2-mavzu. Gidrofob xususiyatga ega maxsus trikotaj to’qimalairni ishlab chiqarish usullari
Download 273.82 Kb. Pdf ko'rish
|
2. mavzu
2-mavzu. Gidrofob xususiyatga ega maxsus trikotaj to’qimalairni ishlab chiqarish usullari 2. Gidrofob xususiyatga ega maxsus trikotaj to’qimalairni turli usullarda ishlab chiqarish. Bichish usulida trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish. Erkin raqobatga asoslangan bozor iqtisodiyoti sharoitida Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy omillaridan biri ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdir. Trikotajni ishlab chiqaruvchi tarmoq xom ashyoni koʼp isteʼmol qiluvchi tarmoqlardan hisoblanadi (tannarxning 80% gacha). Bu sohada yangi mahsulot turlarini yaratish, ularning turlarini koʼpaytirish kabi masalalar qatori trikotajni ishlabchiqarishda xom ashyo sarfini kamaytirish muhim ahamiyatga ega. Bu yoʼnalishda trikotaj sohasi mutahasislari tomonidan, xususiyatlari yuqori darajada saqlangan holda, trikotajning yangi resurstejamkor strukturalarini yaratib, ularning parametrlari, xususiyatlari va xom ashyo sarfi tahlil qilish ishlari olib borilmoqda. Taklif etilayotgan texnologiya va uning yechimlaridan foydalanib, yangi tuzilishga ega boʼlgan trikotaj toʼqimalarini yaratilishi, ularni trikotaj mashinalarida toʼqib ishlab chiqarilishi, shuningdek, mahsulot birligiga nisbatan xom ashyo sarfining tejalishi hisobiga iqtisodiy samaradorlikka erishiladi. Olib borilgan tadqiqot natijalari shuni koʼrsatdiki, naqsh samarasiga ega trikotaj toʼqimalarini bir xil xom ashyo (ip) dan foydalanib toʼqib olishda, toʼqima tuzilishiga bogʼliq xolda, asos toʼqimasi hajm zichligining kamayishi va toʼqima qalinligining ortishi aniqlandi. Trikotaj toʼqimasining tuzilishi oʼzgarishi hisobiga yuza zichlik koʼrsatkichlari kamayishi va qalinligini ortishi, uning fizik-mexanik xususiyatlarini jumladan, choʼzilishdan soʼng boshlangʼich holatiga qaytishini sezilarli darajada yaxshilash imkonini beradi va bu trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishda muhim ahamiyat kasb etadi. Natijada xom ashyo sarfi kam boʼlgan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga va resurstejamkor texnologiyani yaratishga olib keladi. Ushbu dissertatsiya ishida toʼqima strukturasi Murakkab tuzilishli trikotaj toʼqimalarini qoʼllanish koʼlamini kengaytirish, trikotaj matolariga maxsus ishlov berish va maxsus maqsadlarda ishlatilishi uchun tavsiyalar berish maqsadida bir qancha tajriba sinov ishlari olib borildi. Buning uchun turlicha murakkablikdagi tuzilishga ega boʼlgan 6ta variant trikotaj matosi tanlab olindi. Dastlab ularning texnologik koʼrsatkichlari va fizik-mexanik xususiyatlari aniqlandi. Tajriba natijalari 14-15-jadvallarda keltirilgan. Gidrofob trikotaj toʼqimalarining yuza zichligi tahlili (86-rasm) shuni koʼrsatadiki, yuza zichligi 133,62-250 g/m2 ni tashkil qiladi, bu oʼzgarish bunday trikotaj toʼqimalari uchun 46% ni tashkil qiladi. Xomashyo sarfiga yuza zichligi bevosita, hajm zichligi esa toʼqima kalinligi orqali bogʼliq boʼlgani uchun shu koʼrsatkich orqali baho berish toʼgʼri boʼladi. Hajm zichligi 206,8 dan 357,1 gacha oʼzgargan, bu 42% ni tashkil qiladi. Yuza zichligining 46% oʼzgarishi hajm zichligining 42% oʼzgarishiga olib kelgan. Suvni oʼtkazmaydigan pardoz - texnik maqsadda ishlatiladigan matolar, masalan palatkalar tikish uchun ishlatiladigan, turli buyumlarning ustini yopishda ishlatiladigan brezentlar uchun, parus matolar uchun qoʼllaniladi. Bunday pardoz berilgan matoning yuzasi yaxlit plyonka bilan qoplanadi. Suvni itaruvchi pardoz - kiyim-kechak uchun ishlatiladigan matolarga (plaщ, kurtkalar, sport kiyimlari) va boshqa maishiy maqsadda ishlatiladigan matolarga qoʼllaniladi. Bunday pardoz berilgan mato sirti yaxlit plyonka bilan qoplanmaydi. Bunday mato havoni va suv bugʼlarini bemalol oʼtkazadi, lekin oʼziga suv shimmaydi, suvni itarish xossasiga ega. Mato bunday xossaga erishishi uchun unga maxsus preparatlar shimdiriladi, lekin bunda mato toʼqimalarining teshiklari bekilib qolmaslik sharti bajarilishi kerak. Gidrofob pardoz berish maqsadida quyidagi preparatlardan foydalanish mumkin: 1. Turli parafinlar emulьsiyasi. 2. Xrom kompleks birikmalari. 3. Аlyuminiyning kompleks birikmalari. 4. Si (silikat) organik birikmalar. 5. Tarkibida piridli tutuvchi yuqori yogʼ kislotalari. 6. Mochevina va uning hosilalari. 7. F (ftor)li birikmalar va h.k. Shulardan birinchisi - parafin emulsiyasi suv oʼtkazmaydigan pardoz berish uchun ishlatiladi, qolganlari esa asosan suvni itaruvchi pardoz berishda qoʼllaniladi. Download 273.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling