2-mavzu: Dinamik va statik massivlarni tashkil etish. Interfeyslar va ularning hisoblash murakkabligi


Ikki vektorni qanday taqqoslash mumkin?


Download 240.11 Kb.
bet7/8
Sana30.03.2023
Hajmi240.11 Kb.
#1309725
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-

Ikki vektorni qanday taqqoslash mumkin?
Agar dastur o'rtasida biz ikkita massivni taqqoslashimiz kerak bo'lsa, albatta for siklidan foydalanamiz va barcha elementlarni birma-bir tekshiramiz.
Mana shu holatda vektorning yana bir yutuq tarafi bor. Ikki vektorni taqqoslash uchun biz faqat if tarmoqlanish operatorini qo'llashimiz kerak.
if (V1 == V2) { // Taqqoslash
cout << "Ular bir xil!";
}
else {
cout << "Ular ikki xil";
}
Albatta, kompilyator baribir yacheykalarni tekshirib, ushbu ikkita vektorni aylantiradi.
Vektorlar vektori qanday yaratiladi?
Raqamlarni ikki o'lchovli massivga yozishingiz kerak bo'lishi aniq.
Vektorlar vektori quyidagicha e’lon qilinadi:
vector ma’lumot_turi >> Vektor_nomi;
Misol uchun:
Vector > V;
V.resize(10);
Vektorga vektorlarni qo'shishning yana bir usuli bor. Ushbu usul uchun biz push_back () funksiyasidan foydalanamiz:
vec.push_back(vector ());
Ikki o’lchovli vektor quyidagicha initsializatsiya qilinishi mumkin:
vector < vector > V = {{1, 4, 7},
{2, 5, 8},
{3, 6, 9}};


Vektorlar uchun aniqlangan metodlar:

  1. Size() va empty();

Agar biz vektorning uzunligini bilishimiz kerak bo'lsa, bizga size() funksiyasi kerak. Ushbu funksiya deyarli har doim for sikli bilan birgalikda ishlatiladi.
for(int i = 0; i < V.size(); i++)
{
//
}
Bundan tashqari, agar Stek bo'shligini bilishimiz kerak bo'lsa, biz - empty () funktsiyasidan foydalanishimiz mumkin. Agar yacheykada qiymatlar bo’lmasa, bu funksiya true qiymat qaytaradi. Aks holda yolg’on qiymat qaytadi.

  1. push_back() va pop_back()

2.1) push_back() funksiyasi yordamida biz vektorning oxiriga yacheyka qo'sha olamiz.
2.2) pop_back() funksiyasi buning aksini qiladi - u vektor oxirida bitta yacheykani olib tashlaydi.
push_back() funksiyasidan yacheyka qiymatini ko'rsatmasdan foydalanish mumkin emas. Qanday bo'lmasin, siz ushbu qiymatni ko'rsatishingiz kerak!
#include
#include
using namespace std;
int main() {
vector V3;
V3.push_back(8);
V3.push_back(4);
V3.push_back(3);
V3.push_back(9);
for (int i = 0; i < V3.size(); i++) {
cout << V3[i] << " ";
}
cout << endl;


V3.pop_back(); // elementini o'chirish


for (int i = 0; i < V3.size(); i++) {
cout << V3[i] << " ";
}


return 0;
}





  1. insert() funksiyasi

Yuqorida biz push_back () funktsiyasini ko'rsatdik, lekin insert () funktsiyasi yordamida ham shunday qilish mumkin. Faqatgina u yordamida siz vektorning boshiga elementlarni qo'shishingiz mumkin.


Insert() funksiyasini quyidagi dasturda qarab chiqamiz:

#include


#include

using namespace std;


int main() {


vector V(2);

V[0] = 2;


V[1] = 3;

for (int i = 0; i < V.size(); i++) {


cout << V[i] << " ";
}
cout << endl;
V.insert(V.begin(), 1); // boshiga element qo'shish

for (int i = 0; i < V.size(); i++) {


cout << V[i] << " ";
}

cout << endl;


V.insert(V.end(), 4); // Oxiriga element qo'shish

for (int i = 0; i < V.size(); i++) {


cout << V[i] << " ";
}
return 0;
}


  1. Download 240.11 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling