2-Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan talablar. Reja


Download 163.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana09.01.2022
Hajmi163.15 Kb.
#264781
  1   2   3   4
Bog'liq
2-Мавзу



2-Mavzu: Buxgalteriya hisobini tashkil eti shva unga quyiladigan talablar.  

Reja: 

2.1 Buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari va ahamiyati. 

2.2. Buxgalteriya hisobiga raxbarlik qilish. 

2.3. Buxgalteriyada  ishni tashkil kilish. 

2. 4. Buxgalteriya hisobi tizimlari. 

 

2.1 Buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari va ahamiyati. 

Malakatimizda siyosiy-mustaqillikka erishilganidan so`ng bir necha omillar hisobga olingan holda xukumat 

rahbariyati boshchiligida, iqtisodiy isloxotlar amalga oshirila boshlandi. Ushbu isloxotga ko`ra, ma`muriy boshqaruv 

tizimidan voz kechilib, bozor iqtisodiyoti tizimiga o`tila boshlandi. 

Bozor  iqtisodiyoti  tizimiga  asoslangan  xalq  xo`jaligini  o`ziga  xos  xususiyatlari  mavjudki,  shu 

xususiyatlardan biri mulkchilik shaklining turli ko`rinishlari yuzaga kelishidir. 

Xalq  xo`jaligi  asosiy  bug`ini  bo`lishi  xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlar  o`z  faoliyatlarini  yuritishida  turli 

mulkchilik shakllariga asoslanadilar. 

Xalq  xo`jaligi  turli  sohalarga  qarashli  korxona  muassasa,  uyushma,  birlashma,  kontsern  va  boshqalar 

faoliyati  ustidan  umumiy  davlat  boshqaruvini  o`rnatish,  ulardan  olinadigan  ma`lumotlarga  asoslanadi.  Xo`jalik 

yurituvchi  sub`ektlar  faoliyati  haqidagi  ma`lumotlar  esa,  ular  buxgalteriya  hisobi  ma`lumotlariga  asoslanadi. 

Demak,  xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlar  qaysi  mulkchilik  shakliga  asoslanganidan  qat`iy  nazar,  tegishli  organlar 

tomonidan  ishlab  chiqilgan  qonun,  ko`rsatma  nizomlarga  va  qo`llanmalarga  rioya  etgan  holda  hisob  yuritishlari 

zarur. 

Buxgalteriya  hisobini  tashkil  qilishda  hisob  ma`lumotlari  nafaqat  ichki,  balki  yuqori  boshqaruv  uchun 

zarurligini hisobga olish bilan birga, tashqi foydalanuvchilar ehtiyoji ham e`tiborga olinishi kerak. 

Buxgalteriya hisobi ma`lumotlaridan foydalanuvchilarni ikkiga ajratish mumkin: 

 

ichki foydalanuvchilar; 



 

tashqi foydalanuvchilar. 

Moliyaviy hisob ma`lumotlaridan ichki foydalanuvchilarga korxona, boshqaruv apparati xodimlari kiradi. 

Korxona  boshqaruv  apparati  xodimlari  korxona  faoliyati  boshqaruviga  va  korxona  oldiga  qo`yilgan 

vazifalar bajarilishiga, belgilangan maqsadlarga erishilishiga to`liq javobgardirlar. 

Raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona boshqaruv apparati ikki asosiy omilga e`tibor 

bermogi zarur: 

 

korxona rentabelgiga; 



 

korxona likvidligi. 

Korxona  rentabelligi  deganda,  korxonaning  bir  me`yoriy  faoliyat  yuritishi  va  korxona  rivoji  uchun  etarli 

daromad olish imkoniyatiga egaligi tushuniladi. 

Korxona o`z oldidagi majburiyatlarini belgilangan muddatda to`lay olish uchun etarli pul va boshqa to`lov 

mablag`lariga ega bo`lishi korxonani likvidligi deyiladi. 

Moliyaviy hisob ma`lumotlaridan foydalangan holda ichki boshqaruv apparati korxona moliyaviy rejasini, 

tuzadi,  korxona  xo`jalik  faoliyatini  kengaytirish,  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulot  (ish,  xizmat)  yuzasidan  bozor 

talabini  o`rgangan  holda,  baho  belgilash,  moliyaviy  qo`yilmalarni  yuritish  chora-tadbirlarini,  bank  va  bankdan 

tashqari korxonalardan kredit va qarzlar olish va boshqalar haqida qarorlar qabul qiladi. 

Qarorlarni  to`g`ri  qabul  qilinishi  moliyaviy  hisob  ma`lumotlarini  o`z  vaqtida  va  to`g`ri  tuzilganligiga 

bog`liq bo`ladi. 

O`z vaqtida olinmagan yoki noto`g`ri yuritilgan buxgalteriya hisob ma`lumotlari, noto`g`ri qarorlar qabul 

qilinishigacha,  natijada  korxonani  zarar  ko`rishiga,  ba`zi  xollarda  esa  bankrotlik  holatiga  kelishiga  ham  sabab 

bo`lishi mumkin. 

Moliyaviy  hisob  ma`lumotlaridan  tashqi  foydalanuvchilarni  ham  o`z  navbatida  ikki  guruhga  ajratish 

mumkin: 

A) korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlar; 

B) bilvosita manfaatdorlar. 

 

Korxona faoliyatidan bevosita manfaatdorlarga qo`yidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin: 



 

Aktsiyadorlar; 

 

Kreditorlar; 



 

mol etkazib beruvchilar va xaridorlar; 

  soliq nazorati inspektsiyasi; 

  mehnat birjalari va boshqalar. 

Moliyaviy  hisobot  ma`lumotlaridan  foydalanuvchilarni  korxona  faoliyatidan  bilvosita  manfaatdorlarga 

qo`yidagilar kiradi: 

  auditorlik firmalari; 

  moliyaviy savollar yuzasidan maslahatchilar; 

  qimmatbaho qog`oz birjalari; 

  qonunchilik organlari; 




  xuquqshunoslar (xo`jalik sudi vakillari); 

  matbuot va axborot agentliklari; 

  savdo, ishlab chiqarish assotsiatsiyalari; 

  ijtimoiy sug`urta organlari; 

  kasaba uyushmalari. 

Xo`jalik  yurituvchi  sub`ektlarni  yillik  moliyaviy  hisobotlari  undan  foydalanuvchilar  uchun  tushunarli  va 

oddiy holda etkazilishi kerak. 

Aktsiyadorlik  hamiyatlari,  sug`urta  kompaniyalari,  bank  muassasalari,  fond  va  tovar  birjalari,  moliyaviy 

fondlar va boshqa moliyaviy muassasalar yillik moliyaviy hisobotlarini auditor tasdigidan so`ng, kelgusi hisobot yili 

birinchi maydan kechiktirmasdan, matbuotda e`lon qilinishlari shart. 

Xo`jalik yurituvchi sub`ektlar moliyaviy hisobotlari yuqori tashkilotlar va statistika qo`mitalari tomonidan 

yig`ilib,  jamlanib,  tarmoqlararo,  xududlararo  va  umuman,  butun  xalq  xo`jalik  miqyosidagi  ma`lumotlar  olinadi, 

tahlil qilinadi, hamda tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ularni hayotga tadbiq etilishi ta`minlanadi. 

Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hisob ishlari hajmini aniqlab olish, buxgalteriya xodimlari sonini, ular 

o`rtasida  hisob  ishlari  taqsimotini,  qo`llaniladigan  hisob  shaklini,  hisob  ishlarida  hisoblash  texnikalaridan 

foydalanishini belgilab olish kerak bo`ladi. 

O`zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligini  «Buxgalteriya  hisobi  va  auditi  uslubiyati»  boshqarmasi 

hisobning barcha turlari bo`yicha rahbarlikni olib boradi. 

Moliya  vazirligining  ushbu  boshqarmasi  hisob  ishlarini  mexanizatsiyalash,  hisob  mutaxassislarini 

tayyorlash, ular malakasini oshirish, shuningdek, hisob ishlari bilan bog`liq  yo`riqnomalar, nizomlar, ko`rsatmalar 

ishlab chiqib, nashr qildiradi. 

O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Makroiqtisodiyot statistika vazirliklari birgalikda buxgalteriya 

hisobi schetlar rejasini, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni shakllarini ishlab chiqadi, ularni qo`llashga doir 

yuriqnomalar ham shu vazirliklar tomonidan tasdiqlanadi. 

Hozirgi  vaqtda  Moliya  vazirligining  buxgalteriya  hisobi  va  auditi,  usuliyati  boshqarmasi  tomonidan 

buxgalteriya hisobining milliy standarti ishlab chiqilib ularning 23 tasi Adliya vazirligidan ro`yxatdan o`tdi. 

Mamlakatimiz  siyosiy  mustaqilligidan  so`nggi,  erishilayotgan  iqtisodiy  mustaqilliklar  zamirida  Jahon 

bozoriga chiqish, chet el davlatlari bilan o`zaro munosabatlarda bo`lish etadi. 

Demak,  tabiiyki,  «iqtisodchilar  tili»  hisoblanuvchi  buxgalteriya  hisobini  jahon  standartiga  moslashtirish 

zamon talabi bilan yuzaga keldi. 

Turli  halqaro  tashkilotlar  barcha  davlatlarda  buxgalteriya  hisobi  umumiy  tizimini  ta`minlashga  xarakat 

qilmoqda. Ulardan ba`zi birlari qo`yidagilardir: 

Buxgalteriya hisobi xalqaro standarti bo`yicha qo`mita (BXXSK). Ushbu qo`mita 1973 yilda 9 davlat Professional 

buxgalterlari tuzilmasi asosida tashkil topgan edi. 9 davlat esa, qo`yidagilar edi: Avstraliya, Germaniya, Buyuk Britaniya, 

Kanada, Meksika, Niderlandiya, SShA, Frantsiya va Yaponiya. 

1991  yilga  kelib  qo`mitada  79  ta  davlatdan  106  ta  professional  buxgalteriya  tashkilotlari a`zo  bo`lib,  asta-

sekinlik bilan shu davlatlarga tadbiq etilayotgan 30 ta andoza ishlab chiqildi. 

Buxgalterlar  Xalqaro  Federatsiyasi  (BXF)  1997  yilda  tashkil  topib,  buxgalteriya  hisobi  xalqaro  standarti 

bo`yicha qo`mita (BXXSK) bilan o`zaro hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. 

Ushbu ikkala tashkilot ko`pgina umumiy a`zolarga ega. BXF tashkiloti BXXSK kengashiga 13 a`zogacha 

tayinlashi mumkin, hamda shu tashkilot byudjetini 10% gacha mablag`ini beradi, ya`ni BXXSK faoliyatida BXF ga 

bo`ysinadi. 

BXF  xalqaro  andozalar  ishlab  chiqish  bilan  shug`ullanmaydi,  balki  buxgalteriya  ishlarini  xalqaro 

umumlashuvi bilan bog`liq faoliyat bilan shug`ullanadi.  

Aniqroq qilib aytadigan bo`lsak, BXF buxgalteriya ishlarini xalqaro umumlashuviga umumiy  yondoshuvlar 

va  yo`nalishlarin  aniqlaydi,  shuningdek,  buxgalteriya  hisobi  bo`yicha  evropa  mutaxassislari  federatsiyasi  kabi 

xududiy maxsus buxgalteriya organlari ishlariga yordam beradi. 

Shunga ahamiyat bermoq kerakki, hozirgi davrga kelib, milliy, xududiy manfaatdorliklar, hamda jug`rofiy va 

iqtisodiy xosliklardan kelib chiqib, buxgalteriya hisobini va hisobotini xalqaro umumlashuviga yagona yondoshuv 

topilmadi. Bozor kuchi yordamida buxgalteriya hisobi umumlashuviga erishish tezlashadi degan umumiy fikrga ega 

bo`lindiki, buni qo`yidagicha izohlash mumkin. 

Davlatlar,  ayniqsa,  rivojlanayotgan  davlatlar  chet  el  investitsiyalarini  jalb  etish  maqsadida  buxgalteriya 

hisobi  va  hisobotini  jahon  standartiga  moslashtirishga  xarakat  qiladi  va  shu  yo`l  bilan  iqtisodiyotni  rivojlanishga 

zamin tayyorlaydi. 

Bizning respublikamizda buxgalteriya hisobining tartibga solish huquqiga ega manbaalar qo`yidagilardir: 

 qonunchilik organlari tomonidan qabul qilingan me`yoriy va qonuniy dalolatnomalar; 

 Moliya  vazirligini  Davlat  statistika  qo`mitasi  bilan  birga,  hamda  vazirliklar  va  tarmoqlar  malakali 

mutaxassislari, professional jamoat tashkilotlari ishtirokida qabul kilgan me`yoriy dalolatnomalari va ko`rsatmalari. 

Professional  jamoat  tashkilotlariga  Buxgalterlar  va  auditor  assotsiatsiyasi,  Tovar  ishlab  chiqaruvchilar  va 

tadbirkorlar palatalari misol bo`ladi. 

O`zbekiston  Respublikasida  buxgalteriya  hisobi  tizimini  asosiy  huquqiy  zamini  «Buxgalteriya  hisobi 

to`g`risida»gi  qonunda  belgilangan.  Ushbu  qonunda  buxgalteriya  xodimlarini  burch  va  xuquqlari,  buxgalteriya 




hisobi  miqyosida  korxona rahbarlari  va  buxgalteriya hisobi  tizimidagi  asosiy  maqsadlar,  vazifalar, hamda  printsip 

ko`rsatib o`tilgan. 

Xalqaro amaliyotda buxgalteriya hisobini me`yoriy tartibga solishni to`rt darajali tizimi ko`zda tutilgan. 

Birinchi daraja – qonuniy dalolatnomalar, masalan, «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi qonun. 

Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar yigindisi, ya`ni buxgalteriya standartlari. 

Uchinchi  daraja  –  mamlakat  va  turli  tarmoqlar  bo`yicha  buxgalteriya  hisobini  yuritish  yuzasidan  takliflar, 

metodik qo`llanmalar. 

To`rtinchi daraja  – hisob  siyosatini aniqlash  va hujjat  aylanishini  tashkil  etish  yuzasidagi  korxonada  ishlab 

chiqilgan hujjatlarni keltirish mumkin. 

Xalqaro  amalayotda  buxgalteriya  hisobini  tartibga  solish  to`rt  darajali  me`yoriy  tizimini,  bizning 

davlatimizda ko`rib o`tamiz. 

Birinchi darajaga, O`zbekiston Respublikasini «Buxgalteriya hisobi to`g`risida»gi qonuni keltirish mumkin. 

Ikkinchi darajaga, hozirgi vaqtda ishlab chiqilgan 23 ta standartni misol qilish mumkin. 

Uchinchi darajadagi me`yoriy tartibga solish tizimiga Moliya vazirligi tasdiqlangan buxgalteriya hisobi va 

hisoboti  bilan  bog`liq  Nizomlarni,  shuningdek,  O`zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi,  Uzdavistiqbolstat  va 

Davlat Soliq qo`mitasi tomonidan qabul qilingan va 1995 yil 1 yanvarda amalga kiritilgan, Vazirlar Mahkamasining 

1999,  2003  yillardagi  qarorlari  bilan  tuzatishlar  kiritilgan  «Mahsulot  (ish,  xizmatlar)  tannarxiga  kiritiladigan 

mahsulot  (ish,  xizmatlar)ni  ishlab  chiqarish  va  sotish  bo`yicha  xarajatlar  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni 

shakllantirish haqida Nizom» misol bo`la oladi. 

To`rtinchi darajaga esa, korxonalarda qabul qilinadigan, buxgalteriya hisobini tartibga solish bilan bog`liq 

hujjatlarni keltirish mumkin. 

  


Download 163.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling