2-mavzu Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi Dars maqsadi


Download 107.21 Kb.
bet1/10
Sana05.01.2022
Hajmi107.21 Kb.
#218596
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
maruza matni


2-mavzu

Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi
Dars maqsadi. Qadimgi Sharqda asotiriy tasavvurlar va falsafiy bilimlarning paydo bo’lishi. Misr va Bobil falsafiy maktablari. Qadimgi Hindistonda

  • falsafiy maktablar. Markaziy Osiyoda “Avesto” ta’limotidagi falsafiy fikrlar. Konfutsiy va Lao Tszi ta’limoti.

  • Islom dinining vujudga kelishi va falsafiy ta’limoti. Ilk o’rta asr Sharq falsafasi va uyg’onish davri. Sharq panteizmi va peripatetizmi Sharq mutafakkirlari (Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino)ning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ahloqiy ta’limotlari. Ilk o’rta asrda tasavvuf va islom ilohiyotshunoslik ta’limotlari. Ularning dunyoqarash mazmuni.

  • Temuriylar sulolasi davri. Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy ijodida gumanizm g’oyalari.

XIX acp oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda ilg’or falsafiy, ijtimoiy-siyosiy fikrlar. Sharq istilosi bilan bog’liq uyg’onish harakatlari: osiyotsentrizm, panturkizm, panislomizm, ma’rifatparvarlik va jadidchilik ta’limotlari. XX-XXI asr o’zbek falsafasi.

Sharq qadimiy madaniyat o‘chog‘i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. Farb madaniyati tarixini o‘rganish jarayonida Ovrupotsentrizm nazariyasiga og‘ib ketish g‘ayriilmiy bo‘lgani kabi, masalaning Sharq bilan bog‘liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g‘oyalari ta’siriga tushmaslik lozim.

Shu bilan birga, Sharqning o‘ziga xosligi, unga mansub bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining Sharq sivilizatsiyasi quchog‘ida voyaga yetgani va uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor.

Sharq madaniyati taraqqiyotining ilk davrlari deganda, ko‘pgina mutaxassislar bizning Vatanimiz o‘tmishini, Misr, Bobil va insoniyat tarixining eng qadimgi sivilizatsiyalaridan biri bo‘lgan Shumer davrlarini esga oladi. Bularning har biri insoniyat tarixida jamiyat hayoti, qadriyatlar tizimining o‘ziga xosligi, boshqarish va iqtisodiy jarayonlarning muayyan tarzda namoyon bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Ushbu madaniyat o‘choqlari haqida maktab ta’limi jarayonida «Eng qadimgi tarix» darsliklari orqali ma’lumot berilgan. Zukko talabalar o‘sha davrlarda qanday siyosiy jarayonlar kechgani, qanday podsholik va imperiyalar bo‘lganini yaxshi biladi. Biz bugun o‘sha davrlardagi falsafiy dunyoqarash, qadimgi ajdodlarimizning fikr-mulohazalari, o‘ziga xos ta’limotlarining asosiy tamoyillari bilan yaqinroq tanishmoqchimiz. Ko‘hna Sharq sivilizatsiyasining beshiklaridan biri bo‘lgan Misr, qadimgi zamonda ilk o‘troq hayot va o‘ziga xos dehqonchilik an’analari boshlangan Nil daryosi bo‘ylaridagi madaniyat dunyo olimlari diqqatini tortib keladi.




Download 107.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling