Panislom mafkurasi mohiyati panislomizm


Download 472.34 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi472.34 Kb.
#1521159
Bog'liq
Panislom mafkurasi mohiyati


Panislom mafkurasi mohiyati
PANISLOMIZM (pan… va islom) — 19-a. oxirida butun musulmon olamini mustamlakachilarga qarshi kurashdi birlashtirish toʻgʻrisidagi harakatga Rossiya va Angliya imperiyalari, shuningdek. SSSR tomonidan berilgan sunʼiy nom.
19-a. da Kursaviy, Marjoniy, Ahmad Donish kabi yirmk ulamolar va maʼri-fatparvarlar islom dinini isloh qilish fikri bilan chiqib. muayyan dasturlar tuzishgan. Ularnish bu fiqolari Buxoroda ayrim mutaassib jamolarning jiddiy qarshiligiga uchragan. Afgon maʼrifatparvari, diniy va siyosiy arbob Jamoliddin al-Afgʻoniy 19-a. ning 70-y. laridan boshlab bu qarashlarni yaxlitlashtirib, islomchilik na-zariyasiga asos solgan. Keyinchalik uni rivojlantirishda Muhammad Abdu, Ikrom domla, Gasprinskiy, Fitrat, Behbudiy, Abdurashid Ibrohimov, Munavvarqori kabi siymolarning muayyan darajada xizmatlari boʻlgan.
Fitrat oʻzining «Rahbari najot» («Najot yoʻli»; 1914) asarida millatni mustamlakachilik zulmi va koloklik girdobidan qutqarishda Qurʼoni karimni musulmonlarning rahbar va rahnamosi — najot dasturi (yoʻli) deb tushunadi. Bu muqaddas kitob va islom dini gʻoyalari atrofida millatni jipslashtirishga daʼvat etadi.
Islomchilik gʻoyasi Turkistonda min-taqa jamoatchiligi ongida islom dini va jamiyatni isloh qilish, uni yangilash, boshqa sivilizatsiyalarning ilgʻor ilmiy, texnikaviy va madaniy yutuklaridan foydalanish, fan, taʼlim sohalarini rivojlantirish gʻoyalari bilan uygʻunlashgan tarzda kuchayib borgan.
Turkiston oʻlkasi general-gubernatori S. M. Duxovskiy «Turkistondagi islom» (T., 1899) nomli maxsus maʼruzasida Rossiya imperiyasida yashovchi musulmonlarning ijtimoiy-siyosiy faolligi kuchayganligini eʼtirof etib, maʼmurlarni Panislomizmga karshi kurashga chaqiradi.
Islomchilik gʻoyasi Turkiston mintaqasida sovet rejimiga karshi olib borilgan qurolli kurashda maʼlum rol oʻynagan. Shuningdek, u Turkiya, Eron, Afgʻoniston va b. Sharq mamla-katlarida boʻlgan inqiloblarda musulmon xalqlarini birlashtiruvchi gʻoya sifatida maydonga chiqqan. Ikkinchi jahon urushipgm keyin mustamlakachilik tizimining yemirilishida uning ham hissasi boʻlgan.
Biroq islomchilik gʻoyasi vujudga kelgan paytidan boshlab Rossiya va Angliya hukmron doiralari tomonidan panislomizm (ulugʻ islomchilik) tarzidasoxtalashtirilgan edi. Xususan, Rossiya bolsheviklarining fikricha, bu gʻoya butun islom xalqlarini yagona davlat — xalifalik tuzish uchun kurashga daʼvat qilar emish.
Sovet Rossiyasi va SSSR raxbariyati Panislomizmga qarshi kurashda xuddi turkchilik va turonchilikka nisbatan boʻlga-nidek qatiy choralar koʻrgan. Ular Panislomizm va Panturkizmpp jadidchilik va bosmachilik harakatining asosiy mafku-rasi deb hisoblashgan.
Download 472.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling