2-mavzu Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi Dars maqsadi


Download 107.21 Kb.
bet6/10
Sana05.01.2022
Hajmi107.21 Kb.
#218596
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
maruza matni

Markaziy Osiyoda buddaviylik ham o‘z o‘rniga ega. U diniy-falsafiy ta’limot sifatida qadimgi Hindistonda eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va V asr boshlarida vujudga kelgan. U jahonda keng tarqalgan dinlardan biridir. Bu ta’limotga asos solgan donishmand Sidxarta urug‘idan chiqqan Gautama hisoblanadi. Keyinchalik u «Budda», ya’ni nurlangan degan laqabga ega bo‘lgan. Buddaviylik islomga qadar O‘rta Osiyoda tarqalgan qadimgi dinlar orasida mavqe jihatidan juda katta o‘rin tutadi. Bu ta’limot O‘rta Osiyoga eramizdan avvalgi II-I asrlarda kirib kelgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, uni Toxaristonga balxlik savdogarlar olib kelishgan. Kushonlar davrida buddaviylik dini hukmron dinga aylangan edi. «Xalqchil bo‘lganligi uchun O‘rta Osiyoga keng yoyilgan. Buddaviylikning O‘rta Osiyoga yoyilishi quyidagi to‘rt bosqichdan iborat.

Birinchi bosqich. Kushonlardan oldingi davr. Bu eramizdan avvalgi I asrga to‘g‘ri keladi. Bu davrga oid yozma manbalar bizgacha yetib kelmagan.

Ikkinchi bosqich. Kushonlar davri (eramizning II-IV asrlari) Bu davrda buddaviylik O‘rta Osiyoga keng tarqalgan edi. Ayniqsa, uning axloqqa oid masalalar, halq ommasini sabr-qanoat va bardoshga da’vat etuvchi g‘oyalarni ilgari surganligi muhim ahamiyat kasb etgan.

Uchinchi bosqich. Bu davrda O‘rta Osiyoda buddaviylik ta’limotining manbalari yoyilgan.

To‘rtinchi bosqich. (IX-XIV asrlar) islom O‘rta Osiyoda hukmron dinga aylanishi bilan bu din siqib chiqarilgan va juda zaiflashib ketgan.

Buddaviylikning O‘zbekiston va Hindiston xalqi o‘rtasida o‘z davrida ma’naviy ko‘prik bo‘lib xizmat qilganligi aniq. Xalqlarimiz orasidagi do‘stlik va birodarlikning ildizlari ham o‘sha davrga borib taqaladi va bugungi kunda aksariyat kishilar, ayniqsa, yoshlarimizning hind xalqi, uning madaniyati va san’atiga qiziqishi tasodifiy emas.




Download 107.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling