2-MAVZU.
FOTOMETRIK KATTALIKLAR. YORUG‘LIK KUCHI, YORITILGANLIK, RAVSHANLIK, YORUG‘LIK OQIMI.
Yorug`lik kuchi I1=75cd va I2=48cd bo`lgan ikkita lampa bir-biridan l=1,8m masofada joylashgan. Yoritilganliklar har ikkala tomondan bir xil bo`lishi uchun fotometrik ekranni ular orasiga qayerga joylashtirish kerak.
Xira shishadan yasalgan stol lampasi 20cm diametrli shar shakliga ega. Manbaning yorug`lik kuchi 6 cd. To`la yorug`lik oqimini aniqlang.
2 lm yorug`lik oqimi tomoni 50 cm ga teng bo`lgan kvadrat shaklidagi parta sirtiga tik tushmoqda. Sirtning yoritilganligi qancha?
Stol tepasida 1,2 m balandlikka osigliq turgan lampani pastga tushirib, uning tagida 1,0 lx yoritilganlik olindi. Lampaning yorug`lik kuchi 1cd. Lampa qancha pastga tushirilgan?
Balandligi 6,0 m bo`lgan simyog`ochdagi 500 cd yorug`lik kuchiga ega bo`lgan lampa osilgan. Simyog`ochdan qanday masofada Yer sirtining yoritilganligi 3,0 lx bo`ladi?
Adabiyotlar.
Volkenshteyn V.S. “Sbornik zadach po obshemu kursu fiziki” M.2004.
Landsberg G.S. "Optika" T 1981.
Karimov R., Otajonov Sh., Eshjanov V., I.|Buribaev |Optikadan masalalar va laboratoriya ishlari to’plami O’quv qo’llanma, Toshkent, 2016.
Qo’yliyev V.T. “Optika” “Fan va texnologiya” T. 2014.
Do'stlaringiz bilan baham: |