6.Antarktikolam. - Antarktik olamga Antarktikadan tashqri, u erda bir necha turdagi o‘simliklar o‘sadi xolos. Janubiy okeannning Folklend, Kerchelen va boshqa orollari va Janubiy Amerikaning eng janubiy qismi G‘arbiy Patogoniya, Olovli Yer ularning janubidagi orollar mansub. Ko‘plab botaniklar bu floristik olamga Yangi Zellandiya, hech bo‘lmaganda uning Janubiy orollarini kiritishadi. Turli oilalarning tarkibiga antarktik olamning 13 maxsuslashgan turkumi mansub, masalan Acaena (Ra’nodoshlar oilasidan)g‘alatiroq tig‘iz yostiq ko‘rinishidagi Azorella juda katta bargli Gunnera va janubiy buk-Nothofagus shular jumlasidan.
- Agarda qayd etilgan oltita floristik olamni joylanishi va kattaliklariga qarasak, janubga tomon ularning hududlari kichiklashganligini va bo‘laklarga bo‘linganligi ko‘zga tashlanadi. Shimoliy yarimsharning tropik qismidan tashqarisini jami bitta yagona golarktik floristik olamdan iborat bo‘lgan xolda, tropik va subtropik hududlar ikkita, janubrog‘idagi hududlar xatto uchta olamga mansub. Quruqlikda ro‘y bergan tarixiy geologik jarayonlar floraning rivojlanishida naomyon bo‘lgan. Qit’alarning ajralishi ma’lumki, janubdan boshlangan va u kuchliroq ravishda shimolda namoyon bo‘lgan. SHu bilan birga floraning turli olamlarga mansublari shundan dalolat beradikki, bir floristik olamning o‘simliklar dunyosi boshqa o‘simliklar olamidan ajralgan xolda bo‘lmagan.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |