2-mavzu. Gidrofob xususiyatga ega maxsus trikotaj to’qimalairni ishlab chiqarish usullari


Download 273.82 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi273.82 Kb.
#1538482
Bog'liq
2. mavzu



2-mavzu. Gidrofob xususiyatga ega maxsus trikotaj to’qimalairni 
ishlab chiqarish usullari 
2. Gidrofob xususiyatga ega maxsus trikotaj to’qimalairni turli usullarda ishlab 
chiqarish. Bichish usulida trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish. 
Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida Oʼzbekiston 
Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri ishlab 
chiqarish samaradorligini oshirishdir. 
Trikotajni ishlab chiqaruvchi tarmoq xom ashyoni koʼp isteʼmol qiluvchi 
tarmoqlardan hisoblanadi (tannarxning 80% gacha). Bu sohada yangi mahsulot 
turlarini yaratish, ularning turlarini koʼpaytirish kabi masalalar qatori trikotajni 
ishlabchiqarishda xom ashyo sarfini kamaytirish muhim ahamiyatga ega. Bu 
yoʼnalishda trikotaj sohasi mutahasislari tomonidan, xususiyatlari yuqori darajada 
saqlangan holda, trikotajning yangi resurstejamkor strukturalarini yaratib, ularning 
parametrlari, xususiyatlari va xom ashyo sarfi tahlil qilish ishlari olib borilmoqda. 
Taklif etilayotgan texnologiya va uning yechimlaridan foydalanib, yangi tuzilishga 
ega boʼlgan trikotaj toʼqimalarini yaratilishi, ularni trikotaj mashinalarida toʼqib 
ishlab chiqarilishi, shuningdek, mahsulot birligiga nisbatan xom ashyo sarfining 
tejalishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. 
Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni koʼrsatdiki, naqsh samarasiga ega trikotaj 
toʼqimalarini bir xil xom ashyo (ip) dan foydalanib toʼqib olishda, toʼqima 
tuzilishiga bogʼliq xolda, asos toʼqimasi hajm zichligining kamayishi va toʼqima 
qalinligining ortishi aniqlandi. 
Trikotaj 
toʼqimasining tuzilishi oʼzgarishi hisobiga yuza zichlik 
koʼrsatkichlari kamayishi va qalinligini ortishi, uning fizik-mexanik xususiyatlarini 
jumladan, choʼzilishdan soʼng boshlangʼich holatiga qaytishini sezilarli darajada 
yaxshilash imkonini beradi va bu trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Natijada xom ashyo sarfi kam boʼlgan trikotaj mahsulotlari 
ishlab chiqarishga va resurstejamkor texnologiyani yaratishga olib keladi. Ushbu 
dissertatsiya ishida toʼqima strukturasi
Murakkab tuzilishli trikotaj toʼqimalarini qoʼllanish koʼlamini kengaytirish, 
trikotaj matolariga maxsus ishlov berish va maxsus maqsadlarda ishlatilishi uchun 
tavsiyalar berish maqsadida bir qancha tajriba sinov ishlari olib borildi.


Buning uchun turlicha murakkablikdagi tuzilishga ega boʼlgan 6ta variant trikotaj 
matosi tanlab olindi. Dastlab ularning texnologik koʼrsatkichlari va fizik-mexanik 
xususiyatlari aniqlandi. Tajriba natijalari 14-15-jadvallarda keltirilgan. 
Gidrofob trikotaj toʼqimalarining yuza zichligi tahlili (86-rasm) shuni koʼrsatadiki, 
yuza zichligi 133,62-250 g/m2 ni tashkil qiladi, bu oʼzgarish bunday trikotaj 
toʼqimalari uchun 46% ni tashkil qiladi. 
Xomashyo sarfiga yuza zichligi bevosita, hajm zichligi esa toʼqima kalinligi 
orqali bogʼliq boʼlgani uchun shu koʼrsatkich orqali baho berish toʼgʼri boʼladi. 
Hajm zichligi 206,8 dan 357,1 gacha oʼzgargan, bu 42% ni tashkil qiladi. Yuza 
zichligining 46% oʼzgarishi hajm zichligining 42% oʼzgarishiga olib kelgan. 
Suvni oʼtkazmaydigan pardoz - texnik maqsadda ishlatiladigan matolar, masalan 
palatkalar tikish uchun ishlatiladigan, turli buyumlarning ustini yopishda 
ishlatiladigan brezentlar uchun, parus matolar uchun qoʼllaniladi. Bunday pardoz 
berilgan matoning yuzasi yaxlit plyonka bilan qoplanadi. 
Suvni itaruvchi pardoz - kiyim-kechak uchun ishlatiladigan matolarga (plaщ, 
kurtkalar, sport kiyimlari) va boshqa maishiy maqsadda ishlatiladigan matolarga 
qoʼllaniladi. Bunday pardoz berilgan mato sirti yaxlit plyonka bilan qoplanmaydi. 
Bunday mato havoni va suv bugʼlarini bemalol oʼtkazadi, lekin oʼziga suv 
shimmaydi, suvni itarish xossasiga ega.
Mato bunday xossaga erishishi uchun unga maxsus preparatlar shimdiriladi, lekin 
bunda mato toʼqimalarining teshiklari bekilib qolmaslik sharti bajarilishi kerak. 
Gidrofob pardoz berish maqsadida quyidagi preparatlardan foydalanish mumkin: 
1.
Turli parafinlar emulьsiyasi. 
2.
Xrom kompleks birikmalari. 
3.
Аlyuminiyning kompleks birikmalari. 
4.
Si (silikat) organik birikmalar. 
5.
Tarkibida piridli tutuvchi yuqori yogʼ kislotalari. 
6.
Mochevina va uning hosilalari. 
7.
F (ftor)li birikmalar va h.k. 
Shulardan birinchisi - parafin emulsiyasi suv oʼtkazmaydigan pardoz berish uchun 
ishlatiladi, qolganlari esa asosan suvni itaruvchi pardoz berishda qoʼllaniladi. 

Download 273.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling