2-mavzu. Fonetika. Talaffuz va urg‘u reja: Fonetika. Urg‘u. So‘z urg‘usi va uning turlari


Download 76.5 Kb.
bet3/5
Sana07.02.2023
Hajmi76.5 Kb.
#1173299
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu. Talaffuz va urg\'u

1. Logik urg‘u - tinglovchining e‘tiborini gap bo‘laklaridan biriga alohida jalb etish, shu bo‘lak orqali ifodalangan ma‘noni maxsus ta‘kidlash uchun ko‘llanadigan urg‘u. Gapning logik urg‘u olgan bo‘lagi odatda boshqa bo‘laklardan kuchliroq talaffuz etiladi. Qiyos qiling: 1) Men universitetda o‘qiyman (boshqa birov emas, men...) 2) Men universitetda o‘qiyman (litseyda emas, universitetda...) 3) Men universitetda o‘qiyman (ishlamayman, o‘qiyman...) kabi. Logik urg‘u ob‘ekta bo‘lgan bo‘lakning leksik urg‘uli bo‘g‘ini boshqa bo‘g‘inlardan kuchliroq, undagi unli esa ancha cho‘ziq talaffuz etiladi. 2. Emfatik urg‘u (emotsional urg‘u). Urg‘uning bu turi ham biror gap bo‘lagini alohida ta‘kidlashga asoslanadi, ammo logik urg‘uda bo‘lakning (so‘zning) ma‘no tomoni ta‘kidlansa, emfatik urg‘uda shu ma‘no bilan birga so‘zlovchining his-hayajoni, voqelikka bo‘lgan sub‘ektiv munosabatini ifodalash ham maqsad qilinadi: bu urg‘u gapdagi so‘zning ta‘sirchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi. Masalan: "Eh, qanday go‘zal manzara! Tabiat shu daraja go‘zalki, ko‘rib bahridiling ochiladi!" Bu gapda qanday va go‘zal so‘zlariga, aniqrog‘i, shu so‘zlardagi "qan-" va "-zal " bo‘g‘inlariga emfatik urg‘u tushgan: shu bo‘g‘inlardagi unli tovush ancha cho‘ziq va maxsus ton bilan talaffuz etilgan.
INTONATSIYA (Intonema) haqida
Intonatsiya - og‘zaki nutqning ritmik-melodik tomoni, undagi ovoz (ton) tovlanishlari. Intonatsiya bir qator supersegment elementlar (ovoz toni, melodika, ritm, tembr, pauza, temp va boshqalar) ishtirokida tarkib topadi va gap mazmunining, undagi emotsional-ekspressiv jihatlarning ifodalanishida muhim rol o‘ynaydi. Demak, intonatsiya og‘zaki nutqning majburiy fonetik komponentidir, usiz gap yoki nutq shakllanmaydi va ifodalanmaydi. Tilshunoslikning intonatsiya yoki intonema bilan shugul-lanuvchi sohasi intonologiya deyiladi. Har qanday nutq harakatdir, bu harakat esa albatta ma‘lum intonatsiya bilan qo‘shilib, qorishib yuzaga keladi: nutqning toni, sur‘ati, pauzalari, tonning balandligi va kuchi gapning mazmuni va emotsionalligi talablaridan kelib chiqqan holda o‘zgarib, tovlanib turadi. Demak, intonatsiyasiz gap ham bo‘lmaydi: har bir gapning o‘ziga xos intonatsiyasi borligi ham shundan. Intonatsiya, yuqorida aytib o‘tilganidek, bir qator prosodik elementlardan tarkib topadi. Bunday elementlar fizik-akustik va fonologik jihatdan o‘zaro quyidagicha farqlanadi:

Download 76.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling