2-Mavzu: floristik olamlar va yerning o‘simlik mintaqalari


Download 188.28 Kb.
bet1/3
Sana13.12.2022
Hajmi188.28 Kb.
#1000020
  1   2   3
Bog'liq
2-Mavzu

2-Mavzu: FLORISTIK OLAMLAR VA YERNING O‘SIMLIK MINTAQALARI

Reja

1.Goloarktik olam.

2.Paleotropik olam.

3.Neotropik olam.

4.Avstraliya olami.

5.Kap olami.

6.Antarktik olam

1.Goloarktik olam.

  • Egallagan hududiga ko‘ra bu olam planetamizda eng kattasi hisoblanadi. U shimoliy yarimsharning neotropik qismi bo‘ylab yoyilib joylashgan. Bu olam o‘simliklarning ko‘plab oila va turkumlarini o‘z ichiga olib ko‘pchiligi istesnosiz xolda shu joyda tarqalgan yoki kelib chiqishi bilan bog‘langan. Gap shundaki, biz uchun odatiy bo‘lgan Aceraceae, Umbelliraceae, Cruciferaceae, Apiaceae, Brassicaceae, Caryophyllaceae, Betalaceae, Fagaceae, Rosaceae, Primulaceae, Ranunculaceae va boshqa oilalarning turkumlarini o‘simliklari bu olamda keng tarqalgan.
  • Bu katta floristik olam turlicha iqlim sharoitli hududlardan iborat, natijada floristik tarkib ham turlichaligi bilan ifodalanadi. Golarktik olamni turli tadqiqotchilar 8 dan 12 tagacha floristik viloyatlarga bo‘ladilar. Bu mazkur viloyatlarning iqlimiy sharoitidan kelib chiqqan xolda o‘ziga xos o‘simliklar jamoasi shakllangan.
  • Sinkumbar floristik viloyat tundra mintaqasiga;
  • Sirkumboreal mintaqa boreal tipdagi ninabargli o‘rmonlar mintaqasiga; yozgiyashil aralashbargli o‘rmonlar o‘rtaevropa viloyatiga; makroneziya-o‘rtadengiz viloyati qattiqbargli (sklerofil) o‘simliklar jamoasiga; pontika-janubiysibir viloyati cho‘llarga, turon viloyati sahro va chalasahrolarni o‘z ichiga oladi. Bu olamning boshqa floristik viloyatlari ham shu tarzda taqsimlanadi.
  • Floristik viloyatlarni taqsimlanishida avvalo muzlik davrining ta’sirini hisobga olgan xolda tarixiy rivojlanishi nazarda tutiladi.

2. Paleotropikolam

  • Bu olam egallagan hududiga ko‘ra ikkinchi o‘rinda turadi, tarqalgan o‘simliklarning turlariga ko‘ra boshqa barcha olamlardagidan boyroq. U Eski Dunyoning tropiklar va subtropiklarini ya’ni Afrikaning katta qismini Old Osiyo, Hindiston, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Tinch okeanining orollarini o‘z ichiga oladi. Yangi Zelandiyaga kelsak, uni bir tadqiqotchilar paleotrop olamiga mansub hisoblashsa, boshqalari Avstraliya yoki Antarktik viloyatga birlashtirishadi.
  • Tropiklarda tarqalgan turkum o‘simliklarning 47% ga yaqini paleotropik olamda, 40% neotropik va faqat 13% esa har ikkala olamga mansub. Ularni pantotropik turkumlar deb ataladi. Pantotropik turlar juda oz. Shu bilan birga ko‘plab oilalar ham borki ularning vakillari bitta olamda yohud boshqa floristik olamda tarqalgan.
  • Paleotropik olamda Nepenthaceae, Pandanaceae, Myristicaceae, Asclepidaceae, Dipterocarpaceae poyasi sukkulentlar guruhidan Euphorbia turkumi, Moraceaeoilasining ko‘pchiligi, ayniqsa Ficus turkum Liliaceae oilasining turkumlari–Aloe, Sanservinia va Dracena tarqalgan.
  • Floradagi o‘ziga xos xususiyatlarga ko‘ra paleotrop olam Hindiston-Afrika (g‘arbiy) va Malaziya (sharqiy) qismga bo‘lishadi. Bunday bo‘linish floraning tarixiy rivojlanishi bilan bog‘lanadi.

Download 188.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling