2-mavzu. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy


Jarohatlami tadqiq qilish turlari. Statistik turida


Download 337.11 Kb.
bet5/5
Sana23.01.2023
Hajmi337.11 Kb.
#1113897
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-MAVZU

Jarohatlami tadqiq qilish turlari. Statistik turida jarohatlarning qaytarilishiga chastota va og‘irlik nisbiy ko‘rsatkichlarida taqqoslab baho beriladi:
bu yerda, Kch — chastota koeffitsiyenti; a — hisobot vaqtida sodir bo‘lgan jarohatlar soni; b — ishlovchilarning ro'yxat bo'yicha soni; 1000 — solishtirma son.
bu yerda, Ko - og'irlik koeffitsiyenti; S — ishga yaroqsizlik tufayli yo'qotilgan
kunlarning umumiy soni.
Monografik turida eng xavfli hisoblangan uchastka, sex yoki mashina tanlab olinadi va har taraflama sinchiklab o'rganiladi. Masalan, mashina bo'lsa, xom ashyoning ishlatilishi, tayyor mahsulot chiqarilishi, texnologiyasi, kinematikasi, elektr sxemasi, chiqindilar chiqishi, ekspluatatsiyasi va h.k. Natijada, nafaqat bo‘lib o ‘tgan, balki bo'lishi mumkin bo'lgan baxtsiz hodisalarning sabablari ham aniqlanadi. Bu esa baxtsiz hodisalami kamaytirish bo'yicha tadbirlar tuzish imkonini beradi.
Topografik turi bo'lib o‘tgan baxtsiz hodisalami joylari bo'yicha o‘rganish imkonini beradi. Butun baxtsiz hodisalar sex yoki korxona rejasiga ma’lum belgilar bilan belgilanib boriladi. Yilning oxirida belgilar soniga qarab eng xavfli uchastka aniqlab olinadi. Bunga qarab profilaktik tadbirlar belgilanadi.
Iqtisodiy turida korxonaning jarohatlar tufayli ko'rgan zarari hamda baxtsiz hodisalarning oldini olish tadbirlarining ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligi baholanadi.
Har bir baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh darhol ustaga, sex boshlig'i yoki ishboshiga xabar berishi kerak. Usta bu haqda eshitgan zahoti tibbiyot punktiga, sex boshlig'iga xabar beradi.
Sex boshlig‘i zudlik bilan korxona bosh muhandisiga va kasaba uyushmasi qo'mitasiga voqeani bildiradi. Taftish komissiyasi tuziladi. Unga mehnat muhofazasi muhandisi ham kiritiladi. Baxtsiz hodisa sodirbo'lgan sharoit, uning sabablari o'rganilib, ogohlantirish bo'yicha tadbirlar tuziladi. Sex N -1 shaklda uch nusxada baxtsiz hodisa haqida akt tuzadi va korxona bosh muhandisiga tasdiqlash uchun yuboradi. Korxona bosh muhandisi uch sutka davomida bo'lib o'tgan baxtsiz hodisani ko'rib chiqib, aktni tasdiqlaydi va baxtsiz hodisaga sabab bo'lgan kamchiliklarni tuzatadi.
O'limga olib kelgan yoki bir guruh kishilar bilan ro'y bergan baxtsiz hodisalar alohida sinchkovlik bilan taftish qilinadi va hisobga olinadi. Baxtsiz hodisalami o ‘z vaqtida taftish qilish, hisobga olish, tadbirlarni bajarish masalalari uchun korxona rahbarlari, bosh muhandis, sex boshliqlari, ustalar va uchastka rahbariari javobgardirlar. Korxona ma’muriyati jabrlanuvchiga uning talabi bilan baxtsiz hodisa haqidagi aktning tasdiqlangan bir nusxasini taftish tugagach, uch kundan kechiktirmay qo'liga topshirishi kerak.
Baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarining sabablari asosan ikki turli: tashkiliy—ish joyining qoniqarli tashkil qilinmaganligi, texnik—nazoratning yetarli emasligi (yo'riqnomalaming o‘z vaqtida, to'liq o'tilmasligi) va texnik-texnologik jarayonning mukammal emasligi, to‘siqlarning hamda yerga ulovchi qismlarning bolmasligi, nobop mikroiqlim sharoitlari, yoritilganlikning yetishmasligi va h.k.
Download 337.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling