2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy


O’zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar


Download 337.11 Kb.
bet3/5
Sana23.01.2023
Hajmi337.11 Kb.
#1113897
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-MAVZU

O’zbekiston Respublikasida mehnat muhofazasini nazorat qiluvchi tashkilotlar
Mehnat muhofazasi bo‘yicha qonunlarning bajarilishini nazorat qilib turish quyidagi davlat tashkilotlariga yuklangan:
1. O’zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi.
2. ≪Sanoatkontexnazorat≫ agentligi.
3. O’zbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligining sanitariya epidemiologiya nazorati.
4. Respublika Ichki ishlar vazirligining yong‘indan muhofaza qilish Bosh boshqarmasi.
5. O’zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionerlik jamiyati.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi korxonalarda xavfsiz ishlash, texnika xavfsizligi bo‘yicha me’yor qoidalariga, sanoat sanitariyasi va mehnat gigiyenasiga hamda mehnat qonunchiligiga rioya qilish masalalarini nazorat qiiadi. Har bir tarmoq o‘z texnik inspektoriga ega.
≪Sanoatkontexnazorat≫ agentligi bug‘ qozonlarining to‘g‘ri ishlashini, bosim ostida ishlaydigan idishlami, yuk ko'tarish mashinalari (ko‘tarma kranlar, liftlar), ekskavatorlar, gaz uskunalari magistral quvurlari ishini va portlovchi moddalarni ishlatish, saqlash va tashish ishlarini nazorat qiiadi.
Respublika sanitariya-epidemiologiya nazorati havo, suv va tuproqni ifloslanishdan ogohlantirish, shovqin va titrashni yo‘qotish, sexlarning sanitariya holatlarini yaxshilash (harorat, nisbiy namlijc, yoritilganlik va h.k.) ishlarini nazorat qiiadi.
Davlat yong‘in nazorati yong‘inga qarshi tadbirlarni, o‘t o‘chirish vositalarining holatini, yong‘in haqida xabar berish vositalarining ishini nazorat qiiadi.
O’zbekiston Respublikasi energetika va elektrlashtirish Davlat aksionerlik jamiyati korxonalardagi energiya tizimlarining texnik ekspluatatsiyasini va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishni nazorat qiiadi. Hozirgi paytda to'qimachilik korxonalarida ham uch pog'onali nazorat keng joriy qilingan:
I pog'ona — har kuni usta va jamoatchi-nazoratchi birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘radilar.
II pog'ona — har hafta sex boshlig‘i katta jamoatchi-nazoratchi bilan birgalikda sexdagi ish joylarini aylanib chiqib, uchragan kamchiliklarni tuzatish choralarini ko‘radilar.
III pog'ona — oyda bir marta korxona bosh muhandisi mehnat muhofazasi muhandisi bilan birgalikda ish joylarini aylanib chiqadilar. Bu nazorat bo'yicha korxonada qaror chiqariladi.
Barcha korxona, tashkilot, muassasa, vazirliklar va tarmoqlarda mehnat muhofazasi qonunlari bajarilishining oliy nazorati Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yuklatilgan.

Download 337.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling