2-mavzu: davlat va din munosabatlari. Reja
O’zbekistonda davlat va din munosabatlari
Download 299.89 Kb. Pdf ko'rish
|
2-Maruza
4.O’zbekistonda davlat va din munosabatlari. O‘zbekistonda kishilarning vijdon erkinligini amalda ro‘yobga chiqarish, diniy vaziyatni tartibga solish borasida tizimli harakatlar olib borilmoqda. Fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida ilk qadam sifatida 1991 yilning 14 iyunida Respublika Oliy Kengashi O‘zbekiston tarixida birinchi marta “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu Qonun 1993 yilda kiritilgan ba’zi qo‘shimcha va o‘zgartishlar bilan 1998 yilga qadar amalda bo‘lib keldi. Qonunning ijrosini ta’minlash va tegishli nazoratni olib borishning amaliy mehanizmi sifatida 1992 yil 7–martda Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashkil etildi. Qonunning hayotga tatbiq etilishi natijasida diniy ehtiyojlarni qondirish, erkin ibodat qilish, diniy marosimlarni nishonlash, muqaddas joylarni ziyorat qilish, diniy ta’lim muassasalari faoliyatiga keng yo‘l ochildi. Diniy tashkilotlar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan turli suiiste’molliklarga ma’lum darajada chek qo‘yildi. Shunday bo‘lsada, asrlar davomida hanafiy mazhabiga ergashib kelgan xalqimizni chalg‘itish, aholi orasida aqidaparastlik va mutaassiblikka asoslangan qarashlarni tarqatishga urinishlar sodir bo‘ldi. Natijada, dindorlar orasida kelishmovchiliklar paydo bo‘la boshladi. Diniy ekstremistlar ta’siriga tushib qolgan ba’zi fuqarolar tomonidan bir qator og‘ir jinoyatlar sodir etildi. Yaratilgan imkoniyatlarni suiiste’mol qilgan ayrim noislomiy diniy tashkilotlar tomonidan missionerlik harakatlarini olib borishga urinishlar ko‘payib bordi. Qayd etilgan va boshqa bir qator omillar “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunni diniy sohada yuzaga kelgan dolzarb vazifalarni hal qilish, mamlakatda tinchlik–
totuvlik, xavfsizlikni ta’minlash nuqtai nazaridan kelib chiqib qayta ko‘rib chiqishni hamda vijdon erkinligi bilan bog‘liq huquqlar doirasini yanada aniq qilib belgilashni taqozo qildi. Shu maqsadda 1998 yil 1 mayda O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi. Yangi tahrirdagi Qonun kishilarning vijdon erkinligini huquqiy kafolatlashga diniy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda davlat va din munosabatlarini tartibga solishga xizmat qiladigan muhim hujjat hisoblanadi. Qonunda Konstitutsiyamizda belgilangan vijdon erkinligi bilan bog‘liq qoidalar va tamoyillar yanada konkretlashtirildi. Xususan, o‘sha paytda xorijlik fuqarolarning diniy tashkilotlarga rahbarlik qilishi keng tarqala boshlagan edi. Bunday holatlarning oldini olish maqsadida Qonunda tegishli diniy ma’lumotga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari ularga rahbarlik qilishi, diniy tashkilotlar rahbarligiga O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi bo‘lmagan shaxslarning nomzodi esa Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan kelishib olinishi zarurligi haqidagi qoida mustahkamlab qo‘yildi. Shuningdek, bu davrda yurtimizda diniy faoliyat bilan shug‘ullangan ko‘plab xorijlik fuqarolar yaratib berilgan imkoniyatlardan ochiqdan–ochiq missionerlik maqsadida foydalana boshlagan edilar. Bunday holatlarning oldini olish uchun Qonunning yangi tahririda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng ravishda vijdon erkinligi huquqidan foydalanishlari bilan bir qatorda amaldagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishlari belgilab qo‘yildi. Bundan tashqari, Qonunning yangi tahririda, avvalgi matndan farqli ravishda faqat diniy tashkilotlarning markaziy boshqaruv organlari tomonidan tuziladigan muassasalarda diniy ta’lim berilishi mumkinligi, diniy mazmundagi adabiyot, audio va video mahsulotlari Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekspertizasi asosida tayyorlanishi va tarqatilishi haqidagi qoida mustahkamlab qo‘yildi. Qonunda ko‘rsatilmagan ba’zi holatlar yuz bergan taqdirda aholining konstitutsiyaviy huquqlariga og‘ishmay rioya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi bilan 1998 yil avgust oyida Adliya vaziri boshchiligida “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘ .risida”gi Qonunning amalga tatbiq qilinishi monitoringini olib boruvchi maxsus hay’at tuzildi. Shunday qilib, Qonun talablarini amalga oshirish jarayonida yuzaga kelgan ayrim masalalar ham odilona hal etildi. Masalan, ba’zi diniy jamoalar qonunda belgilanganidek, yuz kishilik tashabbuskorlar guruhini tashkil eta olmasliklari ma’lum bo‘lib qolganda maxsus hay’at qaroriga ko‘ra, bu muammolar o‘z echimini topdi. Yurtimizda tom ma’nodagi vijdon erkinligini ta’minlash uchun yaratilgan va yaratilayotgan huquqiy asoslar haqida gap ketar ekan, o‘tgan yillar mobaynida yurtimizda din sohasidagi faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinganini ham qayd etish lozim. Ular qatorida 2003 yil 22 avgustda qabul qilingan “Din sohasidagi ma’naviy–ma’rifiy, ta’lim ishlarini va faoliyatni yanada takomillashtirishda ijtimoiy ko‘mak va imtiyozlar berish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 364–sonli Qarori o‘ziga xos o‘ringa ega. Unga ko‘ra, Toshkent islom instituti va o‘rta maxsus islom bilim yurtlarida joriy etilgan ta’lim standartlari, o‘quv rejalari hamda talabalarning qabul qilingan davlat me’yorlariga muvofiq diniy va dunyoviy bilimlar olayotganini inobatga olib, mazkur o‘quv yurtlarining bitiruvchilariga beriladigan diplomlar davlat ta’lim hujjati sifatida e’tirof etildi. Shunday hujjat (diplom)larga ega bo‘lgan shaxslarga davlat oliy ta’lim tizimida o‘qishni davom ettirish huquqi berildi. Ushbu dalillar ham fuqarolarning vijdon erkinliklarini demokratik tamoyillar asosida to‘liq kafolatlash borasidagi ishlar izchil amalga oshirib kelinayotganini va buning natijasida barcha diniy konfessiyalar vakillarining emin–erkin e’tiqod qilishlari uchun etarli shart–sharoitlar yaratilganini ko‘rsatadi. Mamlakatimizda vijdon erkinligini ta’minlash, fuqarolarning u bilan bog‘liq huquqlarini himoya qilish sohasida yaxlit tizim yaratilgan. “Xalqaro huquqning umume’tirof etilgan tamoyillari, O‘zbekiston imzolagan xalqaro shartnomalar qayd etilgan qoidalarni o‘zida mujassam etgan huquqiy hujjatlar bu tizimning asosini tashkil etadi. Ular voqelik o‘zgarishiga mos ravishda takomillashtirib borilayotganini ham alohida qayd etish lozim. Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi va uning amalda qat’iy qo‘llanishini ta’minlash zaruratidan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi”ga xususan, noqonuniy diniy xatti–harakatlarning oldini olish bilan bog‘liq bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilgani ham fikrimizning isboti bo‘la oladi. Jumladan:
saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish; – diniy yig‘ilishlar, ko‘cha yurishlari va boshqa diniy marosimlar o‘tkazish qoidalarini buzish; Download 299.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling