2-mavzu: elektr zanjirlarning asosiy elementlari (1-qism) Elektr zanjiri


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana26.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1066598
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu elektr zanjirlarning asosiy elementlari (1-qism) Elektr

2.14-rasm. Elektr zanjiri misoltariqasida 
Elektr zanjir elementlarining Volt-Amper xarakteristikalari. 
Qarshilik orqali oqayotgan tokning shu qarshilik kuchlanishiga bog‘liqlik grafigi Volt - 
Amper xarakteristikalari (VAX) deyiladi. Odatda grafikda absissa o‘qiga kuchlanish, ordinata 
o‘qiga esa tok miqdori qo‘yiladi (2.15-rasm). 
2.15-rasm. VAX ga misol 
Chiziqli VAX ga ega bo‘lgan qarshilik chiziqli qarshilik deb ataladi
(a-rasm), faqat chiziqli qarshilikka ega bo‘lgan elektr zanjirlar chiziqli elektr zanjirlar 
deyiladi.
Nochiziqli VAX ga ega bo‘lgan qarshilik nochiziqli qarshilik deb ataladi
(b-rasm), faqat nochiziqli qarshilikka ega bo‘lgan elektr zanjirlar nochiziqli elektr zanjirlar 
deyiladi.
Tok va kuchlanishga nisbatan prametrlari o‘zgaradigan elementlar nochiziqli elementlar 
deyiladi. 
Quyidagi rasmlarda chiziqli qarshilik, chiziqli kondensator va chiziqli induktivlik 
xarakteristikalari keltirilgan (2.16-rasm). 


2.16-rasm. VAXga misollar 
Elektr zanjirlarning topologik xarakteristikalari 
Elektr zanjirlari umumiy holda shoxobchalar, tugunlar va konturlardan iborat bo‘ladi. 
Elektr zanjiri sxemasining shoxobchasi deb zanjirning shunday qismiga aytiladiki, uning 
ixtiyoriy bo‘lagida tokning miqdori doimo bir xil bo‘ladi.
Shoxobcha tarkibida ixtiyoriy miqdordagi ketma-ket ulangan qarshilik, kondensator, 
induktivlik elementlari, EYuK manbalari bo‘lishi mumkin. Bunga quyidagi rasmda keltirilgan 
elektr zanjirini misol tariqasida keltirishimiz mumkin. 
 
2.17-rasm. Shoxobchalarga misol 
Unda sxemaning d nuqtasidan c nuqtasiga L1, r1 , e va r2 elementlari bo‘ylab yursak, shu 
elementlarning har biridan bir xil TOK oqishini ko‘ramiz.
Demak, sxemaning d - L1 - r1 - e - r2 - c bo‘lagi shoxobcha hisoblanadi. Shu dc oraliqni
c – C – r3 – d bo‘ylab yursak, yani bir shoxobchani ko‘ramiz.
Ushbu sxemada yana c – r4 – f, f -r6 - h, q - L2 - r7 – h va d - r5 – h shoxobchalar ham 
mavjud. Demak, har bir shoxobchadagi elementlar o‘zaro ketma-ket ulangan ekan.
Elektr zanjirining tugunlari deb shoxobchalarning kamida uchtasi ulangan nuqtalariga 
aytiladi. Tugun elektr sxemasida nuqta bilan belgilanadi. Misol sifatida yuqoridagi rasmda 
ko‘rishimiz mumkin. Undagi c, d, f, va h nuqtalar tugun deyiladi. 
2.18-rasm. Tugunlarga misol 
Elektr zanjirining konturi deb, birnecha ketma-ket shoxobchalar orqali o‘tgan ixtiyoriy 
berk yo‘lga aytiladi. Bunga misol qilib yuqoridagi rasmdagi abdca, cdhfs va fqhf konturlarni 
olishimiz mumkin. 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling