlari 

sonini  qisqarishini, hisoblash  texnikalaridan  keng  foydalanishni, hisob  ishlari  bilan  bog`liq  xarajatlar  kamayishini 

ta`minlaydi.  Markazlashgan  buxgalteriyada  tuzilgan  moliyaviy  hisobot  shakllari  tegishli  joylarga  o`rnatilgan 

muddatlarda topshiriladi. 

Ayrim xo`jalik yuritish sub`ektlarida yirik bo`limlarda buxgalteriya  bo`limi yuritilib, qolgan bo`lim hisob 

ishlarini  bosh  buxgalteriyaga  topshiradi.  Bunday  holatlarda  qisman  markazlashmagan  buxgalteriya  bo`limlardan 

olingan  dastlabki  hujjatlardagi  ma`lumotlarni  hisob  registrlarida  aks  ettiradi,  hamda  yirik  bo`limda  yuritilgan 

buxgalteriya  balansini  tekshirib,  umumiy  –  korxona  xo`jalik  faoliyati  to`g`risidagi  hisobotni  tuzadi.  Ushbu 

hisobotlarni barcha foydalanuvchilar uchun BXMSlar asosida tuzilgan holda topshiriladi. 

Tula  markazlashmagan  buxgalteriyada  korxona  hamma  bo`limlarida  dastlabki  hujjatlar  qayta  ishlanib, 

hisob  registrlarida  aks  ettiriladi  va  hisobotlar  tuziladi.  Xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlarning  bosh  buxgalteriyasida 

balans  va  hisobot  boshqa  shakllari  yig`ilib,  bo`limlar  o`zaro  hisoblashishlari  tekshiriladi,  umumiy  boshqarmada 

tuzilgan  dastlabki  hujjatlarni  qabul  qiladi,  hisob  registrlarida  aks  ettiriladi.  Ishlab  chiqilgan  mahsulot  (ishchi, 

xizmatchi)ni tannarxi aniqlanadi. Shuningdek, bosh buxgalteriya tomonidan bo`lim buxgalteriya ishlari nazorat qilib 

boriladi va tegishli ko`rsatmalar beriladi. 

Markazlashmagan  buxgalteriya  qo`llanganda  hisob  xodimlari  soni  ko`payadi,  hisoblash  mashinalaridan 

foydalanish imkoniyati yo`qoladi, hisob ishlari xarajati ko`payadi. 

Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarda buxgalteriya qaysi shaklda tuzilishidan qat`iy nazar, bosh buxgalter hisob 

ishlarini  boshqaruvchisi hisoblanadi.  Korxona  bosh  buxgalteriga  shu  xo`jalik  yurituvchi  sub`ekt  faoliyatidan  kelib 

chiqib  mavjud  mustaqil  balansga  ega  bo`limlar,  kassa,  hamda  buxgalteriya  hisobi  bo`limlari  bo`ysinadi.Sxema 

ko`rinishida buxgalteriya apparatini tuzilishini qo`yidagicha keltirish mumkin. 

Buxgalteriya  hisobi  bo`limlari  xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlarni  faoliyati  doirasidan  kelib  chiqib  tashkil 

etiladi.  Kichik  korxonalarda  bir  buxgalter,  shu  korxona  xo`jalik  faoliyati  hisobini  yuritish  mumkin.  Ba`zi 

korxonalarda  esa,  ikki  va  uch  hisobchi  buxgalteriya  hisobi  ishlarini  olib  boradilar.  Yuqorida  aytilganidek,  hisob 

xodimlari soni buxgalteriya hisobi ishlari hajmidan kelib chiqib belgilanadi. 

Xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlar  buxgalteriya  hisoblarini  bozor  iqtisodiyoti  sharoitidagi  ahamiyati  sezilarli 

darajada oshdi. 

Ma`muriy  boshqaruv tizimiga asoslangan xalq xo`jaligi korxonalar hamma faoliyati oldindan belgilangan 

qat`iy rejalarga asoslangan holda yuritilib, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`zaro ma`lumotlari ham shu rejalar asosida 

amalga oshiriladi. 

Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`z faoliyatlarini mustaqil 

ravishda yuritadilar (davlat ahamiyatidagi korxonalar bundan mustasno). Endi korxonalar o`z faoliyatlari davomida 

xarajatlar  va  daromadlarni mustaqil  belgilab,  shunga  asosan ish  yuritadilar, xo`jalik  munosabatlarida ham  tegishli 

korxonalarni mustakil belgilaydilar. Demak, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar o`z-o`zlarini moliyalashtirishlari zarur.  



Korxona  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  ishlab  chiqilayotgan  mahsulot  (ish,  xizmat),  sotiladigan  tovarlarga 

bo`lgan talabni xar tomonlama o`rganishlari kerak. 

Bozor talabi o`rganilayotganda, baho, miqdor, xududiy va boshqa xususiyatlarga ahamiyat beriladi. Bozor 

talab  etayotgan  xususiyatlarga  ega  mahsulot  (ish,  xizmat)  ishlab  chiqarish,  korxona  boshqaruvi  vazifasiga  kirib, 

ushbu  vazifa  bajarilishi  tabiiyki  axborotlarga,  ma`lumotlarga  tayanadi.  Xo`jalik  yurituvchi  sub`ekt  buxgalteriya 

hisobida esa, xo`jalik faoliyati bilan bog`liq barcha ma`lumotlar rasmiylashtirilgan bo`ladi. 

Buxgalteriya  hisobi  ham  o`z  navbatida  boshqaruv  apparati  uchun  kerakli  ma`lumotlarni  uzatishi  uchun 

zaruriy axborotlar bilan ta`minlangan bo`lishi zarur. Masalan, soliq tizimi sohasidagi, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar 

faoliyati  bilan  bog`liq  yuqori  tashkilotlar  ko`rsatma,  yo`riqnoma,  nizomlari,  shuningdek,  Respublika  xukumati 

tomonidan  qabul  qilingan  qonunlar,  qarorlar  bilan  o`z  vaqidada  ta`minlanganlik,  darajasi  buxgalteriya  hisobi 



ma`lumotlarini ishonchlilik, muhimlik, ahamiyatlilik printsiplarga mosligiga asos bo`ladi. 

 

Download 163.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling