2-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi Reja


Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar


Download 98.57 Kb.
bet3/15
Sana13.11.2023
Hajmi98.57 Kb.
#1771578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-mavzu Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq falsaf-www.hozir.org

Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar. Eramizdan avvalgi X asrdan eramizning VII
asrlarigacha bo`lgan davr mahsuli bo`lgan diniy-falsafiy ta`limotlardan biri zardo`shtlikdir.
Bu ta`limotga Zardo`sht asos solgan bo`lib, Sharq va G`arbda Zaratushtra, Zaroastr nomlari bilan
mashhurdir. Manbalarga ko`ra, Zardo`sht, eramizdan avvalgi VI asrning birinchi yarmida yashagan. Lekin uning 
tarixiy yoki afsonoviy shaxs ekanli haqida aniq bir to`xtamga kelingan yo`q. U o`zini payg`ambar deb e`lon qilgan.
Lekin uning payg`ambarligi ilohiy asosga ega. Ya`ni bu haqiqat ilohiy kitoblarda o`z tasdig`ini to’magan.
Keyingi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko`rsatmoqdaki, bu ta`limot Vatanimiz hududida, xususan,
Xorazm zaminida paydo bo`lgan. U o`z davrida xalqni ezgulik va adolat g`oyalariga da`vat etish, hayotbaxsh
an`analarni shakllantirish, dehqonchilik va shahar madaniyatini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan,
uning g`oyalari bilan bog`liq qadriyatlar bugungi kungacha yashab kelmoqda va xalqimiz turmush tarzining o`ziga 
xos xususiyatlarini belgilashda ulkan qimmat kasb etmoqda.
Zardushtiylikning bosh kitobi «Avesto»dir. Unda qadimgi xalqlarning dunyo to`g`risidagi tasavvurlari,
o`ziga xos qadriyat va urf-odatlari aks etgan. Unda olamning azaliy qarama-qarshi kuchlari-yaxshilik va
yomonlik, yorug`lik va zulmat, issiqlik va sovuqliq, hayot va o`lim borasidagi qarashlar o`z ifodasini topgan.
«Avesto»da, shuningdek, tabiat falsafasi, tarix, etika, tibbiyotga oid ma`lumotlar ham berilgan.
Falsafa tarixida makedoniyalik Aleksandr (eski o`zbek tilida Iskandar deyilgan) istilosi va Grek Baqtriya davri
falsafasi ham xalqimizning taraqqiyot tarixida muhim o`rin tutgan. Manbalarda Aleksandr qo`shini mahalliy
xalqlarning qattiq qarshiligiga uchragani, u «Avesto»ning ko`pgina qismini yondirib yuborgani haqida
ma`lumotlar bor. Bugungi kungacha ham ayirim tarixchilar Aleksandr «Avesto»ning tilini bilmagani, uni o`qiy
olmagani sababli bu kitobning qadr-qimmatini tushunmagan va uni eqish to`g`risida ko`rsatma bergan, degan
fikrlarni baen etadilar. Aslida unday emas. Bu - tarixiy haqiqatni, garchand u kimlar uchundir achchiq va kimlar
uchundir ibratli bo`lsa-da haspo`shlashga urinishdan boshqa narsa emas. Negaki, Aleksandr o`z zamonida fanlarning 
otasi nom olgan falsafani fan darajasiga ko`targan, buyuk donishmand sifatida etti iqlimda tan olingan Arastudan 20
yil mobaynida muttasil ta`lim olgan edi. Binoborin, Shoh Filippning o`g`li Aleksandrni savodsiz, kitobning qadrini 
tushunmaydigan bir kimsa deb ta`riflash tarix haqiqatiga to`g`ri kelmaydi. Qadimgi manba “Avesto”da ko’rsatilgani
kabi “qanday qilib yaxshi fikrlash, yaxshi so’zlash va yaxshi ish ko’rish mumkin”, degan savolga javob to’ishga 
harakat qiladi. Bu noyob mevalardan bahramand bo’lish uchun inson falsafiy donishmandlikni o’zlashtirishi lozim: u
dunyo va uni anglab etish, inson va tabiat, inson hayotining mazmuni va boshqa shunga o’xshash muammolarda 
mo’ljal ola bilishi kerak.

Download 98.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling