Mikroiqtisodiyotning asosiy kategoriyalari: talab va taklif Annotatsiya


Download 20.69 Kb.
bet1/3
Sana06.11.2023
Hajmi20.69 Kb.
#1752398
  1   2   3
Bog'liq
Mikroiqtisodiyotning asosiy kategoriyalari



Mikroiqtisodiyotning asosiy kategoriyalari: talab va taklif
Annotatsiya: Mazkur maqolada iqtisodiyotni tartibga solishning bozor va davlat mexanizmlari tushunchalari, iqtisodiyotni tartibga solishda davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy vazifalarni bajarish imkoniyatlari keltirilgan va mualliflar tomonidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishlgan.
Kalit so’zlar. Iqtisodiyot, tartibga solish mexanizmlari, raqobat, bozor mexanizmi.
Annotation: This article presents the concepts of market and state mechanisms of economic regulation, the possibilities of performing a number of economic tasks that cannot be performed by the state market mechanism in the regulation of the economy, and offers and recommendations have been developed by the authors.
Key words. Economy, regulatory mechanisms, competition, market mechanism.
Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan va rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solishning ikki mexanizmi yuzaga keldi: davlat va bozor mexanizmlari. Iqtisodiyotni tartibga solishning maqsadi – davlat va bozor mexanizmlarining o’ziga xos xususiyatlarini yoritishdir. Ular hayotda aralash va o’zaro aloqadorlikda uchraydi. Ularning optimal aloqadorlikda bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Iqtisodiyotni tartibga solishning vazifasi iqtisodiyotni boshqarishda bozor munosabatlari bilan birgalikda davlat mexanizmini qabul qilgan sohalarni va shakllarini ko’rsatish, iqtisodiyotni boshqarishda davlatning o’rni haqidagi turli kontseptsiyalarni tahlil etishdir.
O’z navbatida O’zbekiston Prezidentining 2020 yil 07 dekabrdagi “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”1gi PQ-4913-sonli Qarori ham mamlakatimizda iqtisodiyotni tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish, davlatning bu boradiga rolini oshirishga qaratilgan.
Bozor – insoniyat taraqqiyotining buyuk yutuqlaridan biridir. Uning rivojlanishi uzoq yo’lni bosib o’tgan: bu jarayon kichik-kichik ishlab chiqaruvchilar bilan iste’molchilar o’rtasidagi aloqalar sifatidagi oddiy shakllaridan boshlab to zamonaviy ishlab chiqarish faoliyatining barcha shakllari, jamiyat iqtisodiy sub’yektlari o’rtasidagi rivojlangan iqtisodiy munosabatlari, ijtimoiy maxsulotni yaratishdan to uni iste’mol etishgacha bo’lgan davrni qamrab oladi.
Bozor – bu turli ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish ko’rinishidagi faoliyatlarni muvofiqlashtiruvchi murakkab mexanizmdir. Bunda ijtimoiy mehnat taqsimoti va xususiy mulkchilik bozorni hal etuvchi shartlari bo’lib hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida tadbirkorlik faoliyatining erkinliklari, ishlab chiqaruvchilarning moddiy manfaatdorliklari raqobatga undovchi asosiy kuch bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki, bozorning muxim elementi bu narx va uning darajasi bo’lib, bu ishlab chiqaruvchi uchun ham, tadbirkor uchun ham va xaridor uchun ham muhim ko’rsatkich hisoblanadi.
Bozor tizimi ishlab chiqaruvchilar va haridorlarni qaror qabul qilishlarida egiluvchanlik va moslashuvchanlik jixatlarini yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi. Bozor ishlab chiqaruvchi va iste’molchi o’rtasidagi aloqalarni bo’glaydi. Tarmoqlar o’rtasida resurslarni samarali taqsimlanishida, talab va taklif mutanosibligini ta’minlashda bozor mexanizmi qulaydir. Jamiyat iqtisodiyotining rivojlanishida, ijtimoiy mehnat taqsimotida, davlatlararo aloqalarning kengayishida, iqtisodiyotning tarkibiy qismlari o’rtasidagi aloqalarni tartibga solish kabi iqtisodiy jarayonlarda bozor mexanizmining tartibga solish imkoniyatlari chegaralanganligi namoyon bo’ladi. Bunga iqtisodiyotda yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz davri qarama qarshiliklarini misol keltirish mumkin. 1929-1933 yillarda sodir bo’lgan jahon iqtisodiy inqirozi yaqqol misol bo’la oladi.
Bozor mexanizmi bajara olmaydigan va tartibga sola olmaydigan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining vazifalari mavjud. Sanaot rivojlanishda erkin raqobat asosida ishlab chiqarish kuchlari nafaqat yakka tartibdagi xususiy mulk doirasida o’smoqda, balki jamoa (aktsionerlik)va boshqa mulkchilik shakllarining o’rni ham oshib bormoqda. Biroq, davlat iqtisodiyotning yirik tarmoqlarini o’z zimmasiga olishga, ularni rivojlantirishga va tartibga solishga majbur bo’lmoqda. Masalan: temir yo’l, telegraf, pochta, mudofaa va hokazo.
Bozor mexanizmi bajara olmaydigan ijtimoiy vazifalar ham mavjud. Bundan tashqari, bozor munosabatlari asosidagi ba’zi faoliyat natijalariga davlatning aralashuvi ehtiyoji tu’giladi. Bu, avvalam bor, iqtisodiyotni makro darajada tartibga solishda, aholining ma’lum qismini ijtimoiy himoya qilish va ularga yordam ko’rsatishda (ishsizlarga, tu’gma nogironlarga), pensiya ta’minotida, mudofaani ta’minlashda, ekologik muammolarni xal etishda, ijtimoiy tartibni saqlashda, pul muomalasini tartibga solishda, iqtisodiy takror ishlab chiqarish tsikliga ta’sir etishda, fundamental ilmni rivojlantirishda davlat aralashuviga zarurat tu’giladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarni davlat aralashuvisiz tartibga solib bo’lmaydi. Bozor mexanizmi jamiyat manfaatlarini himoya etish, uzoq davrli ijtimoiy muammolarni va mamlakatlarning o’zaro aloqalarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf eta olmaydi.
Davlat bozor mexanizmi bajara olmaydigan bir qator iqtisodiy vazifalarni bajaradi. Ular quyidagilardir (1-rasm):


Download 20.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling