2-mavzu Dizaynerning ish joyi. Аsosiy materiallar va jihozlar (Аsosiy kоmplеktlаsh). Mutaxassislik uchun zaruriy jamlanmalar: eksperemental va sohaga oid
Download 43 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dizaynerning ish joyi
2-mavzu Dizaynerning ish joyi. Аsosiy materiallar va jihozlar (Аsosiy kоmplеktlаsh). Mutaxassislik uchun zaruriy jamlanmalar: eksperemental va sohaga oid. Dizaynerga murojat qilinganda, uning ijodiy faoliyatini boshlashdan avval, unga ijod qilishi uchun material va jihozlar zarurligi hamda foydalanilish turlicha bo'lishini kuzatish.mumkun. Tavsiyalarga ko‘ra ish bir necha oddiy qog‘oz va oddiy qalamlardan boshlanishi maqsadga muvofiqdir. Ish tasvimi qog‘ozga to‘g‘ri va chiroyli tarzda joylashtirishdan boshlanadi, so‘ng har bir narsani o'zaro joylashishi, ular orasidagi masofalar nisbatlar aniqianadi. Bunda qalam yengil, qog'ozga ortiq darajada bosmasdan ishlatilishi kerak. Rasmning samarali natijasiga qo‘Ini ishlatish texnikasi, rasm chizish tezligi, qalamni bosish darajasi ta’sir ko'rsatadi. Bu boTimda kostyumning kreativ grafikalarini yaratish uchun dizaynerga zarur boTgan materiallar ro‘yxati keltirilgan. Dizaynerlar tomonidan qoTlaniladigan zamonaviy materiallar modelni aniqroq tavsiflashga, mato teksturasini ifodalashga va rasmni yanada tushunarli, hamda ko‘rgazmali boTishiga imkon yaratadi. Zamonaviy libos namunalarini chizishda turli vositalar qoTIaniladi. Bunda dizayn sohasidagi professional mutaxassislar tomonidan odatda qoTlaniladigan materiallar ham berilgan. Ishda plastik vositalar qanchalik ko‘p ishlatilsa, loyiha eskizlari ham shuncha boyitilgan boTadi. Dizaynerning ish joyi Etyudnikdan har yerda foydalanish mumkin, ammo dizayner uchun uning talablariga mos tashkillashtirilgan aniq maxsus ish joyi boTishi zarur. Ranglar bilan ish olib borish jarayonida, ish joyi tabiiy yorugTik manbai bilan ta’minlangan boTishi, bunda yorugTik derazadan yoki harakatli kunduzgi lampalar (numing to'liq spektr) orqali yetkazilishi va tanlangan joy e'tiborni bir yerga jamlashga imkoniyat yaratishi kerak. Ish jarayonida dizayner uchun stol va kresloni mustahkamligi, hamda qulayligi ta’minlanishi muhimdir. Ko‘pgina dizaynerlar qiya yuzada chizishni xush ko‘radilar. Bunday vaziyatda tirgakli chizmachilik doskadan foydalanish mumkin. A2 yog‘och doska ham foydalanish uchun eng yaxshi ish quroli bo‘lib, faqat katta hajmdagi joyni egallaydi. Eng kichik o‘lcham A3 formatdir. 6-rasm. Dizaynerning ish joyi. Download 43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling