2-Mavzu: Dunyoqarash. Dunyoqarash va uning shakllari
Download 51.53 Kb.
|
2-Mavzu Dunyoqarash. Dunyoqarash va uning shakllari
2-Mavzu: Dunyoqarash. Dunyoqarash va uning shakllari Dunyoqarash — dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari. D. kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq. D.da jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy, estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning D.i ijtimoiy munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. D. insonning oʻzini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Bu jihatdan D. voqelikning inson ongidagi subʼyektiv inʼikosidir. Ayrim individning ongi bilan boglangan individual D., muayyan ijtimoiy guruh, qatlam, sinf, millat va jamiyat miqyosidagi ijtimoiy ong bilan bogʻlangan ijtimoiy D. mavjud. Bular bir-birini toʻldiradi, bir-biriga taʼsir qiladi, bir-birini rivojlantiradi. Dastlab individ dunyoni hissiy sezadi (dunyoni his qilish). Bunda individ voqelikni bevosita hissiy inʼikos etish natijasida anglaydi. Keyin voqelik xaqida toʻplagan bilimlari asosida individning D.i paydo boʻladi. Bu dunyoni anglash deyiladi. Shaxsning dunyoni anglashi orqali uning oʻzini anglashi ham shakllanib boradi. Shu tariqa dunyo haqidagi barcha bilimlar yuksak darajada umumlashtiriladi va yaxlit D. shakllanadi. D. insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida rivojlanib borgan. Uning quyidagi shakllarini kursatish mumkin: 1. Mifologik yoki afsonalarga tayanuvchi D. U voqelik haqidagi mifologik bilimlar toʻplangan va tizimga solingan bir davrda vujudga kelgan, borliqning inson ongidagi xayoliy inʼikosi sifatida qad. davr kishilari uchun xos boʻlgan. Ular voqelikni turli rivoyatlar va afso-nalar asosida tasvirlab, uni qahramonlar, yovuz va xayrli kuchlarni aks ettiruvchi obrazlar tarzida bilishgan. Tabiatdagi jonsiz jismlarni jonlantirib, olov, suv, havo, tabiat hodisalarini ham muayyan jonli obrazlarning namoyon boʻlishi deb hisoblashgan. 2. Diniy D. U olamdagi voqea va hodisalarning sabablarini ilohiy, gʻayritabiiy kuch bilan boglab tushuntiradi. Diniy eʼtiqod, tuygʻu, diniy aqidalarga ishonish, ilohiy kuchlarga sigʻinish diniy D.ning muhim jihatlari hisoblanadi. 3. Turmush bilan bogʻlangan (kundalik) D. Unda aqlga sigʻadigan tasavvurlar, olam va odam toʻgʻrisidagi oddiy anʼanaviy qarashlar aks etadi. 4. Falsafiy D. Unda butun borliq, tabiat, jamiyat, inson ruxiyati va tafakkurining eng umumiy jihatlari idrok etiladi, shu asosda olamning umumlashgan nazariy modeli yaratiladi. Falsafiy D. dunyoqarashning boshqa shakllariga tayanadi, ulardagi umumiy qonuniyatlarni, jihatlarni anglashga harakat qiladi. Falsafiy D.ning shakllanishi va rivojlanishi falsafaning paydo boʻlishi bilan uzviy bogʻliq. Inson voqelikka muayyan maqsad, manfaat va qiziqishlardan kelib chiqib yondashadi. D.ning mafkura bilan bogʻlanganligining sababi ham shundadir. D.ning koʻlami, mazmuni, markazi yoki tayanch nuqtasi kabi jihatlari bor. D. koʻlami individning butun hayoti mobaynida rivojlanib, kengayib boruvchi jihatini ifodalaydi. D. mazmu-n i individ ongida voqelikning xilma-xil jihatlari qay darajada qamrab olinganligini aks ettiradi. D. markazi yoki tayanch nuqtasi deganda, individning qanday shaxsiy hamda ijtimoiy manfaatlar majmuasi doirasidan turib olam haqida fikr yuritishi tushuniladi. Inson oʻz hayotida oʻzidan ilgari oʻtgan kishilarning turmush tajribasiga, toʻplagan bilimlariga tayanadi. D. kishilarning axloq meʼyorlari, hayotdagi intilishlari, qiziqishlari, mehnat va turmushlariga taʼsir koʻrsa-tib, katta amaliy maʼno kasb etadi. Bu dunyoda hamma o'zini anglash kerak va dunyoni anglash kerak. Download 51.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling