2-mavzu: Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi Reja


Download 98.57 Kb.
bet4/15
Sana13.11.2023
Hajmi98.57 Kb.
#1771578
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
2-mavzu Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Sharq falsaf-www.hozir.org

Zardo’sht ta’limotida “Axriman” va “Axuramazda” yaxshilik va yomonlikning abadiy kurashi va bunda
yaxshilikning g’alabasini ifodalaydi. Zardo’shtiylik falsafasiga ko’ra, yaxshilik va yomonlik kishilarning botinida-
ichki dunyosida yashaydi. Inson Axriman yoki Axuramazda tarafida bo’lishi mumkin, chunki Ezgulik farishtasi uni
hamisha yaxshilik qilishga, lekin yovuz Axriman uni yomonlik qilishga undaydi va bu tortishuv inson hayotining 
oxirigacha davom etadi.
“Avesto”da esa insonning haq-huquqlari, burch va mas’uliyati haqida fikr bildirilgan. Jumladan, agar odam 
olgan qarzini o’z vaqtida qaytarib bermasa, u tunda birovning uyiga o’g’irlikka kirgan odam bilan barobardir.
SHuningdek unda qarindoshlarning o’zaro oila qurishi taqiqlangan, avlodlarning sog’lom, benuqson tug’ilishiga 
e’tibor qaratilgan. Bordi-yu erkak zurriyot qoldirishga qobiliyati bo’lib, so’qqa bosh bo’lib yursa, uning ‘eshonasiga
tamg’a bosish yoki beliga zanjir bog’lab yurishga majbur ekanligi belgilangan.


SHarq falsafasida qonun muammosiga ham ko’p e’tibor beriladi. Ayrim faylasuflar uni rad etgan, ayrimlar esa


unga tayangan. Xalq va podsho muammosi ham SHarq falsafasining muhim muammolaridan biri hisoblanadi
Jumladan, “Avesto” da huquqiy masalalar: jinoyat va jazo, oila va nikoh, mulk bilan bog’liq masalalarni tartibga
soluvchi qoidalar o’z ifodasini to’gan. Oilaviy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qoidalarda er xotinning bir-
biriga xiyonati yoki nikohsiz er-xotinlik munosabatlarida bo’lgan kishilar tan jazosini olgan. “Venidat” (Devlarga
qarshi kurash qonuni) ning 13, 14 boblarida suvni tejash, uni qadrlash, undan unumli foydalanish haqidagi qoidalar 
bitilgan. Unda har kuni ekinni ikki marta sug’orish mumkinligi, har bir kunda ekuvchi bir belkurak kenglik va
chuqurlikdagi ariqqa sig’adigan suv olishga haqli ekanligi, suvni taqsimlash bilan kohinlar shug’ullanishi, suvni 
ifloslantirishni taqiqlovchi qoidalar belgilagan. Bu qoidalarni buzganlarga nisbatan majburiy mehnatga jalb qilish
jazosi belgilangan
1

Download 98.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling