2-mavzu: davlat va din munosabatlari. Reja


Download 299.89 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi299.89 Kb.
#204293
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Maruza

                   

3.Dinni davlatdan ajratilganliginining mazmun mohiyati

    Konstitutsiyamizda  vijdon  erkinligini  ta’minlash  bilan  bog‘liq  bir  qator  qoidalar 

mustahkamlab qo‘yilgan. Barcha fuqarolarning bir xil huquq va erkinliklarga, jumladan, e’tiqod 

erkinligi huquqiga egaligi, dini va e’tiqodidan qat’i nazar, qonun oldida tengligi haqidagi qoida 

ularning  asosini  tashkil  etadi.  Qayd  etilgan  tamoyillarning  mantiqiy  davomi  sifatida 

Konstitutsiyamizning 31–moddasida “Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson 

xohlagan  dinga  e’tiqod  qilish  yoki  hech  qaysi  dinga  e’tiqod  qilmaslik  huquqiga  ega.  Diniy 

qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘yilmaydi”, – degan qoida mustahkamlab qo‘yilganini 

ham  ta’kidlash  zarur.  Ushbu  qoida,  bir  tomondan,  insonning  e’tiqodi  bilan  bog‘liq  huquq  va 

erkinliklarini  kafolatlasa,  ikkinchi  tomondan,  uning  tanlovi  davlat  tomonidan  muhofaza 

qilinishini  e’tirof  etadi.  Boshqacha  aytganda,  vijdon  erkinligi  bilan  bog‘liq  har  qanday  holatda 

ham fuqaroni u yoki bu tarzda majbur etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Dinga e’tiqod qilish yoki o‘zga 

e’tiqodlar  erkinligi  faqat  xavfsizlik  va  jamoat  tartibi,  boshqa  fuqarolarning  hayoti,  salomatligi, 

axloqi, huquq va erkinliklarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan darajadagina cheklanishi mumkin. 

Bu,  demokratiyaning  yorqin  belgisidir.  Zero,  demokratiya  qonunning  ustuvorligini,  ijtimoiy 

barqarorlikka  tahdid  soluvchi  harakatlarning  oldini  olish  uchun  amaldagi  me’yoriy  hujjatlar 

doirasida,  barcha  chora–tadbirlarni  ko‘rishni  ham  anglatadi.  Bunday  shakldagi  cheklashlar 

xalqaro  hujjatlarda  ham  o‘z  ifodasini  topgan.  Jumladan,  “Inson  huquqlari  Umumjahon 

Deklaratsiyasi”ning  29–moddasi  2–bandida  insonning  huquq  va  erkinliklari  boshqalarning 

huquq  va  erkinliklari  tan  olinishi  va  hurmat  qilinishi  hamda  axloq–odob  talablaridan  kelib 

chiqib, qonunda belgilab qo‘yilgan tartibda cheklanishi mumkinligi qayd etilgan. “Fuqarolik va 

siyosiy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt”ning 18 moddasi 3–bandida ham “Din yoki e’tiqodga 

sig‘inish erki qonunda belgilab qo‘yilgan va jamoat xavfsizligini saqlash, tartib, sihat–salomatlik 

va  axloq–odobni  saqlash  uchun,  ayni  vaqtda  boshqa  shaxslarning  asosiy  huquqlari  va 

erkinliklarini  saqlash  uchun  zarur  bo‘lgan  cheklashlargagina  nozil  bo‘ladi”,–  degan  qoida 

mustahkamlab qo‘yilganini ta’kidlash zarur. 

     Konstitutsiyamizning 61–moddasida vijdon erkinligini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan yana 

bir  qoida  mustahkamlab  qo‘yilgan:  “Diniy  tashkilotlar  va  birlashmalar  davlatdan  ajratilgan 

hamda  qonun  oldida  tengdirlar.  Davlat  diniy  birlashmalarning  faoliyatiga  aralashmaydi». 

Mazkur  qoida  qaysi  konfessiyaga  mansubligidan  qat’i  nazar,  diniy  tashkilotlarning  huquqiy 

maqomi tengligini va ularning hech qaysiga nisbatan biron–bir imtiyoz  yoki cheklashlarga  yo‘l 

qo‘yilmasligini  belgilaydi.  Bu,  o‘z  navbatida  davlatga  turli  dinlarga  e’tiqod  qiluvchi  fuqarolar, 

har xil diniy konfessiyaga mansub tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat, hamjihatlik va 

totuvlikni  qaror toptirish imkonini beradi.  Bu qoidaning ahamiyati  yana shundaki,  u davlatning 




diniy  yoki  dahriylik  targ‘ibotiga  oid  faoliyatni  qo‘llab–quvvatlamasligini  belgilab  beradi.Shu 

bilan birga, qayd etilgan qoidaga ko‘ra, davlat diniy tashkilotlarning sof diniy masalalari, ibodat 

va rasm–rusumlarga, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa turdagi faoliyatiga aralashmaydi, 

bu  ularning  ichki  ishi  hisoblanadi  va  davlat  nazoratidan  xoli  hisoblanadi.  Ayni  paytda,  dinning 

davlatdan  ajratilishining  o‘zi  demokratiyaning  eng  yorqin  namunasi  ekanini  ham  yodda  tutish 

zarur.  Bunday  yondashuv  chuqur  mazmunga  ega.  Zero,  shunday  paytdagina  ulkan  kuch–

qudratga  ega  bo‘lgan  davlat  organlarining  diniy  tashkilotlar  va  birlashmalar  faoliyatiga 

aralashishiga  chek  qo‘yiladi.  Ammo,  diniy  tashkilotlarning  davlatdan  ajratilgani  dinning 

jamiyatdan  ajratilganini  anglatmaydi.  Zero,  din  xalq,  jamiyat  ma’naviyatining  uzviy  qismi 

hisoblanadi.  Birinchi  prezident  I.Karimovning  quyidagi  so‘zlarida  bu  tamoyil  o‘zining  yorqin 

ifodasini  topgan:  «Mamlakatimizni  demokratik  tamoyillar,  ilm–fan  yutuqlari,  yuksak 

texnologiyalar  asosida  modernizatsiya  qilish  bilan  birga,  muqaddas  dinimizni,  milliy 

o‘zligimizni  asrab–avaylab  yashashni  maqsad  qilib  qo‘yganmiz».  Bunday  yondashuv  hayotiy 

asosga ega bo‘lib, u din sohasida kechayotgan o‘zgarishlarni xolis va ilmiy o‘rganish va shundan 

kelib  chiqib,  ijobiy  jarayonlarni  yanada  rivojlantirish,  salbiy  holatlarning  oldini  olish  uchun 

imkoniyat  yaratdi.  Davlat  o‘z  xavfsizligini,  jamiyatdagi  barqarorlik,  tenglik  va  hamkorlikni 

ta’minlash uchun zaruriy huquqiy asoslarni yaratadi hamda ularga qat’iy rioya etilishini nazorat 

qiladi.  Mamlakatimiz  Konstitutsiyasining  57-moddasida  ana  shunday  huquqiy  asoslar  o‘z 

ifodasini  topgan.  Keng  qamrovli  va  chuqur  mazmunga  ega  bo‘lgan  ushbu  moddada 

konstitutsiyaviy  tuzumni  zo‘rlik  bilan  o‘zgartirishni  maqsad  qilib  qo‘yuvchi,  respublikaning 

suvereniteti,  yaxlitligi  va  xavfsizligiga,  fuqarolarning  konstitutsiyaviy  huquq  va  erkinliklariga 

qarshi  chiquvchi,  urushni,  ijtimoiy,  milliy,  irqiy  va  diniy  adovatni  targ‘ib  qiluvchi,  xalqning 

sog‘ligi  va  ma’naviyatiga  tajovuz  qiluvchi  diniy  ruhdagi  siyosiy  partiyalar  hamda  jamoat 

birlashmalari, maxfiy jamiyatlar va uyushmalarning tuzilishi va faoliyati taqiqlangan. 




Download 299.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling