2-mavzu. Davlat qarzi nazariyasi


Keyns va “yangi ortodoksiya” (“yangi sobitqadamlar”)


Download 0.62 Mb.
bet4/34
Sana23.10.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1717183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34
Bog'liq
Davlat qarzi nazariyasi

Keyns va “yangi ortodoksiya” (“yangi sobitqadamlar”)
Lerua-Bole tadqiqotlarining asosiy natijalari 1-Jahon urushiga qadar keng e’tirofga sazovor bo‘ldi. Ammo klassik nazariya bari bir uzil-kesil intellektual g‘alabaga erisha olmadi. Olimlar va publitsistlar hamon Adams, Bastebl va Lerua-Bolelar tomonidan muvaffaqiyat bilan fosh qilingan g‘oyalarga “mahliyo”likni davom ettirar edilar. 1930-yillardagi Buyuk depressiya va iqtisodiyot fanida yuz bergan “keynscha revolyutsiya”ning natijalaridan biri – bu g‘oyalarning “qayta uyg‘onishi” bo‘ldi. Bu g‘oyalar yangi hayotda yana jonlandi va ular uzoq vaqt birinchi marta “hurmatga sazovor” bo‘lib qoldi.
Klassik qarz nazariyasi ikki marta yuz bergan Jahon urushi va Buyuk depressiya natijasida qulagan iqtisodiy tizimning bir qismi edi. Uni qulatishga Keyns ham o‘z hissasini qo‘shdi. Oltin standart demokratik yo‘l bilan saylangan hukumatni qarz yukini engillashtirish maqsadlarida pul bosish stanogidan o‘zi bilganicha foydalanishini man etish bilan intizomga soldi. Oltin standart inqirozidan keyin 1930-yillarning birinchi yarmida buyruqbozlik byudjet siyosati faqat viktoriancha axloq qarshiligiga duch keldi (uy xo‘jaliklarining oqilona xulqi printsipini umumlashtirish). Keyns bu nimjon to‘siqni ham olib tashlashga harakat qildi.
1936 yilda uning “Bandlik,foiz va pulning umumiy nazariyasi” (“The General Theory of Employment, Interest and Money”) asari (bundan keyin “Umumiy nazariya”) bosilib chiqdi. Bu kitob klassik modelni er bilan yakson qildi:

  • Sey qonuni bekor qilinadi; iqtisodiyotni taklif emas, talab harakatga keltiradi.

  • Ishsizlik (majburlikdan, ilojsizlikdan) – istisno emas, balki qoida.

  • Ishsizlik ustidan g‘alabaga erishish uchun davlat talabni qo‘llab-quvvatlashi kerak.

  • Qanday qilib qo‘llab-quvvatlash lozim? Ijtimoiy (jamoat) ishlarini moliyalashtirish va byudjetning muvozanatlanganligi qoidasini chetga surib “ijtimoiylashtirilgan” investitsiyalarni rag‘batlantirish orqali.

  • Taqchillikka bardosh kerak, ammo uni ko‘z-ko‘z qilishga o‘rin yo‘q7.

“Umumiy nazariya”da qarz nazariyasi yo‘q. Bu asar hatto byudjet siyosati to‘g‘risida ham emas. Asarda byudjet siyosati iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning vositasi sifatida ham tilga olinmaydi. Qarz muammosiga keynscha qarashlarning shakllanishi birinchi navbatda Abba Lerner nomi bilan bog‘liq. Keynsning safdoshi Lerner ajoyib nazariyotchi, publitsist va pedagog bo‘lgan va o‘z davrida “keynschilikning buyuk mantiqchisi” nomi bilan shuhrat qozongan. Keynsdan keyin iqtisodchi kasbida “yangi ortodoksiya” hukmronlik qildi. “Men bu atamani olimlar o‘rtasidagi deyarli to‘la yakdillikni ifodalash uchun qo‘llaganman, – deb yozgan edi Jeyms Byukenen, – “yangi” so‘zi “ortodoksiya”ni boshqa ko‘rinishga keltiradi, ammo g‘oyalarning o‘zini “yangi” yoki zamonaviy deb o‘ylamaslik lozim. “Yangi iqtisodchilar” paydo bo‘lishidan ancha ilgari hozir hukmron bo‘lgan qarz nazariyasi to‘g‘risida aniq-ravshan fikrlar bildirilgan”8. Lernerning g‘oyaviy rahbarligida “yangi ortodoksiya” uch asosiy masalada qarz oqibatlari to‘g‘risida ilgarigi klassik tasavvurlarni ostin-ustun qilib tashladi.
-jadval. Davlat qarzi to‘g‘risidagi asosiy masalalarda “yangi iqtisodchilar” bilan klassiklar o‘rtasidagi ixtiloflar


Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling